Namangan pedagogika kolleji


Yarimsharlar po`stlogidag`idagi nerv jarayonlari



Download 4,12 Mb.
bet61/191
Sana27.01.2022
Hajmi4,12 Mb.
#413116
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   191
Bog'liq
MT yoshidagi bolalar psixologiyasi.

Yarimsharlar po`stlogidag`idagi nerv jarayonlari. Odam va hayvonlarning katta yarimsharlari po`stlog`ida ikki qarama – qarshi nerv jarayonlari, qo`zg`alish va tormozlanish sodir bo`ladi. Biron – bir narsa yoki hodisalar sezgi organlariga ta`sir etib ularni qo`zg`atadi, qo`zg`alish esa miyaga o`tkaziladi, shundagina yarimsharlarda qo`zg`alish (jonlanish) vujudga keladi. Bu qo`zg`alish o`chog`I o`zgarmasdan va harakatsiz qolmaydi. Odatda qo`zg`alish katta yarimsharlar po`slog`ida irradiatsiyalanadi (yoyiladi) va bir joydan ikkinchi joyga o`tadi.
Po`stloqda qo`zg`alish bilan bir vaqtning o`zida unga zid jarayon tormozlanish ham maydonga keladi, tormozlanish miyada qo`zg`alish uchastkasini aktiv ravishda tox`tatib turadi, tormozlaydi yoki cheklab qo`yadi, qo`zg`alish uchaskasini markazlashtiradi, tor doiraga to`planishga olib keladi. Qo`zg`alish bilan tormozlanish o`zaro chambarchas bog`liqdir. Agar miyaning biror uchastkasida qo`zg`alish paydo bo`lsa, shu uchastka atrofida tormozlanish maydonga kelishi manfiy induksiya, tormozlanish o`chog`i atrofida qo`zg`alish vujudga kelishi musbat induksiya deb ataladi. Tormozlanish charchas natijasida sodir bo`ladi. I.P. Pavlovning uqturishicha, agar tormozlanish po`stloqning ko`p qismiga yoyilib miyaning quyi qisimlariga yetib borsa odam uyquga ketadi. Kuchlar, ya`ni miya nerv hujayralari qayta tiklanadi. Po`sloqni to`liq qamrab olmay ayrim uchastkalarining qo`zg`alish holatida bo`lishini I.P.Pavlov soqchi punktlar deb atagan. Masalan, o`z bolasi yonoda qattiq uyquga cho`mgan ona atrofdagi tovushlarni eshitmasligi mumkin, lekin chaqaloqning ozgina shitirlagan tovushiga uyg`onadi. Demak, onada o`z bolasiga nisbatan miya po`slog`ida ba`zi hujayralar qo`g`algan holda bo`ladi.
Katta yarimsharlar po`stlog`ining shartli refleks tarzidagi faoliyatini I.P.Pavlov miyaning signal faoliyati deb atagan, chunki tashqi muhitdan ko`rsatiluvchi ta`sirlar tevarak – atrofdagi narsalarning organizm uchun ahamiyati haqida darak beradi. Narsa va hodisalarning sezgi organlariga ta`sir ko`rsatishi tufayli (buning natijasida sezgilar, idrok, tasavvular paydo bo`ladi)miyaga keluvchi signallarni Pavlov birinchi signallar sistemasi deb atagan: bunday sistema odamda ham, hayvonlarda ham bor. Ammo odamda, deb yozadi Pavlov faoliyati mexanizmlarriga qo`shimcha favqulodda ustunlik yuz bergan. Bu qo`shimcha ustunlik inson nuqti va tafakkuridir. Demak, nutq ikkinchi signallar sistemasi hisoblanadi.
Bir xil izchillikdagi qo`zg`alishlarning takrorlanib turishi, odamda shunga muvofiq ravishda, bir xildagi reaksiyalarning amalgam oshishiga olib keladi. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, qo`zg`atuvchilardan birinchisii ta`sir etishi bilan, shartli reflekslar sistemasi paydo bo`ladi. Qo`zg`alishlarningtakrorlanib turishi natijasida miya po`stlog`idamustahkam o`rnashib o`choqlari dinamik stereotiplar (stereotip yunoncha stereo – mustahkam, o`chma; tupos – iz, tomg`a) deb ataladi. Stereotip so`zi mustahkamlangan reaksiyalarning barqarorligidan dalolat beradi. “Dinamik “ deb atalishiga sabab shuki stereotipni, yani odat tusigakirib qolgan xatti – harakatlar sistemasini qayta qurish oson bo`lmasa ham uni o`zgartirish mumkin. Bu o`choqlar kerak bo`lganda kuch sarflanmasdan oson tiklanadi.
Demak, dinamik stereotip qo`zg`atuvchilarning tez – tez takrorlanib turuvchi ta`sirlariga organizmning moslanishib qolishi hisoblanadi. Stereotip qancha eski va turg`un bo`lsa uni yengish, tugatish shunchalik qiyin bo`ladi. Uni buzish tevarak – atrofdagi voqelik bilan keskin to`nashuvga olib keladi. Nerv sistemasining zaif muzanatlashmagan tipiga mansub bo`lgan odamlarda dinamik stereotipni qayta qurish qiyin bo`ladi. Nerv sistemasi kuchli va muvozanatlashgan odamlar dinamik stereotipmi o`zgartirishni oson uddalaydilar.
Yarimsharlarning biror qismi zararlansa odam shu vazifasini yo`qotadi. Masalan, miyaning peshona orqa tomonidagi qismi zararlansa u gapira olmaydi, uning o`rnini boshqa markazlar amalga oshiradi.

Miyaning yosh ulg`aygan sari o`sib borishi






Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish