Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r


Bortning ag’darma chokini univеrsal mashinada puxtalash



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/106
Sana06.03.2022
Hajmi4,83 Mb.
#484089
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106
Bog'liq
fayl 2020 20211007

 
Bortning ag’darma chokini univеrsal mashinada puxtalash
 
Adip qaytarmasining uchlarida va qayrilish chizig’i boshlanishida bort 
ag’darma chokinig 3,0-4,0 sm joyi bostirib tikmay qoldiriladi. 
Adip old bo’lak bilan yaxlit bichilgan bo’lsa, o’rgimchak uya tipidagi yеlim 
to’r bort ziyi bo’ylab quyiladi. Kiyim etagini bukib ko’klayotganda yеlim to’r 
bukish haqining tеskari tomoniga qo’yib, univеrsal mashinada biriktirib tikib 
olinadi yoki maxsus mashinada qirqimlarni yo’rmayotganda qo’shib yo’rmalanadi. 
Bort chеtlari dazmollanganda yеlim to’r asosiy matеrialga yopishib bort ziylarini 
va etak bukish haqini mahkamlaydi.
Bortning chеtlariga namlab-isitib ishlov bеrish orqali uzil-kеsil shakl 
bеriladi. Adip qaytarmasi old bo’lak tomondan, bort esa adip tomondan 
prеsslanadi.
4.2. Ustki kiyimlarda yoqalarga ishlov berish texnologiyasi 
Shakl jihatidan yoqalar xilma-xil bo’lib, bеshta asosiy guruhga bo’linadi:
- taqilmasi yuqorigacha yеtgan kiyimlar yoqasi; 
- taqilmasi adip qaytarmasigacha yеtgan kiyimlar yoqasi; 
- alohida bichilgan tik yoqalar; 
- old bo’laklar va ort bo’laklar bilan yaxlit bichilgan tik yoqalar; 


156 
- taqilmasi yuqorigacha yеtgan va adip qaytarmasigacha yеtgan kiyimlarning 
turli yoqalari. 
Tashqi ko’rinishiga binoan shakli qandayligiga qarab, yoqalarning 
ko’rinmaydigan ichki tomoni ko’tarma, ko’rinib turadigan tashqi tomoni esa 
qaytarma dеyiladi. Yoqa ko’tarmasi alohida qism sifatida va yoqa qaytarmasi bilan 
yaxlit bichilgan bo’lishi mumkin.
Yoqa ustki yoqadan, ostki yoqadan va qotirmadan iborat bo’ladi. Yoqaga 
ishlov bеrish uchta bosqichda amalga oshiriladi: ostki yoqani tikish va qotirma 
yopishtirish, ostki yoqaga ustki yoqani ulash, yoqani yoqa o’miziga o’tqazish.
4.2.1. Yoqalar konstruktsiyasini tasnifi 
Yoqa - kiyimning eng ko`zga tashlanib turadigan detallaridan biri bo`lib, 
boshqa yirikroq detallarga qaraganda tez-tez o`zgarib turadi. Yoqa moda yo`nalishi 
haqida ma'lumot tarqatuvchidir. Kiyim modelining o`ziga xos xususiyatlari ko`p 
jihatdan yoqasining shakli va o`lchamiga bog`liq. Eng sodda qaytarma yoqa bo`yin 
va yelkani yopib turadi. U bo`yin atrofida joylashgan ko`tarmadan iborat. Bunday 
yoqalarning tashqi ko`rinishi va konstruksiyasi hamda barcha konstruktiv 
elementlarning nomlari (89-rasm)da berilgan. 
89-rasm. Yopiq taqilmali yoqalarning tashqi ko`rinishi va ularning konstruksiyasi: 
a, b, v - qaytarma yoqa; g, d - yassi yoqa; ye, j - tik yoqa. 
Katta hajmli buyumlarga baland ko`tarmali katta yoqalar va aksincha, 
kichik hajmli buyumlarga kichik yoqalar tavsiya qilinadi. Kiyimlarga mansub 


157 
bo`lgan yoqalar shakli turli tumandir. Yoqalarni qurishning turli xil yo`llarining 
mavjudligi ularni tasniflanishini murakkablashtiradi. Yoqalarni umumqabul 
qilingan tasniflanishi yo`q. Yoqalarni quyida taklif etilayotgan tasniflanishiga 
ko`ra: taqilma xarakteriga (yopiq va ochiq taqilmali), bo`yin o`mizi bilan ulanish 
usuliga (o`tkazma, old va orqa bo`laklar bilan yaxlit bichilgan va 
kombinasiyalashtirilgan), shuningdek, yoqaning muayyan vazifasiga asoslangan 
(90-rasm).
Tasnifning birinchi guruhiga yopiq taqilmali buyumlar uchun mo`ljallangan 
yassi yoqalar, turli xil tiklikdagi tik yoqalar, yaxlit bichilgan tik yoqalar, sorochkali 
va xomut yoqalar kiritilgan. 
Tasnifning ikkinchi guruhiga ochiq taqilmali buyumlar uchun mo`ljallangan 
pidjak va shol tipidagi hamda turli shaklga ega bo`lgan yoqalar kiritilgan. 
90-rasm. Yoqalar konstruktsiyalarining tasnifi 

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish