KAROR KILADI:
1. Namangan tumanidagi 27-sonli umumiy urta ta’lim maktabning matematika fani ukituvchisi Badalova Nodiraning «Tenglamalar sistemasini grafik yordamida echish usuli» mavzusidagi dars ishlanmasi to’plami tumanda ommalashtirishga tavsiya etilsin.
2. Ushbu qarorni bajarilishi maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari SH.Tojiboev zimmasiga yuklatilsin.
Yigilish raisi: F.G’aniev
Yigilish kotibi: N.Xalilova
Namangan viloyati Uychi tumanida 1992 yilda tugilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy
Karimov Murodilla Muxtorjon o’g’liga
TAVSIYANOMA
Uychi tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 16-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika va informatika fani o’qituvchisi Karimov Murodilla ilg’or, ijodkor, izlanuvchan, bola qalbiga yo’l topa oladigan o’qituvchilar sirasiga kiradi.
U dars jarayonida interfaol metodlardan, ilg’or pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalanib, o’quvchilarga ko’rgazmali qurollar yordamida har bir masala va misollarni yechishda, ta’riflarni va formulalarni keltirib chiqarishda qo’llaydi. Masalan 2021 yil 10 fevral kuni 8-sinflarga “Ochiq dars” o’tkazib, o’quvchilarni darsdagi ishtirokini 100 foiz ta’minlanishi, ularga slaydlar yordamida AKTdan foydalanib “Viyet teoremasi. Kvadrat uchhad. Kvadrat uchhadni chiziqli ko‘paytuvchilarga ajratish” mavzusida darslarni o’tkazgan, bu darsini ko’plab o’qituvchilar kuzatib, ijobiy baholarni berib o’tishgan.
O’qituvchi dars davomida ko’rgazmalilikka e’tibor beradi, mustaqil ish turlarini qo’llaydi, o’quvchilarni kasb-xunarga yo’naltiradi. U dars beradigan sinf o’quvchilarining bilim samaradorligini oshirish, darsni tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e’tibor berib keladi.
Karimov Murodilla ushbu maktabga yaqinda kelganiga qaramay, hamkasblari bilan inoqligi, hush muomilasi bilan qalbiga yo’l topgan. Bundan tashqari, o’zi ta’lim olgan Namangan Davlat Universiteti professor o’qituvchilari bilan aloqada bo’lib, ular bilan xamkorlikda maqolalarni viloyat va Respublika miqyosida chop etish ishlariga aloxida e’tibor berib kelmoqda.
Namangan tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 16-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining pedagogik jamoasi Karimov Murodillaning «Viyet teoremasi. Kvadrat uchhad. Kvadrat uchhadni chiziqli ko‘paytuvchilarga ajratish» mavzusidagi bir soatli dars ishlanmasi to’plami yaxshi bir qo’llanma sifatida maktab miqyosida ommalashtirildi va tuman miqyosida ommalashtirishga tavsiya etildi.
Karimov Murodilla yosh avlodni mustaqil Respublikamiz uchun bilimli, barkamol, yetuk va munosib farzandlar etib tarbiyalashda bundan keyin ham o’z bilimi va kuch-qudratini ayamaydi deb ishonch bildiramiz.
Maktab direktori: H.Mahmudov
Do'stlaringiz bilan baham: |