Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar


Maksimal ball: MBM=MSM+PM+MM=36 ball



Download 1,58 Mb.
bet53/127
Sana09.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#538753
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   127
Bog'liq
pul va banklar

Maksimal ball: MBM=MSM+PM+MM=36 ball

Markaziy bank mustaqilligini aniqlashda 25 ta mamlakatda tadqiqot o‘tkazilagn bo‘lib, unda monetar siyosat mustaqilligi MSM A1, A2, A3, A4, A5 va



A6 agregatlari yig‘indisidan, PM V1, V2, V3, V4, V5 va V6 agregatlari yig‘indisidan, MM S1, S2, S3, S4, S5 va S6 agregatlari yig‘indisidan iborat.


12.1-jadval


Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda Markaziy bank mustaqilligi va inflyatsiya darajasi

Aspektlar/ Davlatlar



MSM



PM



MM



MBM

MBM
renkengi

Yillik Inflatsiy a darajasi

Buyuk Britaniya

8,5

2

12

22,5

15

1,8

Yangi
Zenlyandiya

9


5


12


26


9


2,7


Kanada

10

5

8

23

14

2,6

Shvetsiya

11

6,5

8,5

26

9

2,4

Janubiy Korea

10,5

4,5

7,5

22,5

15

4

AQSH

10,5

10,5

11

32

2

2,8

Avstraliya

7,5

4

12

23,5

13

4,4

Italiya

7,5

7,5

10,5

25,5

10

2,7

Ispaniya

10,5

5

12

27,5

6

3,6

Finlyandiya

9,5

5,5

10,5

26,5

8

2,5

Shvetsariya

10

7,5

11,5

29

4

0,96

Fransiya

9,5

8

11

28,5

5

1,6

Germaniya

12

10

11,5

33,5

1

2,3

Braziliya

8,5

7

11,5

27

7

6,8

Tailand

11

3

11,5

25,5

10

1,7

Chexiya

10

4

10,5

24,5

11

4,7

Chili

12

11

8

31

3

3,6

Polsha

11

5

8

24

12

5,5

Indoneziya

5

8

7

20

17

11,5

Isroil

9,5

5

11,5

26

9

1,2

Janubiy Afrika

9,5

6,5

7

23

14

5,6

Malayziya

8,5

4

11

23,5

13

1,4

Meksika

10,5

5

6

21,5

16

6,3

Hindiston

6,5

2,5

8,5

17,5

18

3,6

Peru

10

10

9

29

4

2

Keltirilgan jadvallar asosida tahlil olib borildi. Jadval ma’lumotlari asosida tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, Germaniya (33,5 ball) eng mustaqil Markaziy bankka ega va AQSH 32 ball bilan keyingi o’rinni egallaydi, shuninngdek Chili (31 ball) va Peru, Shvetsariya (29 ball) shular jumlasidandir. Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya (22,5 ball), Meksika (21,5 ball) o’rtacha mustaqillikka ega Markaziy bankka ega. Hindiston Markaziy banki (17,5 ball) Indoneziya Markaziy bankidan keyingi o’rinda turadi.


4.Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi xususiyatlar.


Markaziy banklar tuzilmasi va mustaqilligi borasidagi bizning kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ohirgi yillarda mustaqillik o’sishiga nisbatan ahamiyatli moyillik kuzatilmoqda. FRT deyarli barcha qolgan markaziy banklarga qaraganda, yetarli darajada mustaqil hisoblanardi. Faqatgina Germaniya va Shveysariya banklari bundan istisno. Bugungi kunda Yevropa markaziy banki FRTga nisbatan ancha mustaqil. Angliya va Yaponiya banklari ko‘proq mustaqilikka ega bo‘ldilar, bu holat ularni FRT va Yangi Zelandiya, Shvetsiya va boshqa Yevropa davlatlarning markaziy banklari bilan bir qatorga joylashtirdi. Ham nazariya, ham tajriba tasdiqlagandek, ko‘proq darajada mustaqil bo‘lgan banklar samaraliroq monetar siyosatni amalga oshiradi.


Markaziy bankning o‘zini tutish sabablari


Byurokratiya o‘zini tutishini baholashga bo‘lgan yondashuvlarning biriga asosan, byurokratik apparat jamiyatning manfaatlari uchun ishlaydi. Biroq, ayrim iqtisodchilar, byurokratik hulq-atvor nazariyasini ishlab chiqqan bo‘lib, bu nazariya byurokratiya faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa omillarning mavjudligini nazarda tutadi. Byurokratiya boyligi hokimiyat darajasi va avtoritetga bog’liq bo‘ladi. Bunday qilib, ushbu nazariyaga binoan, markaziy bankning hulq-atvorini belgilaydigan eng muhim omil – bu hokimiyatni kuchaytirish va avtoritetni ko‘tarishga intilish. Bu borada markaziy bankning o‘zini tutishi haqida nima desa bo‘ladi? Bir tomondan, Federal zahira, bankirlar va biznesmenlarning kuchli qo‘llab-quvvatlashiga asoslangan holda, o‘z avtonomiyasi uchun kurashadi, bunda Kongressning FRT byudjetini nazorat ostiga olishning yangi va yangi urinishlarini aks ettiradi.
Boshqa tarafdan, FRT, uning avtonomiyasini buzishi mumkin bo‘lgan, nufuzli kuchlar bilan ortiqcha nizolashishdan yiroqda bo‘ladi. Ma’lum bo‘lganidek, FRT yetarli darajada sekin ravishda foiz stavkalarini ko‘taradi va iloji boricha muvaffaqiyatli tarzda ularning o‘zgarishini bildirmaslikka harakat qiladi. Bunday hulq-atvorning sabablaridan biri shundaki – FRT prezident va Kongress bilan foiz stavkalarining o’sishi borasida nizo kelib chiqishidan qo’rqadi. SHu sababli ham, FRT faoliyati to‘liq tarzda oshkor qilinmagan.
FRT ning iloji boricha ko‘proq hokimiyatga ega bo‘lish hohishi, shuningdek uning iloji boricha ko‘proq banklarni o‘z nazorati ostiga olishga intilish bilan tushuntiriladi. Ushbu jarayonning kulminatsiyasi – 1987 yilgacha barcha banklarni (nafaqat ularning a‘zolarini) FRT zahiraviy talablariga bo‘ysundirgan qonunchilikning qabul qilinishi.
Byurokratik hulq-atvor nazariyasi FRT harakatlariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin, ammo uni e‘tibori faqat o‘z manfaatlariga qaratilgan tizim sifatida ko‘rib chiqish ham noto‘g‘ri. O‘z boyligining maksimizatsiyasi altruizmni inkor etmaydi. Albatta, FRT monetar siyosatini jamiyat manfaatlariga javob berish uchun amalga oshiriladi.


FRS mustaqil bo‘lishi kerakmi


Ko‘rib turganimizdek, FRT – AQSHdagi ko‘proq darajada mustaqil bo‘lgan davlat idoralaridan bittasi. Ayrim vaqtlarda Kongressda uning mustaqillik darajasini pasaytirish kerakmi, degan masala yuzasidan muhokamalar bo‘ladi. FRT ning o‘zini tutishini oqlamaydigan davlat arboblari odatda uning faoliyatini nazorat ostiga olishni taklif qiladi. Savollar yuzaga keladi: ‘FRT mustaqil bo‘lishi kerakmi? Ehtimol, prezident yoki Kongress boshqaruvi ostidagi markaziy bank mavjud bo‘lgani yaxshimikan?’

Mustaqillik foydasiga dalillar


FRT mustaqilligining himoyasiga eng muhim bo‘lgan dalillardan biri – agarda u siyosiy bosimga bo‘ysunadigan bo‘lsa, bu inflyasion monetar siyosatga olib kelishi borasidagi dalil. Ko‘plab analitiklarning fikricha, demokratik jamiyatdagi siyosatchilar odatda uzoqni ko‘zlamaydilar, chunki ularning asosiy istagi - yaqin oradagi saylovlarda g’olib chiqish. Ular uzoq muddatli tendensiyalar borasida qayg’urmaydilar, ular muammoning yechimini qisqa muddatli davr mobaynida ko‘radilar.
Yuqorida bayon etilgan dalillarning varianti – AQSHdagi siyosiy jarayon ishbilarmonlik faolligining siyosiy siklini yuzaga keltirishini tasdiqlash: bevosita saylovdan oldin ekspansion siyosat o‘tkazilib, uning asosiy maqsadi ishsizlik va foiz stavkalarini pasaytirish.Saylovdan keyin ushbu siyosatning salbiy natijalari yuzaga keladi – bu yuqori Inflatsiya va yuqori foiz stavkalari, bu esa o‘z o’rnida qat‘iy monetar siyosatning zarurligiga olib keladi. Hukumat aholi ushbu ko’ngilsiz davrni keyingi saylovgacha esidan chiqarishiga umid qiladi. FRTning prezidentga bo‘ysunishi yana shunisi bilan havfliki, uning pul mablag‘lari G’aznachilik tomonidan g’azna obligatsiyalarini sotib olish yo’li bilan byudjetning kattagina defitsitini moliyalash amalga oshirilishi mumkin. G’aznachilikning FRTga bosimi Inflatsiyaning keskin sakrashiga olib kelishi mumkin. Mustaqil bo‘lgan FRT esa G’aznachilikning bosimiga qarshilik qila oladi.
Mustaqillik himoyasiga yana bitta dalil shundan iboratki, monetar siyosatni nazorat qilish siyosatchilar uchun nihoyatda mukammal vazifa bo‘lib, ular bir nechta marta mukammal va muhim masalalarni echa olmaslik qobiliyatini namoyish qilgan edilar.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish