Boshqaruvga oid qarashlar rivojlanishining to‘liq xronologiyasi va boshqaruv faoliyatini tizimlashtirilgan ko‘rinishlari B.Karlof tomonidan quyidagicha(1-жадвал)
Boshqaruvga oid qarashlar rivojlanishining to‘liq xronologiyasi va boshqaruv faoliyatini tizimlashtirilgan ko‘rinishlari B.Karlof tomonidan quyidagicha(1-жадвал).
Yillar
Shaxs yoki etnik
guruh
Menejmentning rivojlanishidagi asosiy hissasi
1
2
3
Eramizdan oldin
5000
Shumerlar
Yozuv vujudga keldi, ma’lumotlar qayd qilina boshlandi
4000
Misrliklar
Rejalashtirish, tashkillashtirish va nazorat qilish zarurligi asoslandi
2600
Misrliklar
Boshqaruvni tashkil etishdagi nomarkazlashtirish tamoyiliga
amal qilish asoslandi
400
Ksenofont
Menejmentning alohida san’at turi sifatida tan olinishi
175
Katon
Ishlarni yozib borilishidan foydalanish
Eramizda
20
Iisus Xristos (Iso
payg‘ambar)
Yagona boshlanish. Oltin qoida. Insoniy munosabatlar
1100
Gazali (Imom
G‘azzoli)
Menejerga qo‘yiladigan talablar
1835
Marshall, Logman
Menejmentning tan olinishi va
muhokama qilinishi
nisbatan muhimligining
1881
Jozef Varton
Kollejlar uchun tadbirkorlik menejmenti kursining ishlab
chiqilishi
1900
F.U.Teylor
Ilmiy Menejment, tizimli yondashuv, kadrlar Menejmenti, mehnat va Menejment o‘rtasida kooperatsiyaning zarurligi, funksional tashkilot, baholash
1916
G.Fayol
A.G.Chern
Menejmentning dastlabki to‘liq nazariyasi shakllandi, uning funksiyalari, tamoyillari, Menejmentning o‘qitilishini zarurligini tan olinishi Menejmentning funksional konsepsiyasi
1919
Morris Kuk
Menejmentdan turli sohalarda ochildi
foydalanish imkoniyati
1927
Elton Meyo
Guruhli intilishlarning sotsiologik konsepsiyasi
1943
Lindell Urvik
Menejment tamoyillarining yagona korelyatsiyasi ishlab chiqilishi
1949
Norbert Viner
Informatsiyalar nazariyasida tizimli tahlilning ishlab chiqilishi
1976
Romari Styuart
Har xil vaziyatlarda Menejer
faoliyatini cheklash va
alternativ usullar
1985
Tom Peters
Iste’molchilarga odamlar singari, tashkilot personaliga esa biznes rivojlanishining muhim resursi kabi munosabatda
bo‘lish
Teylor birinchi bo‘lib, har qanday ixtiyoriy olingan xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruvni samarali tashkil qilish uchun quyidagi 4 ta mezon bajarilishi lozimligini ilmiy jihatdan asoslagan:
T.r.
Mezon
Mohiyati
1.
Ilmiy asos
Eski, an’anaviy ish yuritish usullarining o‘rnini
almashtiruvchi ilmiy fundament yaratish, uning har bir elementini ilmiy tadqiq qilish.
2.
Tanlash
Ishchilarni ilmiy jihatdan asoslangan mezonlar, mashg‘ulotlar va o‘qishlar asosida tanlab olish.
3.
Hamkorlik
Mehnatni tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy ishlar tizimini amaliyotga joriy qilishda ma’muriyat va ishchilar o‘rtasidagi hamkorlik.
4.
Javobgarlik
Ma’muriyat va ishchilar o‘rtasida mehnatni teng
taqsimlanishi va javobgarlik.
2.Boshqaruvning mohiyati, tamoyillari va maqsadlari.
Boshqaruv fani dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida bugungi kungacha rivojlanib, mohiyati yanada oydinlashib o‘z tamoyillarga ega bo‘lib bormoqda. Ana shu masalalarda bir qator maktab vakillari va ularning qarashlari mavjud bo‘lib, boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish uchun ularni o‘rganish va mohiyatiga to‘g‘ri baho berish muhim deb hisoblaymiz. Shunday qarashlarga ega bo‘lgan bir maktab vakillari - Emersonning o‘n ikki tamoyili nomi bilan tanilgan.
Boshqaruvni takomillashtirish borasida olib borilgan Emerson ishlarining asosiy yo‘nalishlari ishchilarni emas, balki boshqaruvchilarning mehnat samaradorligini oshirishga qaratilgan. Tabiiy boyliklar talon-taroj qilinishi, ulardan noaqilona foyldalanish va inson imkoniyatlari boy beriladigan sabablarning asosi - noto‘g‘ri tashkilotchilikda deb ta’kidlagan1.