Qiziltepa tuman 18-umumta’lim maktabi tarbiya va ijtimoiy fanlar o’qituvchilarining uslubiy birlashma yig’ilishi
BAYONNOMASI
Varozun MFY 25-avgust, 2021-yil
Yig’ilishda barcha uslubiy birlashma a’zolari qatnashdi.
Kun tartibida:
Davlat ta’lim standarti, tarbiya va ijtimoiy fanlar o’qituvchilarining vazifalari ( ma’ruzchi: K. Rajabov)
2 Tarix va tarbiya fanidan 5-11 sinflar uchun uzviylashtirilgan, optimallashtirilgan dastur asosida o’quv ish reja tuzishning ahamiyati.
(Ma’ruzachi: B. Narzullayev)
3. Uslubiy birlashmaning yangi o’quv yili uchun ish rejasi va fan o’qituvchilarining yillik o’quv ish rejasini tasdiqlash.
ESHITILDI:
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari K. Rajabov so’zi tinglandi. U o’z so’zida: Davlat ta’lim standarti biz o’qituvchilarning oldimizga bir qancha vazifalarni qo’ydi. Ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash, dars samaradorligini oshirish, o’quvchilarga takomillashtirilgan reja asosida chuqur va hayotiy bilim berish, hur fikrli inson qilib tarbiyalash kabi masalalar biz o’qituvchilarning oldida turgan eng muhim vazifadir. O’qituvchilarning ta’lim–tarbiya sohasidagi olib borgan ishlarini rivojlantirish, Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish , darslarni yaxshi tashkil etish, yoki yangi safimizga kelgan o’qituvchialrga pedagogik yordam berish, pedagogik o’qishlar, seminarlar tashkil etish, fan kechalari va fan oyliklarini o’tkazish maqsadga muofiqdir- deya ta’kidladi.
Muzokaraga tajribali o’qituvchi B. Narzullayev chiqdi. U ham o’z fikrlarini bildirdi.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan tarix fani o’qituvchisi B. Narzullayev so’zi tinglandi. U o’z so’zida bu yilgi o’quv yilida tarix fanidan uzviylashtirilgan, optimallashtirilgan mavzular mavjudligi, o’quv rejadagi bu o’zgarishlar o’qituvchilarni ko’proq o’z ustida ishlashga uchun zarurligi haqida aytib o’tdi.
Kun tartibidagi 3-masala ham ko’rib chiqildi. tarbiya va ijtimoiy fanlar o’qituvchilarining Yillik o’quv ish rejalari tasdiqlandi. Uslubiy birlashmanining yillik bajariladigan ishlari rejasi tuzildi
Yuqoridagi masalar yuzasidan yig’lish qaror qiladi:
Har bir fan o’qituvchilari DTS talablari asosida dars tashkil etsin
Dars jarayonida tarqatmali materiallar va ko’rgazmali qurollar, texnika vositalari va yangi axborot texnologiyalari, elektron darsliklardan foydalanib dars o’tish yuklatilsin.
ilg’or tajriblarni dars jarayonida qo’llash yuklatilsin
tuman va viloyat pedagogik o’qishlarda faol qatnashish aytib o’tilsin
Jurnal va gazetalarda maqolalar va namunali dars ishlanmalari bilan qatnshish
To’garak mashg’uloti ishlari jonlantirish bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlashni yaxshilash kabilar yuklatilsin
Yig’ilish raisi: K. Rajabov
Kotibi: S. Jamolova
Qiziltepa tuman 18-umumta’lim maktabi tarbiya va ijtimoiy fanlar o’qituvchilarining uslubiy birlashma yig’ilishi
BAYONNOMASI
Do'stlaringiz bilan baham: |