1997-1998 yillarda Janubiy Koreyada moliyaviy inqiroz.
1997-yilgi inqirozdan oldintarixda Janubiy Koreya buyuk iqtisodiy yutuqlarni qo`lga kiritgan mamlakatlardan biri edi.1960-yilda Koreya urushi tugaganidan so`ng etti yildan keyin ham Koreya juda kambag`al davlat edi. Aholi jon boshiga yillik daromad 2000 AQSH dollaridan past bo`lib, Somali bilan yonmayon edi. Sovuq urush davrida Janubiy Koreya eskportga yo`naltirilgan strategiyasini davom ettirdi va jahonning eng yirik iqtisodiyoti bo`lishiga zamin yaratdi. Moliyaviy liberralashuv/globallashuv noto`g„ri boshqarildi. 1990-yillarning boshidan boshlab Koreya xukumati mamlakatning moliyaviy bozorlarini liberallashtirish maqsadida moliya institutlar faoliyatidagi tartibga solishdagi ko`plab cheklovlarni bekor qilgan. Bundan tashqari Koreya xukumati o`zining kapital bozoriga xorijiy kapital oqimini ochish orqali moliyaviy globallashuv jarayonlarini boshladi. Natijada kredit ekspansiyasini yanada kuchayib,ommaviy ravishda tashqi qarzlarhar yili 20% ga yaqin suratda oshishi 80
hisobigaxususiy nomoliyaviy tijorat sektoriga bank kreditlari yuqori suratlarda ajratila boshlandi.Kuchsiz bank regulyatori nazorati va bank institutlarida qarz oluvchilar faoliyatini kuzatish va monitoring qilishda tajribani kamligi sababliqreditlardan mumkin yo`qotishlar hajmi ko`paydi va banklarning sofi qiymati (kapital) kamaydi. (15.4-rasm) 15.4-rasm
15.5-rasm
81
Moliyaviy liberallashuv/globallashuv jarayonlarining salbiy ta‟siri: CHebollar va Janubiy Koreya inqirozi (15.5-rasm )
Moliyaviy liberallashuvning noto`g`ri boshqarilishida kuchli tijorat manfaatlari muhim rol o`ynaydi. 1990- yillarning oxiridagi moliyaviy inqirozdan oldin Janubiy Koreyaga nisbatan hech qaerda aniq emas ediki, chebollar deb nomlanuvchi yirik oilaviy konglomeratlar o`zlarining savdosi orqali iqtisodiyotda katta ta‘sirga ega bo`lishib, YAIM ning salkam 50% ini yaratishgan.(6-rasm) 15.6-rasm
Chebollar siyosiy jihatdan juda kuchli bo`lishgan va hukumat tomonidan ―inqirozga yuz tutishi uchun juda ham yirik’ hisoblangan. Bunday tushunarsiz kafolat bilan chebollarning moliyaviy ahvoli yomonlashadigan bo`lsa bevosita xukumat yordami yoki yo`naltirilgan kreditlar olishini bilgan. Ammo chebollarningbitimlariso`ndirilganbo`lsada,o`zlariningbarchafoydasinisaqlab qolishgan. Aniqki, chebollar katta miqdorda qarz olishgan va yuqori darajada leverajga ega bo`lishgan. 1990-yillarda chebollar hech qanday pul qilishmagan edi. 1993-yildan 1996- yilgacha top o`ttizta chebollarning aktivlari daromadliligi hech qachon 3%dan yuqori bo`lmagan (AQSH korporatsiyalari bilan taqqoslaydigan bo`lsak, ushbu ko`rsatkich1520%nitashkilqilgan).1996-yildamoliyaviyinqirozo`ziningsalbiy ta‘siriniko`rsatishdan oldin aktivlarning daromadliligi surati 0,2% gacha pasayib ketdi. Bundan tashqari faqatgina top beshta chebollarda foyda mavjud bo`lgan bo`lsa, oltinchidan o`ttizinchigacha o`rinda bo`lgan chebollarda 1%dan yuqorifoyda bo`lmasligi natijasida ko`p yillar davomida zarar ko`rishdi. Bu darajadagi past foydalilik va yuqori darajadagi leveraj bois hukumat kafolati mavjud bo`lmasahar qanday bank ushbu konglomeratlargaajratilayotgan kredit summasini kamaytirishi mumkin edi.Agarda chebollar defoltga uchraydigan bo`lsa,xukumattomonidanularningkreditlariqoplanishimumkinliginibanklar 82
bilganligi bois ular faoliyatini moliyalashtirishni to`xtatishmadi. Tijorat banklari tomonidan chebollarning yirik miqdorda moliyalashtirilishi hamularning qondirib bo`lmaydigankreditga bo`lgan talabinikamaytirmadi.Chebollar mavjud moliyaviy qiyinchiliklardan chiqib ketishning yo`li o`sishni davom ettirish ekanligi to`g`risida qaror qabul qilishdi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun katta miqdorda mablag` zarur edi. Xattoki maqtalgan Koreya milliy jamg`arma depozitlari foiz stavkasi 30%dan yuqoriligi chebollarning rejalashtirilgan kengayishini moliyalashtirish uchun etarli darajada mablag`larni ta‘minlay olmas edi. Ular mablag`larni qaerdan olishlari mumkin? Buning javobi xalqaro kapital bozorlarida edi. Chebollar Koreya xukumatini liberallashuv jarayonlarining tarkibiy qismi hisoblanganmoliya bozorlarini xorijiy kapitalga ochib berishni tezlashtirish bo`yicha qo`llabquvvatladi. 1993-yilda hukumat mahalliy banklarning xorijiy valyutada ifodalangan qreditlash berish qobiliyatinikengaytirdi. Bir vaqtning o`zida Koreya xukumati moliyaviy institutlar tomonidanajratiladigan cheklanmagan qisqa muddatli tashqi qarzlar olishga samarali ravishda ruxsat berdi. Ammo mamlakatga kapital oqimini boshqarishning vositasi sifatida uzoq muddatli qarzlargamiqdoriy cheklovlar o`rnatilgan edi. Uzoq muddatlidan tashqari faqatgina qisqa muddatlixorijiy kapital oqimini ochilishi hech qanday iqtisodiy samaradorlik keltirmadi. Qisqa muddatli kapital oqimi rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiyotini kuchsizlantirdi; moliyaviy inqirozning qandaydir belgilari ko`rinishni boshlasa,qisqa muddatli kapital tezkorlik bilan mamlakatdan chiqib ketishni boshlaydi. Asosan qisqa muddatli kapital oqimini kirib kelishiga yo`l ochib berilganligi to`laligicha siyosiy ta‘sirni ko`rsatdi: chebollar pulga extiyoj sezgan sharoitdaxalqaro bozorda uzoq muddatli kreditlash xorijiy kreditorlar uchun yuqori riskka egaligi bois qisqa muddatli fondlarni past foiz stavkalarda qarz olish juda oson edi.Ushbu o`zgarishlarning salbiy ta‘siri natijasida Koreya banklari o`zlariga xorijiy fondlarga yo`l ochuvchi vosita sifatida chet el mamlakatlarida yigirma sakkizta filiallarini ochishdi. Hozirda Koreya moliya institutlarixorijiy kapitalni jalb qilishga imkoniyat borligiga qaramasdan chebollarda hali ham muammo mavjud edi. Ulartijorat banklarini o`z tarkibiga olishga ruxsat berilmagan edi. SHu sababdan ham chebollar o`zlari xohlagan miqdorda bank kreditlarini jalb qila olishmadi.Ammo, Janubiy Koreyaga xos bo`lgan maxsus moliyaviy institutmavjud bo`lib, chebollarga kerakli bo`lgan miqdorjaqarzlarni jalb qilish imkoniyatini berar edi: savdogar bank. Savdogar bank korporatsiyalari ulgurji savdo moliyaviy institutlari hisoblanib, qimmatli qog`ozlarninganderrayting operatsiyalari, lizing va korporativ sektorga qisqa muddatli kreditlar ajratish shug`ullangan. Ular kreditlar uchun o`z fondlariniobligatsiyalar hamda tijorat qog`ozlarini emissiya qilish va interbank va xorijiy bozorlardan qarz olish hisobiga shakllantirishgan edi. Koreya inqirozi davrida savdogar banklarga xorijdan kredit olishga ruxsat etilgan edi va ularning faoliyati deyarli tartibga solinmagan edi. Chebollar o`zlarining imkoniyatlarini yuqori baholashdi va xukumat vakillarini ko`plab moliyaviy kompaniyalarni (allaqachon chebollar tomonidan o`zlashtirilgan)savdogar banklarga aylantirishga ishontirdi.Savdogarbanklar 83
katta miqdordagi fondlarni chebol egalariga yo`naltirishdi. Lekin ushbu fondlar samarasizhisoblanganpo`latchilik,avtomobilishlabchiqarishvakimyosanoatiga ishlatildi. Ajratilgan kreditlar muammoli ko`rinishni olganidan so`ng, ushbu bosqich xalokatli moliyaviy inqirozni boshlabberdi.