Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

12-
 
MAVZU. RAQOBATNING BOZOR TAXMONLARI STRATEGIYASI 
Reja: 
1.
Faoliyatni iste’molchilarning alohida guruhiga ixtisoslashuvi. 
2.
Bozorni demografik va geografik segmentlash. 
3.
Faoliyatni tovarning alohida guruhiga ixtisoslashuvi. 
4.
Maqsadli bozor talablarini qondirish imkoniyatlari. 
5.
Bozor taxmonini tanlash. 
Tayanch so'z va iboralar: 
bozor taxmoni, xizmat qilish, yuqori samradorlik, qobiliyat, 
iste’molchilar, talab, xilma-xillik, bozor taxmonlarining barqarorligi. O ziga xos talab, bozor 
segmentlari, hajmi, bozorda bir turdagi tovarga bo’lgan talab segmenti, bozor taxmoniga erishish 
taktikasini 
tanlash. 
Tor 
darajadagi 
bozor 
taxmonlari, 
moslashish, 
milliy 
iqtisodiyot 
raqobatbardoshligining davlat tomonidan tartibga solinishi. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: 
dialogik shov-shuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, 
Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat 
Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, A8, A12. 
Tovarga narx bozor tomonidan o’rnatiladigan raqobatlashgan bozorda tovarni ishlab chiqaruvchilar bozor narxida 
(muvozanat narxida) sotadi, Shu bozor narxida iste’molchilar tovarni sotib oladi. 
Lekin, ayrim iste’molchilar uchun tovarning qiymati uning bozor narxidan ko’ra yuqoriroq. Shuning uchun ham u 
tovarni bozor narxidan yuqoriroq narxda ham sotib olishi mumkin. 
Iste’molchi ortiqchaligi - iste’molchi tomonidan tovarga to’lashi mumkin bo’lgan maksimal narx bilan tovarning 
haqiqiy narxi o’rtasidagi farqni bildiradi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, iste’molchining tovar uchun ber ishi mumkin bo’lgan 
maksimal narxdan tovarni sotib olishda to’lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga teng. 
Iste’molchi ortiqchaligi (qo’shimcha naf) alohida insonning qanchalik o’rtacha yaxshi yashayotganligini ko’rsatadi. 
Iste’molchining umumiy ortiqchaligi bu talab chizig’i bilan bozor narxi chizig’i o’rtasida joylashgan soha (1-rasmda 
shtrixlangan soha). 
1-rasm. Iste’molchi ortiqchaligi. 

145 


Iste’molchi ortiqchaligi barcha iste’molchilarning umumiy sof nafini o’lchashga yordam beradi va u yordamida biz 
bozorni davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi samaradorligini, iste’molchi ortiqchaligini umumiy natijasining o’zgar ishini 
o’lchash asosida aniqlashimiz mumkin. 
Misol. Faraz qilaylik bir dona apelbsinning bozor narxi 5 so’m deylik, lekin iste’molchi ushbu bir dona apelbsin uchun 
10 so’m ber ishga tayyor, ya’ni apelbsinning iste’molchi uchun qiymati 10 so’mga teng. 
Iste’molchi ushbu bir dona apelbsinni bozor narxida, ya’ni 5 so’mga oladi va u iqtisod qilgan 10-5=5 so’m iste’molchi 
ortiqchaligini bildiradi, iste’molchi qo’shimcha 5 so’mlik naf oladi (2-rasm). 
2-rasm. Umumiy iste’molchi ortiqchaligini grafikda aniqlash. 
Iste’molchi ikkinchi apelsinni ham sotib oladi, nima uchun deganda, u ikkinchi apelbsin uchun berishi mumkin 
bo’lgan maksimal narx 9 so’m, iste’molchi ortiqchaligi 4 so’mga teng. Xuddi Shunday davom etsak 4-apelbsin uchun 
iste’molchi ortiqchaligi 1 so’mga teng, beshinchi apelbsinni sotib olishga iste’molchi befarq qaraydi, nima uchun deganda u 
iste’molchining umumiy ortiqchaligini oshirmaydi. 
Shunday qilib, iste’molchining iste’molchi oriqchaligi 5=4=3=2=1=15 so’mga teng. Iste’molchining sarfi 25 ga teng. 
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi ishlab chiqaruvchi tomonidan olingan umumiy manfaatni bildiradi. 
Bir xil ishlab chiqaruvchilar uchun bir birlik mahsulot xarajatlari bozor narxiga teng bo’lsa, boshqa ishlab chiqaruvchi 
uchun ushbu xarajatlar bozor narxidan kichikdir. Demak, ishlab chiqaruvchilar ushbu tovarni sotishdan foyda, ya’ni ortiqcha 
manfaat oladilar. Har bir tovar uchun ushbu ortiqcha manfaat tovarning bozor narxi bilan uni ishlab chiqarishdagi chekli 
xarajati o’rtasidagi farqga teng bo’lib, uni ishlab chiqaruvchi oladi. 
Bu farq bir birlik mahsulotdan oladigan foyda bilan ishlab chiqarishdagi har qanday rentani qo’shilganiga teng. 
Umuman ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi bu barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan olinadigan foydalarning umumiy 
yig’indisidir. 
146 


Bozor uchun umumiy ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi taklif chizig’idan tortib to bozor narxi chizig’igacha bo’lgan 
oraliqdagi yuzaga teng (3-rasm). 
3-rasm. Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri. 
Rasmdagi shtirxlangan uchburchak iste’molchi ortiqchaligini ifodalaydi. Iste’molchi ortiqchaligi ishlab 
chiqaruvchilarning umumiy sof foydasini o’lchashga yordam berishini e’tiborga olsak, biz bu ko’satkich yordamida davlatning 
bozorga aralashuvidan olinadigan qo’shimcha foyda yoki zararni iste’molchi ortiqchaligining natijaviy o’zgarishni o’lchash 
yordamida aniqlashimiz mumkin. 
Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi yordamida davlatning iqtisodiy siyosatini baholash mumkin. Biz oldingi 
boblarning birida narxlarni davlat tomonidan nazorat qilinishi, ya’ni davlat tomonidan o’rnatiladigan maksimal va minimal 
narxlar va bu siyosatning iqtisodiy oqibatlari to’g’risida gapirgan edik. 
Faraz qilaylik, tovarga davlat tomonidan maksimal narx 
P *
o’rnatildi deylik, ya’ni 
P* < p
(
P
e
muozanat narx) (4-
rasm). 

4-
rasm. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste’molchi va ishlab 
chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri. 
147 


Maksimal narx o’rnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini maksimal narxda qoplay olmagani uchun) 
bozordan siqib chiqariladi va ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi 
Q
dan 
Q
gacha kamayadi. Tovarni sotib 
olishni davom ettirayotgan iste’molchilar tovarni 
past narxda sotib oladilar va ularning iste’mol ortiqchaligi oshadi. Ushbu oshgan or tiqchalik grafikda qo’shshtrixlangan 
A
to’rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste’molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning 
iste’mol ortiqchaligining qisqarganligi shtrixlangan 
V
uchburchak yuziga teng. Demak, iste’molchi ortiqchaligining sof 
o’zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin. 
Ажт. = 
A—B

(1) 
bu yerda, Аист. - iste’molchi ortiqchaligining sof o’zgarishi. 
Rasmdan ko’rinib turibdiki, 
A > B
bo’lgani uchun sof iste’molchi ortiqchaligi musbat Аист. > 0. 
Endi ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini qaraymiz. Bozorda qolib ishlab chiqarishni davom ettirayotgan ishlab 
chiqaruvchilar bozor narxidan past narxda 
Q
hajmda mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko’rsatilgan 
A
to’rtburchak yuziga teng bo’lgan iste’molchi ortiqchaligini yo’qotadilar. 
Bozordan siqib chiqarilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo’qotilgan ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi esa 
S
uchburchak yuzi bilan ifodalangan. Demak, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining umumiy o’zgarishi teng: 
Аи/ч = —A — 
C

(2) 
bu yerda, Ai/ch - ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining sof o’zgar ishi. 
Maksimal narx o’rnatilganda asosiy yo’qotishlar ishlab chiqaruvchilar zimmasiga to’g’ri 
keladi. 
Rasmdan ko’rinib turibdiki, narxni nazorat qilish umumiy yalpi ortiqchalikning ma’lum qismini yo’qotishga olib keladi 
va ushbu yo’qotishga to’liq yo’qotish deyiladi. 
Ortiqchaliklarning umumiy o’zgarishini aniqlash uchun biz iste’mochi ortiqchaligi o’zgarishi Aist. va ishlab chiqaruvchi 
ortiqchaligi o’zgarishi Ai/ch ni qo’shamiz. 
A = Аист. + Аи/ч = 
A — B + (—A — C
) = 
A — B — A — C = — B — C.
(3)
 
Shunday qilib, biz 
V
va 
S
uchburchaklarning yuziga teng bo’lgan to’liq yo’qotishni olamiz. Bu to’liq yo’qotish 
narxlarni nazorat qilish bilan bog’liq davlatning iqtisodiy siyosatining samarasiz ekanligini ko’rsatadi. Bu yerda ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan yo’qotilgan ortiqchalikning iste’molchilar yutib olgan ortiqchalikdan katta ekanligini ko’r ish 
mumkin. 
Agar talab chizig’i juda ham elastik bo’lmaganda narxlarni nazorat qilish ham juda katta yo’qotishga olib kelishi 
mumkin (5-rasm). 
Rasmdan ko’rinib turibdiki, V uchburchak yuzi bozordan siqib chiqarilgan iste’molchilarning yo’qotishlari bo’lib, bu 
bozorda qolib tovarni sotib olish huquqiga ega bo’lgan iste’molchilarning yutug’ini ifodalovchi A to’rtburchak yuzasidan katta. 
Bu yerda bozordan siqib chiqarilgan iste’molchilar katta yo’qotishga ega. 



Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish