25-Mavzu: Diqqat
Reja:
Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari.
Diqqat turlari va xususiyatlari
Diqqatning buzilishi va parishonxotirlik
Tayanch tushunchalar: Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari.Diqqat turlari va xususiyatlari. Diqqatning buzilishi va parishonxotirlik
Ongning biror-bir predmet, hodisa yoki faoliyatiga qaratilishihamda to‘planishi diqqat deyiladi. Agar inson diqqate’tiborinio‘zi idrok etayotgan narsaga yoki bajarayotgan ishigaqarata olmas ekan, unda hech bir psixik jarayon maqsadgayo‘naltirilgan va unumlibo‘la olmaydi. Ba’zan biron-bir predmetgaqarab tursak ham uni ko‘rmasligimiz mumkin yoki unarsa ko‘zimizga g‘ira-shira ko‘rinib qolishi mumkin.Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u odamningbarcha faoliyatlarida ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatda ham(masalan, ninaga ip o‘tkazishdan tortib), eng murakkab faoliyatniham (o‘qish, yozish kabi) diqqatning ishtirokisiz bajarishmutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning insonhayotidagi roli benihoya kattadir. Mashhur rus pedagoglaridanK.D. Ushinskiy diqqatning inson hayotidagi ahamiyati haqidagapirib, bunday degan edi: «Diqqat ruhiy hayotimizning shundayyagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarningbarchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi». Haqiqatdan ham, diqqateshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga borib yetmaydi.Diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatini alohida ta’kidlabo‘tish lozimdir. Diqqat sezish, idrok qilish, xotira, xayol va tafakkurjarayonlarida har vaqt ishtirok etadi. Demak, diqqatbarcha aks ettirish jarayonining doimiy yo‘ldoshidir. Diqqatbarcha psixik jarayonlarda ishtirok etsa ham, lekin diqqatningyolg‘iz o‘zi hech narsani aks ettira olmaydi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Diqqat dеb nimaga aytiladi?
2. Inson hayotida diqqatning ahamiyati qanday?
3. Ixtiyorsiz diqqat dеb qanday diqqat turiga aytamiz?
4. Ixtiyoriy diqqat va uning inson hayotidagi ahamiyati haqidaso‘zlab bеring.
5. Diqqatning asosiy xususiyatlarini sanab bеring.
7. Diqqatning kuchi va barqarorligi deganda nimani tushunasiz?
8. Diqqatning ko‘lami nima va u qanday o‘lchanadi?
Foydalanilgan adabiyotlar
E.G’oziyev. “Psixologiya” Darslik. “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2008.
S.X.Jalilova, S.M.Aripova. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-Faylasuflar-2013
Do'stlaringiz bilan baham: |