5
I. NAZARIY MASHG‟ULOTLAR MAZMUNI
“Transport vositalarini elektr jixozlari va elektron tizimlari” fanidan ma‟ruza
mashg‟ulotlari
1.
“Transport vositalarini elektr jixozlari va elektron tizimlari” fanining
dolzarbligi va ahamiyati.
Transport vositalarini elektr jixozlari va elektron tizimlari fanini o‟qitishda bakalavr
faoliyatining asosiy maqsadi avtomobilni elektr jihozlarini muntazam ravishda o‟rganish,
qulay va samarali bo‟lishini ta‟minlash hamda tashkiliy tadbirlarni tuza bilish va ularni
amalga oshirishdan iboratdir.
Transport vositalarini elektr jixozlari va elektron tizimlari fanini o‟qitish jarayonida
talabalarga Avtomobilning elektr jihozlarini (tuzilishi, turlari, ishlashi) sifatida avtomobilni
elektr jihozlarini ish faoliyat ko‟rsatishlari uchun zarur nazariy bilimlar hamda amaliy
ko‟nikmalar o‟rgatiladi.
Ushbu fanni o‟rganayotgan talabalar quyidagi fanlarni chuqur o‟zlashtirgan
bo‟lishlari kerak: «Oliy matematika», «Fizika», «Kimyo» «Informatika», «CHizma
geometriya», «Nazariy mexanika», «Materiallar qarshiligi», «Transport vositalarining
tuzilishi», «Elektr texnikasi va elektronika», «Issiqlik texnikasi», «Ichki yonuv
dvigatellari» «Avtomobilni boshqarish» va h.k.
Transport vositalarini elektr jixozlari va elektron tizimlari fanini o‟qitish jarayonida
kompyuter
va
zamonaviy
elektron
o‟quv texnologiyalarini qo‟llash, amaliy
mashg‟ulotlarda talabalar ko‟cha yo‟l sharoitlarida yo‟l harakati qoidalarining bandlari
bo‟yicha berilgan masalalarni yecha olishga o‟rganadilar.
«Transport vositalarini elektr jixozlari va elektron tizimlari» fani
hisoblanib, 6-
semestrda o‟qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‟quv rejasida rejalashtirilgan matematik va
tabiiy (oliy matematika, fizika, kimyo, nazariy mexanika), umumkasbiy (mashina detallari;
mashina va mexanizmlar nazariyasi; metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash;
gidravlika va gidromashinalar; elektr yuritma, elektr mashinalar va h.k.) fanlaridan yetarli
bilim va ko‟nikmalarga ega bo‟lishlik talab etiladi.
Transport vositalarini elektr jixozlari va elektron tizimlari fanini o‟zlashtirish uchun
o‟qitishning ilg‟or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik
texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‟zlashtirishda darslik,
o‟quv va uslubiy qo‟llanmalar, ma‟ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar
hamda real holatdagi transportlarining elektr jihozlarini video yozuvlari va foliyalardan
foydalaniladi.
Davlat ta‟lim standartida bakalavrning tayyorgarlik darajasiga quyidagi talablar
qo‟yilgan.
Bakalavr:
- dunyoqarash tavsifidagi bilimlar tizimini egallagan bo‟lishi; gumanitar va ijtimoiy-
iqtisodiy fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy
muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‟lishi;
- Vatan tarixini bilishi; milliy va umuminsoniy qadriyatlar bo‟yicha o‟z nuqtai
nazarini bayon etishi va ilmiy asoslay olishi, milliy g‟oya asosida faol hayotiy o‟rinni
egallashi;
- tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar va hodisalar haqida yaxlit
tasavvurga ega bo‟lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqida bilimlarga ega bo‟lishi,
ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana olishi;
6
- insonlar orasidagi jamiyatga, atrof-muhitga bo‟lgan munosabatini tartibga soluvchi
huquqiy va axloqiy me‟yorlarni kasbiy faoliyatda hisobga ola bilishi;
- axborotni to‟plash, tahlil qilish, saqlash, ularga ishlov berish va unumli
foydalanish metodlarini egallash; o‟zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil fikrlash va
kerakli qarorlar qabul qila olishi;
-
bakalavriatning
mos
yo‟nalishi bo‟yicha raqobatbardosh umumkasbiy
tayyorgarlikka ega bo‟lishi;
- yangi bilimlarni mustaqil o‟zlashtira olishi, o‟zini takomillashtirish va o‟z
mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilishi;
- sog‟lom turmush tarzini shakllantirish, jismonan baquvvat va sport bilan
shug‟ullanib borish zarurati haqida ilmiy tasavvurga va e‟tiqodga ega bo‟lishi;
- kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida qo‟shimcha kasbiy ta‟lim
olishi kerak.
Transport vositalarini elektr va elektron jihozlari fani o‟qituvchisi doimo o‟z
pedagogik mahoratini oshirib, uni san‟at darajasiga yetkazib borishi kerak. O‟z fikrini
tushunarli, ko‟rgazmali ifodalay bilishi, jahon va mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi voqealarga o‟z munosabatini bildirishi, ta‟lim berishga ijodiy yondoshuvni
rivojlantirib borishi kerak.
O‟qituvchining ijodiy yondoshuvi talaba tomonidan yo‟l harakati qoidalari va
xavfsiz harakatlanish asoslarini o‟rganishga ijodiy yondoshuvining bevosita shartidir.
Odatdagi ma‟ruza darslarining an‟anaviy tarzda, ilg‟or pedagogik usullarsiz olib
borilishi talabadan faollik talab qilmaydi. Darsni o‟zlashtirish ham osonday tuyuladi, fanga
nisbatan qiziqish uyg‟onmaydi. Muammoli holatlarning yaratilishi, aniq misollar
yordamida masalalarning yechilishi, talabani fanga qiziqtirish, uning faolligini oshirib,
kengroq fikrlashga, maqsadga qarab intilishga, kerakli bilim va ko‟nikmalar hosil qilishga
yordam beradi.
Respublikamizda yetakchi olimlar tomonidan bu sohada munosib ishlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, Toshkent avtomobil-yo‟llar institutida chop etilayotgan yangi
darsliklar, o‟quv qo‟llanmalar talaba va o‟qituvchilarning bu boradagi ehtiyojlariga
qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: