14
tomonidan tasdiqlanadi. (Oraliq nazorat yozma ish shaklida o’tkazilganda topshiriqlar
fanning o’zlashtirilgan qismi bo’yicha 3 tadan iborat savollarga asoslangan holda tuziladi,
ON davomiyligi 80 minutni tashkil etadi.)
6.
Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim
topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi faolligi fan
o’qituvchisi tomonidan 5 baholik mezon asosida baholab boriladi.
Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha
baholashda, uning o’quv mashg’ulotlari
davomida olgan baholari inobatga olinadi.(Masalan, talaba amaliy, seminar, laboratoriya
mashg’ulotlaridan semestr davomida ijobiy baholanib, ON o’tkazilgan vaqtda fandan 2
baho olsa o’qituvchi tomonidan semestr davomidagi talabaning
faolligini hisobga olib
ijobiy baho qo’yish maqsadga muvofiq.)
7.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tegishli fan mavzularini to’liq qamrab
olgan holda talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini
aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
8.
Yakuniy nazorat turini o’tkazish shakli tegishli fan bo’yicha kafedra tomonidan
belgilanadi. Bunda tegishli fan bo’yicha kafedra mudiri 1 hafta
oldin tegishli fakulbtet
dekanatiga quyidagi 1-jadval ma’lumotlarini taqdim etadi.
Talabalar bilimini baholash mezonlari
1.Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil
mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega
deb topilganda - 5 (a’lo) baho;
talaba
mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning
(mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu)
bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda- 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega
deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho;
15
talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi
hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho
bilan baholanadi.
2.
Nazorat turlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni
talabaning o’zlashtirishini xolis (ob’ektiv) va aniq baholash
imkoniyatini berishi
shart.(Nazorat turlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan topshiriqlar kafeda yig’ilishida
muhokamadan o’tishi va ma’qullangan bo’lishi hamda kafedra bayonnomalarida o’z aksini
topishi shart. )
Talabalar bilimini baholash
l.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
2.Oraliq nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini
baholash tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi
tomonidan amalga oshiriladi. ON natijalari shu kunning o’zidayoq talabalarga yetkaziladi
va jurnalda o’z aksini topadi
7.
Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning
bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan
amalga oshiriladi. (SHu fan doirasida bilim va ko’nikmagaa ega bo’lgan
professor-
o’qituvchilar tomonidan o’tkaziladi.Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o’tkazilganda
topshiriqlar fanning to’liq o’zlashtirilgan qismi bo’yicha 3 tadan savollardan iborat bo’lgan
ko’rinishda amalga oshiriladi va davomiyligi 80 minutni tashkil etadi. Yakuniy nazorat
natijalari shu kunning o’zidayoq talabalarga yetkaziladi.YaNlar o’tkazilanligini
tasdiqlovchi xujjatlar tegishli fan kafedrasida saqlanadi.)
16
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
Do'stlaringiz bilan baham: