Ushbu qonunchilikka asosat respublikada tabiiy monopoliyalarga qo’yidagilar
kiradi: neft, gaz, ko’mir qazib chiqarish, elektr
va issiqlik energiyasini, gazni ishlab
chiqarish va uzatish, hamma uchun qulay bo’lgan elektr va pochta aloqasi, suv
quvurlari va kanalizatsiya, aeroportlar, temir yo’lda yuk tashish xizmatlari kiradi. Ular
faoliyatining tabiiy, texnologik va iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda ularda
monopolizm elementlarining mavjudligi muqarrardir. Ushbu tamoqlar guruhlari
bo’yicha 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan va 1999 yil 19 avgustda yangi tahriri ishlab
chiqilgan O'zbekiston Respublikasining «Tabiiy monopoliyalar to’g’risida»gi
qonun
asosida davlat tomonidan maxsus tarzda tartibga solish amalga oshiriladi.
2003 yilning 1 yanvar holatiga tabiiy monopoliya sub’ektlari Davlat reestrlariga
278 ta korxonalar 661 ta mahsulotlar va 16 ta xizmat turlari bo’yicha hisobga olingan.
Shuni ta’kidlash joizki, gaz ishlab chiqarish, elektroenergetika, temir yo’l
transporti va aloqa kabi tarmoqlarda amalaga oshirilayotgan faoliyatning faqat ma’lum
bir qismlari haqiqatda tabiiy monopoliya sub’ektlariga kiradi va davlat tomonidan
tartibga solinishi kerak. Faoliyat yuritishning boshqa turlari esa raqobat sharoitlarida
ham samarali harakatlanish mumkin.
Shu munosabat bilan, tabiiy monopoliya sub’ektlari
sohasida olib borilayotgan
islohotlar ularni bozor sharoitlariga keltirish va tegishli bozorlarda raqobatni
rivojlantirish uchun qulayliklarni yaratish kabi masalalarni yechadi.
Shunday ekan, monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasi doimiy ravishda
monopolizmga barham berish, sog’lom raqobatning qonuniy va me’yoriy-huquqiy
bazasini quyidagi yo’nalishlarda takomillashtirib borish zarur:
-
monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida progressiv xalqaro tajribalarni
joriy etish;
-
raqobat muhiti shakillangandan keyin uni himoya qilishga o’tish;
-
boshqaruv organlari tomonidan raqobatga qarshi harakatlarni amalag
oshirmaslik yuzasidan doimiy nazorat darajasini kuchaytirish;
-
moliya bozorlari sub’ektlarining raqobatini cheklashi mumkin | bo’lgan turli xil
harakatlari ustidan nazoratni o’rnatish bo’yicha qonuniy ! chora-tadbirlarni ko’rish;
-
monopolist-korxonalar tomonidan belgilanadigan narxlarni deklaratsiya qilish
usulida ularni kuzatish usuliga o’tish va boshqalar.
O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga
qarshi siyosatning
muhim yo’nalishlaridan biri - bu monopolist-korxonalarning tovar bozoridagi egallab
turgan ustunlik mavqeini suiste’mol qilishning shdini olish va unga yo’l qo’ymaslik
bo’yicha nazorat olib borishdan (boratdir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan o’z ustunlik mavqeidan foydalanib, har
xil qonun buzilish holatlariga yo’l qo’ymaslik maqsadida monopolist - korxonalar
Davlat reestri yuritiladi. Ushbu reestrlar ma’lum bir tovar bozorida 65 foizdan ortiq
ulushga ega bo’lgan korxonalar kiritiladi. Reestrga olingan xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar o’z mahsulotlarining narx (tarif) lari yoki rentabellik darajalarini Moliya
vazirligida yoki joylardagi moliya organlarida deklaratsiyadan o’tkazishlari shart.
Bugungi kunda bozor munosabatlarining rivojlanishi, kichik va o’rta
tadbirkorlik
korxonalari hamda chet el investitsiyalarining kirib kelishi natijasida barpo
59
etilayotgan korxonalar salmog’ining oshishi va boshqa omillar ta’sirida ko’pgina
monopolist korxonalarning tovar bozorlaridagi ulushining kamayishi munosabati bilan
Davlat reestridan chiqarilmoqda.
Qo’mita tomonidan deklaratsiya qilingan narxlarning asossiz oshirilishiga yo’l
qo’ymaslik, iste’molchilarga mahsulot yetkazib ber ishda turli xil noqonuniy shartlarni,
Shuningdek bozorga kirish uchun to’siqlar qo’yish kabi holatlarga yo’l qo’ymaslik
yuzasidan nazorat amalga oshiriladi. Masalan, 2002 yilda 906 ta korxona va
tashkilotlarda tekshirishlar o’tkazilib, ulardan 643 (70,9 foiz) tasida turli xildagi
qonunbuzilish holatlari aniqlanib, noqonuniy olingan mablag’lar (jarimasi bilan)
5167,2 min. so’m tashkil etdi. Ushbu summaning 585,2 min. so’mi qishloq xo’jalik
korxonalariga qaytarildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1997 yil 31 martdagi 165-sonli «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash
va raqobat to’g’risida»gi O’zbekiston
Respublikasi qonunini amalaga oshirish chora-tadbirlari
haqidagi qarori bilan
tasdiqlangan «Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qo’llanishini nazorat qilish
tartibi»ga 2002 yilning
iyunb oyida kiritilgan o’zgartir ish va
qo’shimchalar natijasida, qishloq xo’jaligi korxonalariga sotilgan mahsulot va
ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha narx sohasida hisob -kitoblar tartibi buzilishi oqibatida
olingan ortiqcha mablag’lar endi ularning o’zlariga qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: