Takrorlash uchun savollar:
1.Gaz-suyuqlik xromatografiyasining o‟ziga xosligi nimada? 2.Xromatografning tuzilishi va ishlash prinstipi qanday?
Xromatogrammani o‟qish va xisoblash qanday amalga oshiriladi? 4.Qattiq tutuvchi, xarakatsiz suyuq fazalarga qanday talablar qo‟yiladi? 5.Yog‟ kislotalarini xromatografiyalash asoslarini tushuntiring.
15-MA‟RUZA
MOYLI URUG‟LAR VA MOY KULI TARKIBINI O‟RGANISH.
Reja:
Moyli urug‟lar va moy kuli tarkibini o‟rganish.
Moylar tarkibidagi asosiy mikroelementlar.
Kulni tayyorlash va taxlil qilish usullari.
O‟simlik moylarida mikroelementlar bo‟lib, ular glisteridlar va vitaminlarning oksidlanishini katalizlab, moy sifatiga ta‟sir qiladilar. Moy sifatiga sezilarli ta‟sir qiluvchi mikroelementlar bu temir, mis va allyuminiydir. Turli moylarda alyuminiy va temirning miqdori 1•10 -3 dan 1•10 -5 % gacha uchrasa, misning miqdori 1• 10 -4 - 1•10 -6 % . Shuning uchun mikroelementlarni to‟g‟ridan to‟g‟ri aniqlash juda qiyin. Mikroelementlarni aniqlash uchun ularning namunadagi miqdorini oshirish maqsadida moy yoki urug‟ kulga aylantirilib taxlil qilinadi.
Moyli urug‟lar va moy kuli tarkibini taxlil qilish turli fizik-kimyoviy usullarda amalga oshirilishi mumkin. Jumladan lipidlar va moyli urug‟lar tadqiqotida alangali fotometriya va emission spektroskopiya usullari ular
tarkibidagi mikroelementlar miqdorini aniqlashda qo‟llanilib, taxlil uchun kul tayyorlash usuli ham mavjud. Kul tayyorlash uchun maxsus pireks shishasidan tayyorlangan tigellardan foydalaniladi chunki, farfor tigellardan kul tarkibiga ayrim mikroelementlar o‟tib qolishi mumkin. Mufel pechkalarida 20 soatgacha kuydirib xosil qilingan kul va maxsus agatdan ishlangan xavonchalarda maydalanadi.
=2500 – 3300 Å to‟liq uzunligida moy kuli tarkibidagi Zn, Cu, Al, Ba, Ni,
Fe, Si, Mg, P elementlari ko‟rinadi. Taxlil usuli kul spektrini xosil qilib, undagi aniqlanayotgan elementlar chiziqlarini namunaga kiritilgan ichki standart chizig‟i bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. Temir, mis va alyuminiyni aniqlaganda ichki standart sifatida germaniyni ishlatish qulay hisoblanadi. Taxlil natijasija xosil qilingan spektrlarda germaniyga -3039,1Å ; alyuminiyga -3082,7Å ; temirga
-3020,6Å va misga -3279,9Å analitik chiziqlari olinadi
Qo‟yilgan maqsaddan va taxlil qilinayotgan namunalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda moylar va moyli urug‟lar tarkibidagi mikroelementlarni aniqlash uchun emission spektral taxlil usuli eng qulay hisoblanadi. Bunda spektrlarni hosil qilishda ishqoriy va ishqoriy-er elementlarni aniqlash uchun alangali fotometriya uslubidan yoki og‟ir metallarni aniqlash uchun ko‟mirli elektrodlar kamalagidan foydalanilgan.
Spektrofotometrlar fotometrlarga nisbatan ancha sezuvchan bo‟lganligi uchun ko‟proq elementlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Taxlil uchun olingan moy yoki moyli urug‟ kulidan tayyorlangan kul 50-100ml eritmaga o‟tkaziladi. Agar modda suvda erimasa u ishqor yoki kislotalar bilan ishlanadi. Ishqoriy elementlar taxlil qilinsa, eritmani maxsus tayyorlashning xojati bo‟lmasa, ishqoriy er metallari aniqlanganda bir qator so‟ndirish xususiyatga ega bo‟lgan elementlarni (alyuminatlar, fosfatlar) yo‟qotish kerak.
Takrorlash uchun savollar: 1.Spektroskopiya sifatini baxolovchi kattaliklar 2.Lipidlar tadqiqotida spektroskopiyaning qo‟llanilishi. 3.Kul tarkibi taxlili asoslari.
Kul tayyorlash texnikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |