59
Bizga ma‘lumki xozirgi kunda polimer materiallar ishlab chiqarish
sanoatning turli soxalarida, xalq xo’jaligida va boshqa tarmoqlarda keng
qo’llanilmoqda. Lok bo’yoq materiallari shular qatoriga kirib ulardan turli xil
maqsadlarda foydalaniladi. Lok-bo’yoq materiallari qoplama xosil qilish
xususiyatiga ega bo’lib, ulardan turli xil metall, yog’och materiallar sirtlarini
qoplashda ularga himoyaviy va dekorativ xossa berish maqsadida ishlatiladi.
Lok-bo’yoq materiallari komponentlari sifatida korxonalarga keltiriladigan
dastlabki xom-ashyo, yarim tayyor va tayyor maxsulotlar bundan tashqari
korxonaning o’zida ishlab chiqariladigan maxsulotlarga polikandensatsion,
polimerizatsion, epoksid, kremniyorganik, alkid, fenol-farmaldegid va boshqa
smolalar eritmalari, asosida turli markalardagi loklar va ular asosida emallar,
gruntovkalar va shpatlevkalar ishlab chiqariladi. Sanoat tarmoqlarining
rivojlantirishda qoplama xosil qiladigan polimer materiallarining ahamiyati juda
katta. Bugungi kunda mubolag’asiz kimyo sanoatini mamlakatimiz iqtisodiyotini
rivojlantirishdagi axamiyati ortib bormoqda. Zamonaviy kimyo sanoatining
xarakterli alomatlaridan biri organik sintezning tez sur‘atlar bilan o’sishidir.
Kimyo sanoatining rivojlanishini muxim vazifalaridan biri sanoatning barcha
tarmoqlarida va turmushda zamonaviy kimyo yutuqlaridan to’la foydalanishdir,
yangi, mukammalroq va arzon ishlab chiqarish vositalari va xalq iste‘mol mollari
ishlab chiqarishdir. Iqtisodiyotni ximiyalashtirishning dolzarb muammolaridan biri
tabiiy va sintetik yuqori molekulyar birikmalarni ishlab chiqarish asosida qoplama
xosil qiluvchi kompozitsion materiallarni rivojlantirish masalasidir. Qoplama hosil
qiluvchi materiallarni (QHQM) insoniyat qadim zamonlardan beri ishlatib kelgan.
Oxirgi yillarda sintetik polimerlarni ishlab chiqarishni tezkorlik bilan rivojlanishi
QHQM yangi turlarini ishlab chiqarishga sabab bo’layapti.
Masalan: O’z ko’zingiz oldida avtomobil bo’yoqlari kundan kunga rang
barang bo’lib uni avtomobilga surish texnologiyasi xam arzon va zararsiz
bo’layapti. Yoki xar bir inson o’z yashayatgan uyida ta‘mirlash ishlarini olib
boradi. Buning uchun sanoat xalq uchun xilma xil QHQMlar taklif etadi va bu
materiallar ishlatish joyiga qarab turli xususiyatlarga ega. Bundan tashqari xozirgi
60
zamonda yuqori ekologik talablar mavjud bo’lgani uchun ekologik toza kukunli va
suvda eruvchi materiallarning ulushi ortmoqda. Lekin sifatli maxsulot olish uchun
xozirgacha eng keng ko’llaniladigan lok buyoq material xozirgacha alkid loklari
asosidagi emallardir.
Lok bo’uoq materiallarida sintetik plyonka hosil qiluvchi polimerlarni
qo’llash lok bo’yoq sanoatining xom ashyo bazasini kengaytirishga imkon berdi va
yangi zamonaviy lok bo’yoq materiallari yaratildi. Sintetik plyonka hosil qiluvchi
polimerlarni ishlatish natijasida zamonaviy texnik talablarga javob beradigan
yuqori dekorativ xossalarga ega termik va kimyoviy barqaror qoplamalarni olishga
erishildi. Loklar – qoplama hosil qiluvchi moddalarning (smola, selyuloza efirlari,
bitum, priparlangan o‘simlik moylari va yog‘ kislotalari) organik erituvchi yoki
suvdagi eritmasi bo‘lib, qotgandan (qurifandan) so‘ng qattiq bir jinsli va tiniq
(bitum lokidan tashqari) qoplama hosil qiladi. Loklardan gruntovka, shpatlyovka
va emal bo’yoqlari tayyorlanadi. Qoplama hosil qiluvchi moddalar tarkibiga ko‘ra
quyidagi guruxlarga bo’linadi:
- polikondensatsion smolalar (alkidlar, fenol, melamin, karbomid – farmaldegid,
epoksid poliuretan, kremniy organik smolalar);
- polimerizatsion smolalar (akrilatlar, vinil xlorid asosidagi, vinil atsetat asosidagi
smolalar);
- tabiiy smolalar (kanifol, asfaltit, bitum);
- selyuloza efirlari (selyuloza nitroatsetati va atsetobutirati);
- o‘simlik moylari ( quriydigan, yarim quriydigan va qurimaydigan)
PF-115 emaliga Respublikamizda xam boshqa chet davlatlarda xam extiyoj
katta. Qolaversa mazkur loyixani amalga oshirish Respublikamiz lok bo’yoq
maxsulotlari bozori kengayishi, bu o’z navbatida raqobat muhitini yuzaga kelishi
va axoli bandligi ta‘minlanishini oshirishga olib keladi. Shuning uchun men o’z
malakaviy bitiruv ishimda Orginal coloro mix MChJ da emal PF-115 ishlab
chiqarish loyihasini tadqiq qilish bo’limini loyixa qilib oldim.
Do'stlaringiz bilan baham: