Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Nanay qishlog’ida joylashgan 33-sonli maktab va Namangan Ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari sport-maktabi tarix fani o’qituvchisi Ma’rufxonov Muhammadjon



Download 0,98 Mb.
bet66/183
Sana30.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#171879
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   183
Bog'liq
10 DIN 34-m tayyor

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti

O`tilgan mavzuni so`rash

1 Xristianlik dinining dunyo bo‘ylab tarqalishi xaritasini chizing.

2. Xristianlik dastlab qaysi hududlarda tarqalgan?

3. Uning jahon diniga aylanishidagi tarixiy shart-sharoitlarni aniqlang.

4. Xristianlikda dastlabki bo‘linish qachon sodir bo‘lgan, uning tarixiy sabablari nimada edi?

Yangi mavzuning bayoni:

Reja:

1. MUQADDAS MANBALARI VA MAROSIMLARI

Xristianlikning muqaddas manbayi «Qadimgi Ahd» va «Yangi Ahd» deb nomlanuvchi ikki bo'limdan tarkib topgan «Bibliya» (yunoncha — «kitoblar») hisoblanadi.

«Qadimgi Ahd» «Tavrot», «Zabur» va boshqa bir necha kitob va madhiyalarni o'z ichiga olib, umumiy hisobda 39 kitob, ya'ni bo'limdan iborat.

«Bibliya»da qayd etilishicha, Iso Masih o'z da'vatlarida xalqni yaqinlashib kelayotgan oxirzamondanogohlantirish uchun Xudo tomonidan yuborilganini ta'kidlaydi. Gunohlardan tiyilib, tavba qilish va to'g'ri yo'lga kirishga chaqiradi. U turli mo'jizalar ko'rsatib, odamlarni davolaydi Milodning IV asridan boshlab xristianlik cherkovi oliy tabaqa ruhoniylarni vaqti-vaqti bilan Butun Jahon Soborlariga yig'ib turadi. Bunday yig'ilishlarda diniy ta'limot tizimi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Xristianlikdagi qonunchilik me'yorlari va ibodatlarni olib borish qoidalari shakllandi, bid'atga qarshi kurashish usullari belgilandi.Xristianlik ta'limotiga binoan qator marosimlarda Muqaddas Ruh ishtirok etadi va aynan shu sababli ular sirli deb ataladi. Bunday marosimlarga cho'qintirish (xristianlik diniga kiritish), yevxaristiya (non va vino tamaddi qilish), ruhoniylik unvonini berish, tavba qilish, miro surtish, yeley moyi surtish, nikoh kiradi.



Milodiy 313-yilda imperator Konstantin yepiskoplarga Isoning o'gitlarini to'plash va kitob holiga keltirishni buyurdi. Kitob holidagi xristianlik tarixi yoritilgan «Yangi Ahd» Konstantin vafotidan so'ng Karfagen yig'inida tasdiqlandi

Ilk Butun Jahon Sobori 325-yil Nikeya shahrida o'tkazilib, unda e'tiqod timsoli deb nomlangan xristianlik ta'limoti asosini tashkil etuvchi bosh aqidalar majmuasi qabul qilingan. Muqaddas kitob Muqaddas rivoyatlar (Papalar maktublari va xristian soborlarining qarorlari) bilan to 'Idirilgan.

G'arbiy Rim Imperiyasi qulagach (476-yilda), Rimdagi dunyoviy hokimiyat cherkovning qo'liga o'tdi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Rim yepiskopi Rim Papasi unvonini oldi.Imperiyaning sharqiy qismi Vizantiyada esa kuchli imperator hokimiyatining saqlanib qolganligi sababli cherkov imperatorga bo'ysundirildi. Natijada Rim cherkovi Konstantinopol cherkovini o'ziga bo'ysundira olmadi. Xristian cherkovining katolik va pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim Papasi va Konstantinopol patriarxining xristian olamida yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida yuz berdi,



Katoliklik tarixida XI-XIII asrlardagi salb yurishlari, «Xudo tobuti» va Muqaddas Yerni, ya'ni Falastin hududini, «g'ayridin»lardan ozod qilishga da'vatlar bo'lgan. Din, e'tiqod bayrog'i ostida sodir etilgan bu harakatlar aslida Papalar ta'sirini mustahkamlash va kengaytirish hamda boylik orttirish maqsadida uyushtirilgan

Turlicha xato qilish mumkin, ammo to'g'ri yo'l esa bitta. Shu sababli ham to'g'ri yo'ldan ko'ra xato qilish oson; mo'ljalga tegishdan ko'ra tegmaslik o’g’ay.

1054-yilda xristianlik doirasida bo'linish ro'y berishi natijasida pravoslav (Sharqiy xristianlik) va katolik (G'arbiy xristianlik) cherkovlari yuzaga keldi.

Tarixan xristianlikning sharqiy yo'nalishi sifati­da shakllangan pravoslavlik, asosan, Sharqiy Yevrщpa, Yaqin Sharq va Bolqon yarim oroli mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslavlik ta'limoti asoslarini Muqaddas kitob (Bibliya) va Muqaddas rivoyatlar tashkil etadi. Pravoslavlikda sirli marosimlar muhim o'rin egallaydi. Cherkov ta'limotiga ko'ra, ular davomida Xudo tomonidan alohida savoblar nozil bo'ladi. Cherkov yetti sirli marosimning barchasini tan oladi. Buyuk bayramlar ichida Pasxa birinchi o'rinni egallaydi.Pravoslavlik cherkovi bayramlar va ro'za tutishlarga katta ahamiyat beradi. Odatda, katta cherkov bayramlari arafasida ro'za tutiladi. Uning mohiyati inson ruhining poklanishi va yangilanishi, diniy hayotdagi muhim hodisaga tayyorlanishdan iborat.




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish