Namangan pedagogika kolleji



Download 4,12 Mb.
bet118/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

Sangvinik – juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi; yolg‘on dalillarga jahli chiqadi. Atrofdagi narsalar, ma’ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishoralarni ko‘p ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini aniqlab olish qiyin emas. Juda sezgir bo‘lishiga qaramay kuchsiz ta’sirni (qo‘zg‘atuvchilar) seza olmaydi, serg‘ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan refaollik munosabati muvozanatda, intizomli, o‘zini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti-harakati jo‘shqin, nutq surati tez, yangilikni tez payqaydi, aql-idroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o‘zgaruvchan. Ko‘nikma va malakalarni tez egallaydi. Ko‘ngli ochiq, dilkash, muloqotga tez kirishadi. Fantaziyasi yuksak darajada rivojlangan, tashqi ta’sirlarga hozirjavob.
Xolerik – sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda faol va refaol. Ko‘pincha refaolligi faollikdan ustun keladi. Betoqat, serg‘ayrat, tinimsiz. Sangvinikka qaraganda silliqroq, lekinko‘proq qotib qolgan. Qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti-harakatlarida qat’iylik mavjud. Biroq diqqatni bir joyga to‘plashda qiynaladi. Nutq surati tez va hokazo.
Flegmatik – senzitivligi sust, his-tuyg‘usi kam o‘zgaruvchan, shunga ko‘ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko‘ngilsiz hodisa, xavf-xatar haqidagixabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘ladi. Vazmin, kam harakat, imo-ishorasi, mimikasi ko‘zga yaqqol tashlanmaydi, lekin serg‘ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli.Nutq va harakat sur’ati sust. Faoliyati kamroq. Diqqatni to‘plashi osoyishta. Diqqatni ko‘chirishi qiyin. Intravertlashgan, kamgap, ichimdan top, yangilikni qabul qilishi qiyin.Tashqi ta’sirotlarga sustlik bilan javob beradi.
Melanxolik – sentizivligi yuksak, tortinchoq, g‘ayratsiz, arazchan, xafaqon. Jimgina yig‘laydi, kam kuladi. Qat’iyligi va mustaqilligi zaif. Tez toladi, diqqati beqaror. His-tuyg‘usi sust o‘zgaradi. Rigid, interavertlashgan.
Oliy nerv faoliyati va temperament tiplari
I.P. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi 3 ta oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan: 1. Kuch: nerv tizimining kuchli qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga bardoshi, shunga ko‘ra odamlardagi chidam kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo‘lishi.
2. Muvozanatlashganlik: asabdagi tormozlanish va qo‘zg‘ alishning o‘zaro mutanosibligi yoki o‘zini tuta bilishi, bosiqlik kabi sifatlarning namoyon bo‘lishi.
3. Harakatchanlik, ya’ni qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonidagi o‘zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi ma’nosida. I.P. Pavlov kuchsiz tipdagi vazminlik va harakatchanlikni hisobga olmagan chunki bu xususiyatlar kamdan kam hollarda namoyon bo‘ladi. Oliy nerv faoliyatining individual xususiyatlari tadqiqotlarda qarab chiqilgan biron-bir xususiyati bilan emas, balki doimo ularning majmui bilan belgilanadi. Ko‘p sonli laboratoriya tajribalari ko‘rsatadiki, shunday birikmalar orasida ayrimlari boshqalarga qaraganda ko‘proq uchraydi yoki ancha yaqqolko‘rinadi. Natijada Pavlov oliy nerv faoliyatining asosiy tiplarini yaratdi. Nerv jarayonlarining kuchiga bog‘liq holda itlar kuchli va kuchsizlarga bo‘linadi. Kuchsiz jonivorlar – bir xil tipni tashkil qiladi, bu tipning vakillarida ikkala nerv jarayonida, ayniqsa tormozlanish jarayoni ojiz hisoblanadi, bunday itlar besaronjom bo‘lishadi, to‘xtovsiz akillayveradi yoki bamisoli bir xil holatda turaveradi.
Tashqi ta’sirlar hatto ba’zan arzimagan ta’sirlar ham ularga ortiqcha ta’sir ko‘rsatadi. Uzoq davom etgan qo‘zgatuvchilar ularda nerv sistemasini tez ishdan chiqishini keltirib chiqaradi. Kuchli hayvonlar – muvozanatlashganlik bo‘yicha ajratiladi. Kuchli muvozanatsizlar alohida tipni tashkil etadi. Muvozanatsizlik kuchli itlar o‘rtasida bir xil shaklda kuchli qo‘zg‘alish jarayoni bilan muvozanatlashganligi sababli bu hayvonlardafaoliyat juda zo‘riqqan, ko‘pincha nerv faoliyatida buzilish ro‘y beradi. Ko‘p hollarda bu urishqoq, haddan tashqari qo‘zg‘aluvchan hayvonlardir. Kuchli muvozanatlilar o‘z navbatida nerv jarayonlarining almashinuviga, harakatchanligiga qarab jonli va bosiq tiplarga bo‘linadi. Xatti-harakatning tashqi xususiyatlariga qaraboq bu tiplarning vakillari bir-biridan farq qiladi. Bir xillari tez qo‘zg‘aluvchan va harakatchan, boshqalari sust qiyinchilik bilan qo‘zg‘aladi. Oliy nerv faoliyatning4 asosiy tipi farqlangan: 1. Kuchli muvozanatli va tez (jonli).
2. Kuchli muvozanatsiz (behalovat). 3. Kuchli muvozanatli va sekin (osoyishta).
4. Kuchsiz tip.
Nerv faoliyatining tipi organizmning tabiiy xususiyatidir. U nasliyjihatdan bog‘liq, biron-bir darajada o‘zgarmas hisoblanmaydi, u rivojlanadi va ma’lum darajada atrofdagi sharoitlar ta’siri ostida o‘zgaradi. Eksperimentlarda shu narsa aniqlanadiki qo‘zg‘alish ustun turgan kuchli tipda kuchli mashq qilish yo‘li bilan tormozlanish jarayonini mustahkamlash mumkin. Yana shu narsa ma’lumki, nerv jarayoni xususiyatlari yoshga qarab o‘zgarishi mumkin. «Biz, – deb yozadi I.P. Pavlov, – itda aniqlangan nerv sistemasi tipini... odamga tatbiq qilishga to‘la haqlimiz».
Tepmerament va tarbiya Temperament xususiyatlarini yoshlikdan tarbiyalab borish kerak.Buning uchun bolaning qaysi temperament tipiga taalluqliekanini aniqlash lozim. Masalan, chaqaloq yig‘loq, besaranjonbo‘lsa harakatchan tipga, tinch, kam yig‘laydigan bo‘lsaflegmatik bo‘lishi mumkin. Bolalar temperamentini maxsuso‘yinlar orqali o‘rganish mumkin. Masalan, xonaning2 tomonigastol qo‘yiladi, 20 ta kubik va kurakcha qo‘yib, kubiklarnikurakchaga taxlab 2-stolga ko‘chirish taklif qilinadi. Xoleriktipdagi bola ishni birinchibo‘lib bajaraman deb shoshilibkubiklarni to‘kib yuboradi. Melanxonik men buni qila olmaymandeydi, flegmatik shoshmasdan sekin bajaradi.Temperament odamga tug‘ma ravishda berilsa ham tarbiyaningta’siri va hayot sharoiti davomida o‘zgartirish mumkin.
Bunda o‘z-o‘zini tarbiyalashning ahamiyati kattadir. Kuchsiz tipdagi bolalar tez charchab qoladilar. Kuchli temperamentga ega bola esa ishga kirishish uchun biroz taraddudlanadi, ammo topshiriqni uzoqroq bajaradi. Sport musobaqalarida ham kuchlilar yaxshiroq natija ko‘rsatadi, kuchsizlari o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Qo‘zg‘aluvchan bolaga o‘zini tuta bilish malakasini tarbiyalash ma’lum sharoitlarda o‘zini to‘xtata olishga o‘rgatish lozim. Kuchsiz tipdagi bolalarga ko‘p harakat qilish, faollik ko‘rsatish imkonini berish lozim. Mashg‘ulotlarda bunday bolalardan tez-tez so‘rab turish kerak, ularga faollik va chaqqonlikni talab qiladigan vazifalarni topshirish kerak. Kuchsiz tipdagi bolalar ishchanlik holatlarini kuchli tipdagilarga nisbatan tez yo‘qotadilar, shuning uchun ularni charchashlikkacha olib bormaslik kerak, aks holda tormozlanish jarayoni boshlanishi mumkin. Muntazam olib boriladigan mashqlar kuchsiz nerv sistemasini mustahkamlaydi, ularning ishchanlik qobiliyatini oshiradi. Nerv sistemasi kuchsiz bolalar yangi sharoitga qiyin ko‘nikadilar, yangiliklardan qochadilar.



Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish