Oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funksiyasi. Rivojlangan davlatlarda hukumatning odatda, chet el valyutalarida hisob-raqamlari bo‘lmaydi. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish Markaziy bank zimmasida bo‘lib, ularning summasi Markaziy bank balansida aks etadi. Hukumatning esa,
123www.bundesbank.de/Navigation/EN/Bundesbank
124http://www.bundesbank.de/Navigation/EN/Home
chet el valyutalarida tashqi qarzlari mavjud bo‘ladi. qarzni tqlash muddati kelishi bilan hukumat Markaziy bankka to‘lov topshiriqnomasi yozadi. Bank o‘zining valyuta zaxiralari hisobidan hukumatning tashqi qarzini to‘laydi va to‘langan summaning milliy valyutadagi ekvivalentini hukumatning hisob raqamlaridan chegirib oladi.
Rivojlangan industrial davlatlarda Markaziy bank bajaradigan an‘anaviy funksiyalardan biri - valyuta zaxiralarini boshqarishda Markaziy bankning monopol mavqeiga ega ekanligidir. Xususan, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh kabi davlatlarning markaziy banklari mamlakat valyuta zaxiralarini boshqarishda ana shunday huquqqa egadirlar.
Markaziy banklarning maslahatlar berish va ma’lumotlar bilan ta‘minlash funksiyasini uning davlat banki sifatidagi funksiyasiga kiritish mumkin.
Markaziy bankning ma’lumotlar talab qilish huquqi to‘g‘risida tijorat banklari uchun hisobotlar shaklini va topshirish muddatini belgilab berishligini Markaziy bankning ma’lumot - tadqiqot funksiyasining bir ko‘rinishi sifatida ko‘rsatadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Markaziy bankning funksiyalari qo‘yilgan maqsadlarga erishishni ta‘minlash uchun xizmat qiladi. Shu sababli asosiy maqsadga erishish yqlida belgilangan u yoki bu vazifani hal etish Markaziy bank funksiyalarining ayrimlarini boshqalariga nisbatan faolroq jalb qilinishini talab etadi.
Yuqorida qayd etib qtilgan Markaziy bankning asosiy an‘anaviy funksiyalari xalqaro bank tizimida an‘anaviy ko‘rinish sifatida keng tarqalgan, ya’ni har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar Markaziy banklarining funksiyalari bir-biriga o‘xshab ketadi.
Xorij tajribasida ko‘riladigan bo‘lsa AQSH Federal Zaxira Tizimining funksiylarini ko‘rib o‘tamiz.: FZB 12tasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Cheklarning kliringi;
Yangi nakd pulemissiyasi;
Eskirgan pullarni muomaladanchiqarish;
Uz viloyati banklariga diskont ssudalarni berilishi va ularni boshqarmasi;
Banklarning uyushmasi va ularning faoliyatini kengaytirish borasidagi takliflarbaxosi;
Biznes vakolatchilari va FZT urtasidagivositachilik;
Bank xolding kompaniyalari va ma‘muriyat vakolati bilan shtat bank- ishtirokchilarining nazorati
Biznes olib borilishi ma’lumoti haqidagi shartlarniyigilishi;
Monetar siyosatni olib borish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqilishi uchun professional iqtisodchilarniishlatilishi;125
12ta FZBlari monetar tizimni bir nechta yo'llar bilan olib borishadi.
125 ―The economy theory of money, banks and financial markets.’F.Mishkin 2006. p.421-422
Boshqarma kengashi har bir viloyatni teshirib nazorat qilishidan tashkari yakin atrofidagi bank direktorlari diskont stavkasinibelgilaydilar,
Direktorlar kaysi banklar (FZT ishtirokchisi bo‘lishi shart emas) viloyat FZBdan diskont stavkasini olishi mumkunligini xalqiladi.
Federal konsultativ kengash ishida ishtirok etish uchun direktorlar har bir viloyatdan 1tadan tijorat banki vakilini tanlashi va shu vakil boshqarma Kegashiniga maslaxat va ma’lumot beradigan, monetar siyosatni olib borishga yordam beruvchivakil.
12 viloyat banki prezidentidan 5tasi FOMCda ovoz berish huquqiga ega, va ular davlat qimmatli qogozlarini savdo-sotigi boshqaruvini foiz stavkalarini oshishiga va bank tizimi zaxira xajmini o‘sishiga ta’sir qiladi. Nyu- York FZB prezidenti FOMCda doimiy ovozga ega. Bu barcha banklar orasida eng e‘tiborliligini ko‘rsatadi. Kolgan 4ta ovoz 11ta prezident viloyat banklari orasida ketma ketlikda taqsimlabchiqiladi.126