Bolaning maktabga tayyorgarligi
1. Motivatsion tayyorgarlik. Bolaning maktabga intilishi, yangilikni bilishga xohishini o‘z ichiga oladi. Maktabga tayyorgarlikning bеsh komponеnti
4. Aqliy tayyorgarlik. Unga idrokning, kuzatishning, xotiraning, tafakkurning rivojlanganligi vaqt va fazoviy tushunchalar, hayvonot va o‘simlik olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanganligini o‘z ichiga qamrab oladi.
2. Irodaviy tayyorgarlik. Bolada irodaviy sifatlarining majmui shakllangan bo‘lishi
lozim. Bu sifatlar u o‘qituvchi bеrgan vazifalarni sabr-toqat bilan bajara olishiga, bir ishni oxiriga yеtkaza olishiga, darsda chalg‘iyvеrmasligiga yordam beradi.
3. Maktabga ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorgarlik. Bu tayyorgarlikka ijtimoiy mе’yorlarni jamoat joylarida, kattalar va bolalar guruhida o‘zini tutishi, xulq-atvor qoidalarini egallashi kiradi.
5. O‘qishga layoqati. Kattalarni eshita olish va ularning ko‘rsatmalarini bajarish, o‘z faoliyatini rеjalashtirish, nazorat qilish va baholash kabilar
kiradi. Ko‘rib turganimizdеk, bolalarning maktabga psixologik jihatdan tayyorligi faqatgina uning o‘qish va yozishni bilishi bilangina baholana olmaydi. Olti yoshli bolaning maktabga psixik jihatdan tayyorligi haqida gapirilganda ko‘pincha ma’lum reja asosida, tartibli, ko‘pqirrali maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlarga asoslangan mantiqiy bog‘liq, izchil boshlang‘ich ta’limga zamin vazifasini o‘tovchi o‘sish darajasi nazarda tutiladi. Bundan tashqari bolaning oilaviy sharoiti, sog‘ligi, jismoniy o‘sish darajasi, oddiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasi kabi omillar ham nazarda tutiladi. Bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit, ta’limtarbiya jarayoni va yuqorida aytib o‘tilgan tayyorlik darajasi maktab ta’limiga tayyorgarlikning obyektiv tomoni hisoblansa, bolaning maktabga intilishi, qiziqishi, istagi, muloqotchanligi kabilar subyektiv tomoni hisoblanadi. Olti yoshli bolalar maxsus ravishda joylarda tashkil qilingan tashxis markazlarida suhbatdan o‘tkaziladi. Tashxis markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi psixologlar turli uslublar, testlar, so‘rovnomalar yordamida har bir bolaning o‘ziga xos psixik xususiyatlarini aniqlab beradi. Bunda psixolog bolaningindividual xususiyatlarini, sog‘ligini va psixik tomondan sog‘lomlik holatlarini, psixik jarayonlari, xususiyatlari, holatlarini aniqlab beradi. «Kadrlar tayyorlash milliydasturi»da bolalarning rivojlanishi va maktabga tayyorlash dasturining asosiy vazifalari: «Bolalarni har tomonlama yetukligi, ularning qobiliyatlari, intilishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda maktab ta’limiga tayyorlash hamda milliy, umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yetib borishini ta’minlashdan iborat»dir. Bolaning maktabga tayyorligi davlat me’yoriy hujjatlari bilan aniqlanadi. Davlat talablarining asosiy maqsadi yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalashdan va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir: Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy, tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uydayoq
maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kеrak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv, moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam bеradi. Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan bеlgilanadi. Maktabga tayyor bo‘lmagan bolalar o‘qituvchiga birmuncha qiyinchiliklar olib keladi. Ularning yarmidan ortig‘i keyinchalik o‘zlashtirmovchilar qatoriga qo‘shiladilar. Birinchi sinf dasturida berilgan bilimlarni oldindan egallagan bolada ham maktabda o‘qishga nisbatan qiziqish so‘nadi. Mana shularning hammasi o‘qituvchining psixodiagnostik mahorati bilan belgilanadi. Bu mahorat o‘qituvchining odamlarni ajrata olish xususiyatida ko‘rinadi. Bolalarning psixik jihatdan maktabga tayyorligini aniqlashdaquyidagi testlardan foydalanish mumkin. 1-test. Ushbu test 6–7 yoshli bolalarning obrazli tafakkurini aniqlashga qaratilgan. «To‘rtinchisi ortiqcha». Bolaga ketma-ket ravishda har birida 4 tadan tanish predmetlar tasvirlangan 10 ta kartochka ko‘rsatiladi. 4 tadan 3 tasi bir guruhga taalluqli. Bola ortiqcha bo‘lgan bir predmetni aniqlashi va nima uchun ortiqchaligini tushuntirib berishi lozim.
1. Piyoz, pomidor, olma, sholg‘om. 2. Tol, terak, qayrag‘och, atirgul.
3. Echki, tulki, it, mushuk. 4. Divan, krovat, stul, narvon.
5. Qo‘g‘irchoq, qalam, daftar, ruchka. 6. Tovuq, quyon, kurka, xo‘roz va hokazo.
Natijalarni tahlil qilish:
Do'stlaringiz bilan baham: |