«Tatuaj», «Rastushovka» jarayoni haqida soha mutaxassislari o'z fikrlarini bildirganlar. Tatuaj — permament pardoz, ya'ni yuzdagi a'zolar — qosh, ko'z va labni uzoq vaqtgacha ketmaydigan qilib bo'yab, pardoz berish demak. Permament pardozda sanab o'tilgan a'zolarning terisiga tatuaj uchun mo'ljallangan igna yordamida maxsus bo'yoq yuboriladi. Bu pigmentlarning uzoq vaqt ushlanib turishini ta'minlaydi. Permament pardoz muolajasi og'riqli bo'lib, bir-ikki soatga cho'ziladi.Ammo soxta zebning inson organizmi uchun zararlari tuzatib bo'lmas asoratlarga olib kelishi ham mumkin. Qosh tatuaj qilinganda qoshlar ildizining yo'q bo'lishiga olib kelib, ularning to'kilishiga sabab bo'ladi. Ko'zlarga tatuaj qilinganda esa ko'zning ko'rish qobiliyatiga, qovoq terilarining sezuvchanligiga salbiy ta'sir etadi. Lablar tatuaj qilinganda og'iz atrofida shishlar paydo bo'ladi. Bu muolajalarda igna bilan teri teshilgani bois organizm turli infeksiyalarga beriluvchan bo'lib qoladi. Teri teshiklariga esa turli kimyoviy bo'yoqlar kiritilishi allergiya kasalliklarini keltirib chiqaradi.
«Tatuirovka» igna bilan asab tomirlariga zarar yetkazib, tanaga surat soldirishdir. Bu og'riqli jarayon bo'lib, inson o'z-o'ziga shikast yetkazadi. Soha mutaxassislarining ta'kidlashicha, «tatuirovka» qildirgan insonlarda 20 dan ortiq kasallikka chalinish ko'rsatkichi yuqori bo'lar ekan. Tatuirovka bo'yog'i tarkibida saratonni yuzaga keltiradigan omillar mavjud. Bo'yoqlar tarkibida inson organizmi uchun zararli bo'lgan metallar, ya'ni simob sulfidi, xrom, kadmiy, qo'rg'oshin, titan, aluminiy, kobalt kabi unsurlar bor.«Mycobacterium haemophilum» bakteriyasi sil va moxov kasalligini chaqiradi, odamlarda immun tizimini sustlashtiradi. Bu bakteriya esa faqat tatuirovka chiz- dirgach yuzaga keladi. Xristianlik dinining muqaddas kitobida ham tatuirovkalar qilish qoralanib, badanni tilmaslik, teriga o'yib narsa yozmaslik uqtiriladi. «Ommaviy madaniyat»ning yana bir korinishi «Gotlar»dir. «Gotlar» (ingliz tilidan «goths» — gotlar, varvarlar, madaniyatsiz odamlar, johil va nodonlar deb tarjima qilinadi) axloqsizlik, g'ayriinsoniylik kabi illatlarni targ'ib qiluvchi submadaniyat bo'lib, XX asrning 70-yillari oxirida Buyuk Britaniyada paydo bo'lgan. Xususan, 1982-yilda «Betkav» klubining ochilishi got hayot tarzini targ'ib qilishda katta o'rin tutgan. Aynan ularning faoliyati natijasida gotikrok musiqiy janri yuzaga kelib, ingliz yoshlari orasida mashhur bo'la bosh- lagan. «Gotlar» harakatining asosiy g'oyasi o'limni romantiklashtirish, iztirob, azob-uqubat, ifloslikdan rohatlanishdan iboratdir. Mazkur submadaniyat vakillari qora rangga asoslangan imijga tayanadilar, gotik musiqaga qiziqadilar, bugungi kun bilan yashaydilar. Gotlar pozitiv his-tuyg'ulardan zavqlanish o'rniga, ruhiy azoblanish, umidsizlik va ruhiy alamdan lazzatlanadilar. Gotlarni ko'cha-ko'yda tanib olish mushkul emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |