Banklarda leverajning oshishi: aktivlarning kapitalga nisbati koeffitsienti
Banklarning nomi
|
2005 yil
|
2007 yil
|
Bear Steams
|
26
|
33
|
Morgan Stanley
|
31
|
33
|
Lehman Brothers
|
25
|
31
|
Merrill Lynch
|
18
|
28
|
Goldman Sachs
|
25
|
27
|
Shuningdek, yuzaga kelgan qulay vaziyat bank aktivlarining kapital bilan ta‘minlanishi ko`rsatkichining yomonlashuviga, ya‘ni leveraj koeffitsientining oshishiga olib keldi.
Quyidagi jadval ma‘lumotlarining ko`rsatishicha, 2008- yilda dunyoning barcha asosiy fond indekslari 2007 -yilga nisbatan keskin pasaygan. Ayniqsa, 2008
-yilning 15 -sentyabriga kelib AQSHning yirik investitsiya banki Lehman Brothers bankrot deb e‘lon qilingach, jahon fond bozorlarida aksiyalarni yoppasiga sotish avj oldi. 15 -sentyabr savdolarida Rossiyaning RTS (RTS) indeksi 4,8 foizga tushgani holda, MMVB indeksi (Moskva banklararo valyuta birjasi indeksi) 6,2 foizga pasaydi. Agar 2008 -yilning 15- sentyabr kuni indeksning keskin tushishi natijasida Moskva banklararo valyuta birjasida bir qator qimmatli qog`ozlar
65
bo`yicha savdolar to`xtzdilgan bo`lsa, 16 sentyabr kuni o`ndan ortiq yuqori likvidli qimmatli qog`ozlar bo`yicha savdolar amalga oshirilmadi. SHunday qilib, birgina 15 - 16 sentyabr kunlari MMVB indeksi 23 foizga, RTS esa 21 foizga pasaydi. 2008 -yilning 6 -oktyabriga kelib esa RTSning pasayishi rekord natijani qayd etdi, ya‘ni bir kunlik pasayish 19,1 %ni tashkil qildi. Umuman olganda, Rossiyaning RTS indeksi 2008 -yilning oxiriga kelib 632 punktni tashkil etib, 2007 -yilga nisbatan 1659 punktga, boshqacharoq aytganda, 72,4 foizga tushib ketgan. Taqqoslash uchun keltiramiz: bu davrda AQSHda S&R 500 38,5 foizga; YAponiyaning Nikkei 225 indeksi 42,1 foizga; Braziliyaning Vovespa indeksi 41,2 foizga pasaygan.
Tadqiqot natijalariga asoslanib, dunyo mamlakatlarini inqirozdan qutqarish choratadbirlarini quyidagi asosiy to`rt guruhga ajratish mumkin:
banklarning qarz majburiyatlari bo`yicha davlat kafolatini berish;
moliya muassasalarini qayta kapitallashtirish;
muammoli aktivlarni xarid qilish;
iqtisodiy talabni rag`batlantirish.
G`arb davlatlarining inqirozga qarshi choralar dasturlarida ajratilishi ko`zda tutilgan mablag`lar tarkibida banklarning qarz majburiyatlari bo`yicha davlat kafolatini berish eng yuqori salmoqni egallagan (qariyb 49%). Umuman olganda, 2008 -yilning dekabr oyiga kelib jahon moliyaviy inqirozini bartaraf etish uchun dunyo mamlakatlari qutqaruv choralari va moliyaviy ko`maklar uchun sezilarli miqdorda pul mablag`larini ajratdilar. Tahlillarimizning ko`rsatishicha, inqirozning oqibatlarini yumshatish uchun ajratilgan mablag`larning YAIMga nisbati ko`rsatkichi Islandiya, BAA, Vengriya, Rossiya va Buyuk Britaniya davlatlarida sezilarli darajada yuqori bo`lgan. Biroq bu ko`rsatkich yuqoridagi davlatlarning ajratilgan moliyaviy mablag`larning mutloq miqdori jihatidan etakchiligini anglatmaydi. Chunki YAIM hajmi jihatidan etakchilar ro`yxati yuqorida qayd etilgan davlatlar bilan boshlanmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |