NAMANGAN MUHANDISTLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI “IQTISODIYOT” fakulteti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi 11u-20 guruh talabasi Qurbonov Diyorjonning Menejment va Marketing fanidan tayyorlagan slaydi Bajardi:_________________________ Qabul qildi:_________________________ NAMANGAN-2022
NAMANGAN MUHANDISTLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Mavzu: Qaror qabul qilish usullari va modellari reja
Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‘yiladigan talablar.
Boshqaruv qarorlari tasnifi
Qaror haqida tushuncha, jarayoni va ularning turlari.
Qaror qabul qilish modeli, shakli va muhiti.
Qaror qabul qilish usullari
Boshqaruv fanining o‘ziga xos hususiyatlari.
Model haqida tushuncha va uning turlari.
Istiqbolni belgilash usullari.
NAMANGAN MUHANDISTLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Qaror - bu bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olishdir
Qaror - bu u yoki bu yo‘lni tanlab olishda bir to‘xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir
Qaror qabul qilish — bu tashkilot rahbarining tashkilot oldidagi maqsadga erishish uchun o‘z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir
1
NAMANGAN MUHANDISTLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Boshqaruv qarorlarining samarasiga ta’sir qiluvchi omillar
Qaror qabul qilish jarayonida axborotning to‘laligi va sifati
Qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona yechilish darajasi
Texnik omillar
Qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati
NAMANGAN MUHANDISTLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
№
Talablar
Izoh
1.
Ilmiy asoslangan bo‘lishi lozim.
Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa sotsial qonunlarning amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari negizida qabul qilinishi lo‘nda va aniq bo‘lishi lozim.
2.
Bir-biri bilan aloqador va yakdil bo‘lishi kerak.
Muayyan vazifani hal etishda ko‘pincha asosiy masalalardan kelib chiqadigan qo‘shimcha vazifalarni hal etishga to‘g‘ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo‘ysundirilishi lozim. Barcha qaror, ko‘rsatma, qoidalar bir-biri bilan bog‘lanadi. Shuningdek, ular oldindan qabul qilingan va amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi.
3.
Huquq va javobgarlik doirasida bo‘lishi lozim
Rahbar qarorni o‘ziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul qilishi mumkin. Bu yerda gap boshqarishning barcha bo‘kinlarida huquq va javobgarlik ko‘lami nisbati to‘g‘risida boryapti. Huquqlar katta, mas’uliyati esa kam bo‘lsa, ma’muriy o‘zboshimchalikka, o‘ylamasdan qaror qabul qilishga yo‘l ochiladi. Huquqlar ozu, mas’uliyat katta bo‘lsa, bu ham hsch qanday naf keltirmaydi.
4.
Aniq va to‘rri yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak.
Har qanday qaror aniq va bajaruvchiga tushunarli bo‘lishi lozim.Qarordan bir necha ma’no kelib chiqishiga va uni turlicha talqin qilish yoki tushunishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
5.
Vaqt bo‘yicha qisqa bo‘lishi kerak
Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa mudsatli qarorlar qabul qilinishi lozim.
6.
Vaqt bo‘yicha aniq bo‘lishi lozim
Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko‘rsatilishi kerak. Aks holda uning bajarilishini ob’ektiv nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘linmaydi.
7.
Tezkor bo‘lishi kerak.
Har qanday qaror o‘z vaqtida, ya’ni ishlab chiqarishdagi vaziyat talab qilgan vaqtning o‘zida qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorning har ikkisi ham zararlidir.
8.
Samarali bo‘lishi lozim
Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda qo‘yilgan maqsadga eng kam xarajat bilan erishish tushuniladi.
Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar
NAMANGAN MUHANDISTLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Maxsus qarorlar tor doiradagi muammoga taalluqli bo‘lib, korxonaning muayyan bir bo‘limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi
An’anaviy qarorlar — bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlardir. Ularning amal qilish doirasi olditssan ma’lumdir
Tavsiyali qarorlar o‘z mohiyatiga ko‘ra tashabbusli qarorlarga yaqin bo‘lib, ularda korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar o‘z aksini topadi
Aniq qarorlar to‘la-to‘kis axborot mavjud bo‘lgan holdagina qabul qilinadi. Shu sababli, bunday qarorlarning amalga oshish ehtimolligi birga yaqin bo‘ladi
Mazkur qarorlar yuqori va o‘rta bo‘g‘in rahbarlari tomonidan uzog‘i bilan ikki yilgacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi
Umumiy qarorlar bir xil muammoga daxldor bo‘lib, barcha bo‘ganlar uchun birdek amal qiladi
Tashabbusli qarorlar o‘z tavsifiga ko‘ra novatorlik mazmuniga ko‘ra esa istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir
Stereotip qarorlar odatda qat’iy yo‘riqnomalar, me’yoriy hujjatlar doirasida qabul qilinadi
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo‘lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni quyidagi belgilar bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin
Strategik qaror maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori boshqaruv organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish maqsadlarida qabul qilinadi
Taktik qarorlar maqsadga erishishning vosita va usullari xususidagi joriy, tezkor qarorlardir
Noaniq qarorlar — bu tavakkal bilan - to‘la bo‘lmagan axborotga asoslanib qabul qilinadigan qarorlardir
NAMANGAN MUHANDISTLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Qaror - rahbar mehnatining asosiy mahsulidir. Bu derektiv fakt bo‘lib, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun o‘nlab, yuzlab ba’zan esa ko‘p minglab kishilar birgalik harakatlarini tashkil qiladi, yo‘lga solib turadi va rag‘batlantiradi
Boshqaruv mehnatining predmeti axborot bo‘lib, u boshqaruv qarorlarini qabul qiladi va ular ijrochilarga yetkazadi. Uni uch bosqichga bo‘lish mumkin:
Qarorlarni qabul qilish
Qarorlarni ijrosiga rahbarlik qilish
Qarorlarning bajarilishini nazorat qilish
NAMANGAN MUHANDISTLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Boshqaruv funksiyasini muhim tarkibiy qismi qaror qabul qilishdir. Menejer nafaqat o‘zini, balki butun kollektivni faoliyatini yo‘naltiruvchi qarorlar qabul qilish kerak. Qarorlarni quyidagi turlari mavjud:
Tashkiliy qarorlar. Bu rahbar o‘z mansabini majburiyatlarini bajarish orqali amalga oshiradigan tanlovdir. Tashkiliy qarorlarning maqsadi, tashkilot vazifalari tomon ta’minlashdir. O‘z navbatida tashkiliy qarorni ikkita klassifikatsiyaga bo‘lish mumkin:
a) Dasturlashtirilgan qaror - bu matematik bog‘liqlik asosida amalga oshiriladi. Masalan, 10 ta kasalga 1 ta doktor me’yori.
b) Dasturlashmagan qaror - bu yangi turdagi qaroralr bo‘lib, ichki aloqaga bog‘liq emas. Ular asosan holatlardan kelib chiqadi. Tajribani, yangilikni rahbarning o‘zi yaratadi
Intuitiv qaror. Bu to‘g‘riligini his qilish bilan qabul qilinadigan qaror
Fikrlashga asoslangan qaror. Bu bilim va tajribaga asoslangan tanlovdir. Menejmentni asosan qaror qabul qilish qobiliyati tajriba bilan rivojlanadi.
Ratsional qaror. Bu ob’ektiv analitik jarayon yordamida asoslangan holda qabul qilinadi
Strategik qaror bu ishlab chiqarishdagi va tegishli ravishda uning natijalaridagi faqat miqdor o‘zgarishlaridagi emas, balki jiddiy sifat o‘zgarishlarini ham ko‘zda tutadi
Aytib o‘tilgan qarorlarni ishlab chiqarishda rahbar asosan relevant informatsiyani asos qilib oladi.
Relevant informatsiya - bu aniq muammoga mos informatsiyadir
NAMANGAN MUHANDISTLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
To‘lov matritsasi. Turli variantlardan eng maqbulini tanlashda to‘lov matritsasi yordam beradi. To‘lov matritsasi, ayniqsa maqsadga erishishga yordam beradigan strategiyani tanlashda katta samara beradi.
To‘lov matritsasi quyidagi hollarda samara beradi:
1. Cheklangan variantdagi muqobil strategiyalar mavjud bo‘lganda.
2. Noma’lum to‘la aniq bo‘lgan hollarda.
3. Haqiqatda bo‘lgan hodisa va muqobil variant tanlanganligiga, qabul qilingan qaror mashinasiga bog‘liq bo‘ladi.
Qarorlar shajarasi. Turli variantlardan eng yaxshi yo‘nalishni tanlashda qarorlar shajarasidan foydalaniladi. Qarorlar shajarasi - qaror qabul qilishning muammolarini sxema tarzida ifodalashdir.
Bu usulda ham harakat yo‘nalishini hisobga olinadi. Va ularni moliyaviy ahvol bilan belgilaydi. Bir qaror natijasi keyingi qarorlarga ta’sir ko‘rsatadigan, ketma-ket hollarda qarorlar shajarasi katta samara beradi
Qaror qabul qilish yordamida berilgan modellardan tashqari, qator usullar ham mavjud. Bu usullar yordamida rahbar, bir necha turli variantlardan o‘z korxonasi uchun maqbulini topadi va u yordamida korxona maqsadga erishishini tezlashtiradi. Biz bu usullardan to‘lov matritsasi va qarorlar shajarasini ko‘rib chiqamiz
NAMANGAN MUHANDISTLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Bugungi kunda «Boshqaruv fani», «qaror qabul qilish to‘g‘risidagi fan», «sistemali tahlil», «sistemalar to‘g‘risidagi fan», «operatsiyalarni tahlil qilish» singari bir-biri mos bo‘lgan so‘zlarni ko‘p uchratish mumkin. Bu terminlar miqdoriy usullarga taalluqlidir.
Ko‘p mutaxassislar, keyingi bo‘limlarda ko‘rib chiqadigan usullarni boshqaruv fani usullariga tuaalluqli ekanligini tan olmoqdalar, masalan, rejalashtirish, nazorat usullarini va operatsiyalarni hususiyatlari quyidagilardir:
Ilmiy usullarni qo‘llash.
Sistemali yo‘naltirish (mo‘ljallash).
Modellardan foydalanish.
Bugungi kunda «Boshqaruv fani», «qaror qabul qilish to‘g‘risidagi fan», «sistemali tahlil», «sistemalar to‘g‘risidagi fan», «operatsiyalarni tahlil qilish» singari bir-biri mos bo‘lgan so‘zlarni ko‘p uchratish mumkin. Bu terminlar miqdoriy usullarga taalluqlidir.
Ko‘p mutaxassislar, keyingi bo‘limlarda ko‘rib chiqadigan usullarni boshqaruv fani usullariga tuaalluqli ekanligini tan olmoqdalar, masalan, rejalashtirish, nazorat usullarini va operatsiyalarni hususiyatlari quyidagilardir:
Ilmiy usullarni qo‘llash.
Sistemali yo‘naltirish (mo‘ljallash).
Modellardan foydalanish.
NAMANGAN MUHANDISTLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Shennon modellarga shunday tushuncha beradi:«Model - bir butunlikdan, yaxlitlikdan farq qiluvchi, ob’ektni sistema yoki g‘oyani qandaydir usuldagi ko‘rinishidir». Masalan, tashkilotning sxemasi uning strukturasini ko‘rsatuvchi modeldir. Boshqaruvning nazariyalari tashkilot yoki uning biron-bir bo‘linmasi modelidir.
Shunga o‘xshash ko‘plab misollar keltirish mumkin. Xaqiqat hayotiy holatni soddalashtirishini modellarni bosh harakteristikasi deb atash mumkin. Hayotdagi muammolarni murakkablashtiruvchi ma’lumotlarni rahbarga mammolarini hal qilish qobiliyatini oshirish imkonini beradi. Rahbar o‘z tajribasi va qobiliyatini ekspertlar va tajriba hamda fikrlari bilan boyitadi va birgalikda foydalanadi.
NAMANGAN MUHANDISTLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Istiqbolni belgilash usullari
Noformal usullar
Verbal informatsiya. Tashqi muhit tahlilida ko‘p hollarda verbal informatsiyadan (og‘zaki informatsiyadan) foydalaniladi
Sanoat josusligi. Rahbarlar o‘z korxonalarining intellektual mulki bo‘lgan ma’lumotlarni himoya qilishi, ehtiyot qilishi lozimdir. Aks holda sanoat josusligi quyiga tushib raqobatdoshlarga yetishi mumkin. Bunday ma’lumot tashkilot maqsadini qiyin o‘zgartirilishiga sabab bo‘ladi. Josuslik (shpionlik) - korxonalar hayotida yangilik emas.
Yozma informatsiya. Bu inforsiyaning asosiy manbalari: gazeta, jurnallar, informatsion byulleten, yillik hisobotlar
Miqdoriy usullar
Kauzal (sabab-oqibat) modeli. Noma’lumlar soni bittadan ortiq bo‘lganda ishlatiladiKauzel modellashtirish - ko‘rilayotgan omillar va boshqa o‘zgaruvchilar orasidagi statistik muvofiqlikni o‘rganish orqali istiqbolni belgilashdir
Vaqtli qatorlar tahlili. O‘tgan vaqtdagi hodisa kelajakni baholashga yaqin kelgan hollarga asoslangandir. O‘tgan yillardagi o‘zgarishlar an’anasini bilib kelajakka tadbiq qilish -bu vaqtli qarorlar tahlilidir
NAMANGAN MUHANDISTLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
E’tiboringiz uchun tashakkur!!!