2.Fikrlashning teskari zanjri
Faraz kilaylik, avtomobil yurmay koldi. Muammo nimada- yo akkumulyator
o‘tirib kolgan, yo startyor nosoz? Muammoni boshka umumiyrok xolda karab
chikamiz: ma’lum sababga ko‘ra (avtomobil o‘rnidan ko‘zg‘almay koldi) sharoitni
aniklab olishimiz kerak, muammoga sabab nima? U oldingi bo‘limdagi vazifadan
shunisi bilan fark kiladiki, u yerda shartlar oldindan ma’lum edi, lekin natijalari
noma’lum edi. Vazifaning yechimini oldindan aytish mumkin edi.Bu yerda xam
yechim ma’lum va uning sababini toppish kerak.
FTZprinsipi bo‘yicha ishlovchi dasturiy vositalar oldindan ma’lum bo‘lgan
natijalarni kidirish uchun mo‘ljallangan. Ma’lum shartga asoslangan,to‘g‘ri fikr
zanjirini amalga oshiruvchi tizim mumkin mantikiy natijalarni amalga oshiradi;
teskari fikrlash zanjirini amalga oshiruvchi tizim esa,ma’lum natijalar bo‘yicha ular
uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni kidiradi.
Xammasidan oldin karor kabul uchun vazifani ekspert tizimini ishlab
chikadigan kilib ko‘yamiz. Mos keluvchi vazifa karor kabul kilishda
FTZ(fikrlashning teskari zanjri) dan foydalanilishi mumkin, yoki vazifa boshkacha
bo‘lishi mumkin,ya’ni boshka vaziyatdan kelib chikkan xolda: ishga kirishni
xoxlagan odam katta firma direktori oldiga keldi. Direktor firmadagi umumiy axvol
va mutaxassislarga firmaning talabi xakida, uning tanlovi xakidagi ma’lumotlar
bilan tanishtiradi. Ishga kelayotgan odamning firmada kanday ish bilan
shug‘ullanishini xal etish direktor uchun muxim xisoblanadi.
Shu boisdan vazifada bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir kancha variantlardan birini
tanlash kerak, uning yechimi uchun FTZdan foydalanish mumkin. Xakikatda javob
allakachon mavjud. Ish so‘rab kelgan odam diretstor oldida o‘tirib bor kuchi bilan
unda yaxshi taassurot koldirishga xarakat kiladi. Agar bu odam direktorga mak’ul
kelsa, unga mos keluvchi lavozimni tanlashi kerak. Direktor o‘sha odamga, to‘g‘ri
tanlovni amalga oshirish imkonini beruvchi javob ol adigan savollar berishi zarur.
Demak, vazifa ko‘yildi. Endi uni ko‘rgazmali tarzda takdim etish lozim.
O‘xshash vazifalarni tasvirlash uchun odatda yechimlar daraxti deb nomlanuvchi
diagrammalardan foydalaniladi. Yechimlar daraxti zaruriy aniklik beradi va fikrlash
yo‘nalishini kuzatishga imkon beradi.
1-rasmda ishga kabul kilish misoli uchun yechimlar daraxti keltirilgan.
Ko‘rinib turibdiki,diagramma cho‘kki(vershina) deb nomlanuvchi aylana va
to‘g‘riburchaklardan tashkil topgan.Xar bir cho‘kki o‘zining no meriga
ega.Cho‘kkilarni birlashtiruvchi liniyalar duga va shoxlar deb ataladi. Savollardan
iborat aylanalar yechimlar cho‘kkisi deb nomlanadi. To‘g‘ri burchaklar butun
diagrammalardan iborat va mantikiy yechimlarni anglatadi. Liniyalar diagrammalr
yo‘nalishini ko‘rsatadi. Ko‘pchilik cho‘kkilar ularni boshka cho‘kkilar bilan
bog‘lovchi bir nechta shoxlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |