Oqsillarni cho’ktirish. Turli reaktivlar oqsillarning fizik-kimyoviy xossalariga ta‟sir etib, makromolekulalar strukturasining o‟zgarishiga olib keladi. Oksillarni cho‟ktirish reakstiyalari ikkita usulda amalga oshiriladi: oksillarni denaturastiyasiz cho‟ktirish (neytral ishkoriy metall tuzlari eritmalari yordamida) va denaturastiyalash yuli bilan cho‟ktirish (harorat, mineral va organik kislotalar, og‟ir metall tuzlari yordamida).
Oqsilni cho‟kmaga tushishi unga bog‟langan suv pardasining buzilishiga bog‟liq. Gidrofil moddalar, organik erituvchi – asteton, etil spirti, ishqoriy metallar neytral tuzlarining konstentrlangan eritmalari oqsilning suv pardasini buzib, uning eruvchanligini kamaytiradi. Organik erituvchilar, ammoniy sulfat, natriy xlorid, natriy sulfat, natriy fosfat va boshqa eritmalar oqsil eritmasiga ta‟sir ettirilganda oqsil chukmaga tushadi.
Oqsil eritmalariga turli tuzlar qo‟shilganda, oqsil molekulalari gidrat pardalaridan xoli bo‟lib, bir-biri bilan oson qo‟shiladi. Molekulalar kritik massaga ega bo‟lib cho‟kmaga tusha boshlaydi. Og‟ir metall tuzlari oqsil molekulasidagi sulfgidril gruppa bilan birikma hosil qilish hisobiga uning strukturasini o‟zgartiradi. Oqsillarni og‟ir metallar tuzlari bilan cho‟kmaga tushirish qaytmas jarayondir, ya‟ni cho‟kmaga tushgan oqsilni qaytadan eritma xoliga keltirib bo‟lmaydi.
Oqsil tuzlanish natijasida ko‟pincha tabiiy xolatini o‟zgartirmaydi. Cho‟kmadan tuz ionlari dializ yuli bilan chetlatilganda oqsil qaytadan eritmaga o‟tadi. Ammoniy sulfat va natriy sulfat tuzlari bilan tuzlash usuli qo‟pincha oqsillarni nativ xolatini buzmay ajratib olishda qo‟llaniladi.
Albumin oqsilini ammoniy sulfat ta’sirida cho’ktirib tozalash. Buning uchun probirkadagi 2-3ml albumin ekstraktiga teng xajmda ammoniy sulfatning to‟yingan eritmasidan qo‟shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Natijada, agar albumin ekstraktida globulinlar bo‟lsa, probirkada xosil bo‟lgan ammoniy sulfatning yarim to‟yingan eritmasida zarrachalari albuminlarga nisbatan katta bo‟lgan globulinlar cho‟kmaga tushadi. Cho‟kmadagi globulinlar filtrlab ajratib tashlanadi.
Filtratda qolgan albuminlarni yana ham toza xolda ajratish uchun probirkadagi eritmaga ammoniy sulfatning maydalangan kukunidan tuzning tuyingan eritmasi xosil bulguncha qo‟shiladi. Bu eritma endi albuminlarni cho‟kmaga tushiradi. Toza albumin chukmasi filtrlab ajratib olinadi.
Eritmada oqsilning qolgan qolmaganligi biuret reakstiyasi yordamida tekshiriladi.
Ajratib olingan tozalangan albumin kukuni 4-5ml distillangan suvda eritiladi va taxlil kilishdan oldin mineral tuz koldigidan dializ kilib tozalanadi.
Albuminlarni dializlab tozalash. Oqsillarning kolloid zarrachalari yirik bo‟lgani uchun ular yarim o‟tkazgich pardalardan (membranalardan) o‟tmaydi. Oqsillarning suvdagi eritmasi tarkibida bo‟lishi mumkin bo‟lgan kichik molekulali organik va mineral tuzlar esa bu yarim o‟tkazgich pardadan osongina o‟tib ketadi. Buning uchun oqsil eritmasi yoki kukuni yarim o‟tkazgich xususiyatli membranadan tayyorlangan xaltachaga solinib, uzoq vaqt distillangan suvda yuviladi. Dializni yanada tezlashtirish uchun yarim o‟tkazgich xaltacha yaqiniga elektr qutblari xam joylashtiriladi. Bu esa zaryadlangan ionlarning yarim o‟tkazgich pardadan o‟tishiga yordam beradi. Dializlovchi maxsus moslamaning nomi dializator deyiladi.
Albumin ekstraktini dializlash uchun yarim o‟tkazgich xususiyatiga ega bo‟lgan xaltachaga 10-15ml chigit albumini ekstrakti solinadi va xaltacha og‟zi ikkita shisha tayoqcha bilan qisib bog‟lanadi. Sungra xaltacha xajmi 1-2 litrli kimyoviy stakanga solingan distillangan suvga botib turgan xolda osib qo‟yiladi.
Dializning tez va yaxshi ketishi uchun stakanga solingan distillangan suv xar 15-20 daqiqada almashtirilib turiladi. Ish davomida dializning qanday tezlikda ketayotganini bilish uchun vaqti-vaqti bilan stakandagi distillangan suvdan 1-2ml olib oqsil va sulfatlarga sifat reakstiyasi utkazib turiladi. Tashqi eritmada biuret reakstiyasi bormasligi kerak. Shundagina dializ shartlari tug‟ri bajarilgan bo‟ladi. Sulfatlarga xos sifat reakstiyasining ma‟lum vaqtdan keyingi kuzatilmasligi dializ tugaganligining belgisidir.
Albumin oksilini elektroforezga tayyorlash. Dializ usuli bilan organik va mineral tuzlardan tozalangan chigit albumini ekstrakti yarim o‟tkazgichli qopchadan probirkaga o‟tkazilib, 10 minut stentrifugalanadi. Albumin oqsili
cho‟kmasi ustidagi suv extiyotlik bilan oqsil qismidan ajratiladi. Albumin cho‟kmasidan 100mg olinib 1ml distillangan suvda eritiladi. Tayyor bo‟lgan toza albumin ekstraktidan 20 mkl olinib, elektroforetik usulda frakstiyalarga ajratib taxlil qilish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |