Namangan pedagogika kolleji



Download 4,12 Mb.
bet46/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

Sotsiometriya metodi. Bu metod guruhlarda shaxslararo afzal ko‘rish, befarqliklarni aniqlash usulini va hissiy afzal ko‘rishlarni qayd qilish texnikasini aniqlashda qo‘llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatlarda kim bilan birga qatnashishi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Odatda sinaluvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», «Imtihonga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qo‘shni bo‘lib yashashni yoqtirasan? », «Partada kim bilan yonma-yon o‘tirishni istar eding?» va hokazo. Har bir savol sotsiometrik mezon (o‘lchov) vazifasini bajaradi va turmush voqeligidan olinib turli yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng maqbul» deb tanlashi lozim. Guruhiy tabaqalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta «maydon»ga ajratiladi, qizlar doiracha bilan, o‘g‘il bolalar 33 esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‘gri keladi. Guruh a’zolarining o‘zaro munosabatlari doira va uchburchaklar strelkalar bilan biriktirilganda o‘z ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatlarga ega bo‘lgan sinaluvchi doiraning markazidan o‘rin oladi. U guruhning lideri, eng yoqimtoyi («Yulduzi») hisoblanali. Sotsiometrik usul bilan shaxslararo munosabatlarning darajasi va ko‘lami aniqlanadi. Qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar, yosh ko‘rsatkichlari xususiyatlari bilan taqqoslanadi. Ko‘rsatkichlarga qarab guruhdagi munosabatlar, ularning o‘ziga xosligi, psixologik mexanizmlar haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan birga nazariy ahamiyatga molik g‘oyalar olg‘a suriladi, amaliy ko‘rsatmalar beriladi, tavsiyalar bildiriladi.

Mavzu yuzasidan savollar:

  1. So’rov metodi va uning turlarini sanab bering

  2. Test metodlari haqida so’zlab bering

  3. Biografiya va faoliyat mahsulini o’rganish metodlari farqini aytib bering

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Shavkat Mirziyoev "Niyati ulug'xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug'va kelajagi farovon bo'ladi" Toshkent – "O'zbekiston"-2019

  2. E.G’oziyev. “Psixologiya” Darslik. “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2008.

  3. S.X.Jalilova, S.M.Aripova. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-Faylasuflar-2013

6-mavzu: Psixikaning nerv-fiziologik asoslari


Reja:

  1. Miya va psixika, miya, uning tuzilishi va psixik hayotda tutgan o’rni. Miyaning reklektorlik faoliyati va katta yarim sharlar po’stlog’idagi nerv jarayonlari.

  2. Birlamchi va ikkilamchi signallar sistemasi hamda ularning o’zaro bir-biriga bog’liqligi. Dinamik stereotip. Miyaning yoshga ko’ra ulg’ayishi

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining o’sishi. Qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining o’zaro mutanosibligi

Tayanch atamalar: Miya va psixika, miya, uning tuzilishi va psixik hayotda tutgan o’rni. Miyaning reflektorlik faoliyati va katta yarim sharlar po’stlog’idagi nerv jarayonlari. Birinchi va ikkinchi signallar sistemasi hamda ularning o`zaro bir-biriga bog`liqligi. Dinamik stereotip. Miyaning yoshga ko’ra ulg’ayishi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining o’sishi. Qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining o’zaro mutanosibligi.


Psixik faoliyatni to`g`ri tushunish uchun odam va hayvonlar psixikasining asosi bo`lmish nerv faoliyatining xususiyatlarini bilish zarur. Nerv sistemasi markaziy va periferik nerv sistemasiga ajraladi. Miya (bosh va orqa miya) markaziy nerv sistemasi hisoblanadi. Periferik nerv sistemasi bu nervlardir, ya`ni bosh va orqa miyada tananing barcha tamonlariga tarqaluvchi nerv tolalaridir. Miya ham nerv hujayralaridan iborat. Ular o`zaro bir-birlari bilan shoxchalari orqali bog`langan. Miya bir necha qisimlardan tuzilgan. Bosh miyaning katta yarimsharlari bosh miyaning po`stloq osti tugunlari va po`stlog`idan iborat bo`lib odamning barcha psixikasining boshqaradi. Po`stloqning peshona qismlari muhim o`rin egallaydi. Odam miyasining og`irligi o`rtacha 1400g (maymunda – 500g, otda – 650g, hokizda – 500g, kitda -2800g, filda – 4000g).


Miya gavda og`irligining 2% ini tashkil etadi, organizm qabul qiluvchi kislorodning 18% i miyaning oziqlanishga sarf qilinadi. Bu organizmning hayot faoliyatida miya ishi faoliyati qanchalik murakkab ekanligini ko`rsatadi. Hayvonlar va inson miyasini tanasiga nisbatini oladigan bo`lsak, masalan, kitning miyasi tanasining 1/20000 qismini, filda – 1/400, maymunda – 1/100, odamda esa 1/46 qismini tashkil etadi. Bosh miya katta yarim – sharlari po`stlogi organism hayotida muhim rol egallaydi. Odamda u o`rtacha 14 -15 mlrd neyronlardan tashkil topgan. Peshona qismlar ayniqsa ahamiyatlidir. Hayvon qanchalik taraqqiy etgan bo`lsa miyaning shunchalik katta qismini peshono tashkil etadi. Mushukda – 3%, itda – 7%, maymunda – 16%, odamda – 29% ni tashkil qiladi.
Individning psixik hayotida miya og`irligi va tuzilishi aloxida ahamiyatga ega. Kishining aqli haqida miya og`irligiga qarab hukm chiqarish noto`g`ridir. Masalan, I.S.Turgenenevning miyasi 2012g, I.P.Pavlovning miyasi 1653g, D.I.Mendeleyevning miyasi 1571g, Anatol Fransning miyasi 1017g. Bosh miya og`irligini ma`lum bir chegarasi ham borki, odamda undan kam bo`lsa, aqliy qobiliyat ancha pasayadi. Bu chegara erkaklarda 1000g ni, ayollarda 900g ni, yangi tug`ilgan bolalarda 380 – 400g ni tashkil etadi. Miyaning oily bo`limlari – katta yarimsharlar har xil turdagi hayvonlarda qanday ahamiyatga ega ekanligini quyidagi faktlarda ko`rish mumkin. Baliqlardagi mavjud yarimsharlar kurtagi olib tashlansa ham, ulur xattiharakatida kam o`zgarish yuz beradi. Agar kaptarning yarim sharlari olib tashlansa u ucha olmaydigan, ovqatni o`zi topa olmaydigan bo`lib qoladi. Yarimsharlaridan mahrum etilgan it batamom majruh bo`lib qoladi. Katta yarimsharlarsiz tug`ilgan bola tezda nobud bo`ladi. Demak, miya katta yarimsharlarsiz odam yashay olmaydi.

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish