Internet manbalari.
1.www. adabiyot.zn.uz.
2. http://www.ziyonet.uz.
3.http://referat.arxiv.uz
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM
VAZIRLIGI
Namangan viloyati MAKTABGACHA ta`limi
boshqarmasi
NAMANGAN PEDAGOGIKA KOLLEJI
MAXSUS FAN O`QITUVCHISI
Abdullayeva Muqaddas
O’QITISH MATERIALLARINI NAZORAT
VOSITALARI
2021 YIL
Nazorat vositalari.
O‘quvchilar bilimini baholash mezoni
Maktab ta’limiga tayyorlov amaliyoti fanidan (amaliyotidan) o‘quvchilarning bilimini baholash mezoni
T/r
|
Mezonlar
|
Baho
|
1.
|
Olgan bilimlarini ishlab chiqarishda qo‘llay oladigan, ushbu fanni boshqa fanlar bilan bog‘lay oladigan, mustaqil ish va vazifalarni to‘liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan, har jihatdan boshqa o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan
|
5
|
2.
|
O‘quv ko‘rgazmali qurollardan foydalana oladigan, olgan bilimlarini xalq xo‘jaligida to‘g‘riqo‘llay oladigan, mustaqil fikrlay oladigan, olgan bilimlarini tushuntirib beraoladigan
|
4
|
3.
|
Darslarda 95%gacha qatnashgan, ma’ruza matnini yozgan, o‘quv qurollari to‘liq bo‘lgan, adabiyotlardan foydalanishni bilgan
|
3
|
4.
|
Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni 55%dan kam o‘zlashtirgan o‘quvchilar
|
2
|
Izoh: o‘quv dasturining mantiqan tugallangan bo‘limi bo‘yicha o‘quvchi albatta baholanadi va natijasi o‘tish balidan (3 ball) past bo‘lganda qayta nazorat belgilanadi.
Baholash - ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarini aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayon. Baholash mezonini o‘qituvchi o‘z fanini xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqadi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat – fanni o‘qitish jarayonida so‘rovlar, yozma ishlar (diktant, bayon, insho) va testlar tarzida bilimlar hamda ko‘nikmalar tekshiriladi;
oraliq nazorat – semestr va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi
tugagandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida o‘quvchi reytingi aniqlanadi. Bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni baholash uchun oraliq nazorat imtihon, test, kurs va malaka ishlari shaklida o‘tkaziladi;
yakuniy nazorat – fanning o‘quv dasturi tugagandan keyino‘tkaziladi. Imtihon, test, malaka ishi va diplom loyihalari himoya qilish shaklda amalga oshiriladi.
O‘quv fani tugallanishida yakuniy nazorat test usulida o‘tkaziladi. Boshqa hollarda yakuniy nazoratning o‘tkazilish tartibi, shakli ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
Har bir nazorat (so‘rov) turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’iy nazar 5 ballik (”5”, “4”, “3”, “2”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi
Reyting tizimini joriy qilishda quyidagi asosiy tamoyillar bajarilishi zarur:
har bir fan bo‘yicha tegishli kafedralar tomonidan ma’qullangan variantlar asosida boshlang‘ich nazorat o‘tkaziladi. Boshlang‘ich nazorat reyting monitoring va tahlil guruhi tomonidan o‘tkaziladi;
o‘quv dasturining mantiqan tugallangan bo‘limi bo‘yicha o‘quvchi albatta baholanadi va natijasi o‘tish balidan (3 ball) past bo‘lganda qayta nazorat belgilanadi. Ushbu bo‘limlarni tegishli kafedralar aniqlaydi;
yakuniy nazorat kafedralar tomonidan tuzilgan variantlar asosida reyting monitoringi va tahlil guruhi kuzatuvida o‘tkaziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |