52
II Bob. Dvigatellarni ishga tushirish tizimi.
2.1. Dvigatellarni ishga tushirish tizimining vazifasi va komponovka sxemalari.
Hozirgi zamonaviy avtomobillarda, dvigatelni starter yordamida elektr usuli
bilan yurgizib yudorish keng qo‟llaniladi. Starter sifatida o‟zgarmas tok elektro
dvigateli qo‟llaniladi. Ichki yonuv dvigatelni yurgizib yuborish uchun uning tirsakli
valiga kerakli aylanishlar soni berish lozim. Buning uchun ishqalanish kuchi va
kompressiya natijasida valning aylanishiga bo‟ladigan qarshilikni yengish talab
etiladi. Qarshilik momenti dvigatel litrajiga, tsilindrlar soniga, siqish darajasiga,
moyning qovushqoqligiga va aylanishlar soniga bog‟liq.
Elektr dvigatel yakori valida aylantiruvchi moment dvigatel avlining
aylanishiga ko‟rsatgan qarshilik momentidan kichik bo‟lganni uchun aylanishlar
sonini kamaytiruvchi tishli uzatmali yuritma mexanizmi ishlatiladi. Maxovikning
tishli gardishidagi tishlar soni starter yakori validagi shesternya tishlaridan ko‟p
bo‟ladi. Masalan, yuk avtomobili dvigateli maxovigining gardishida 140ta, starter
yakori validagi shesternyasi esa 9ta tish bor.
Avtomobil dvigatelarining ishga tushirish tizimi dvigatel tirsakli valini
majburiy ravishda aylantirishni ta‟minlovchi moslamalar majmuyasidan iborat. Iiki
yonuv dvigatellarini ishga tushurish uchun mexanik starterli, benzin dvigatelli,
pnevmatik, gidropenvmatik va elektrostrterli tizimlar qo‟llaniladi. Avtomobillarda
boshqa usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‟lgan, elektrostarterli ishga
tushirish tizimi tadbiq etilgan. Bu tizim ixcham, ishlatishdagi ishonchlilik darajasi
yetarli darajada yuqori va murakkab bo‟lmagan elektrotexnik va elektron
moslamalar yordamida dvigatelni ishga tushirish jarayonini avtomotlashtirish
imkoniyati bor.
Avtomobil elektrostarterlarining uyg‟otish va boshqarish usulini, yuritma
mexanizmining turi hamda atrof muhit ta‟siridan himoya qilinganlik darajasi
bo‟yicha tasniflash mumkin. Starterlarda uyg‟otish uslubiga qarab kema-ket va
aralash uyg‟otish tizimli elektrodvigatellar qo‟llaniladi. Dvigatelni ishga tushirishda
muxim axamiyatga ega bo‟lgan tortish xususiyatlari ustunligi tufayli ketam-ket
uyg‟otish tizimili elektrodvigatellar ancha keng tatbiq topgan. Starter
salt ishlaganda,
uning yakori aylanish chastotasini cheklash maqsadida, ba‟zan aralash uyg‟otish
tizimli elektrodvigatellar ham ishlatiladi (masalan st 221,26.3708 belgili
startyorlarda). Ohirgi vaqtda ba‟zi starterlarda doimiy magnit yordamida
uyg‟otiladigan elektrodvigatellar ham ishlatilmoqda. Bularni tuzilishi sodda,
uyg‟otish chulg‟ami bo‟lmaganligi tufayli elektroenergiyani nisbatan kam iste‟mol
qiladi. Ammo, bu elektrodvigatellar va IYoDlarning mexanik tavsifnomalari bir-
biriga yaxshi mos tushmaydi. SHu sababli, doimiy magnitli elektrodvigatellar kam
quvvatli startyorlarda qo‟llaniladi.
Barcha turdagi starterlarning elektrodvigatellari deyarli bir hil tuzilgan bo‟lsa,
ulardagi yuritma mexanizmlari tuzilishi va io‟lashi bo‟yicha bir-biridan ko‟p
jixatidan farq qilishi mumkin.
Yuritma mexanizmlarining turi va ishlash printsipi bo‟yicha quydagi guruhlarga
ajratish mumkin.
-
yuritma shesternyasining mexanik yoki elektromexanik usuludan majburiy
ravishda
xarakatlantirish;
53
-
shesternyani elektromexanik usulda majburiy ravishda maxovikning tishli
gardishiga ilashtirish va dvigatelь ishga tushgandan keyin shesternyani
avtomatik ravishda
ilashuvdan chiqarish;
-
shesternyani inertsiya kuchi ta‟sirida harakatlantirish;
- shesternyani elektromagnit kuchlar ta‟sirida, ya‟ni elektrodvigatelь yakorining
hrakatlanishi hisobiga ilashuvga kiritish.
Starterning vazifasi
-
dvigatel tirsakli valini har-hil ob-havo sharoitlarida
(sovuq va issiq) me‟yoriy burchak tezligi bilan (benzinli dvigatellarda 40
60
ayl
min, dizel dvigatellarida esa 80
100 ayl
min,) aylantirib, dvigatelni ishga
tushirishdan iborat.
Zamonaviy yengil avtomobillarida elektromagnit ulagichli hamda erkin
aylanish muftasiga ega bo‟lgan startyorlar ishlatiladi. Starterning asosiy qismlari
elektromagnit ulagich (tortish relesi), yuritma richagi, rotor, erkin aylanish
muftasining tishli g‟ildiragi, korpus, stator korpusi, cho‟tkalarning ushalagichi va
qopqoqdan tashkil topgan.
Elektr starter dvigatelni ishga tushirishda uning tirsakli valini burashga xizmat
qiladi. Starter ketma-ket yoki aralash uyg‟otishli o‟zgarmas tok dvigateli bo‟lib, u
o‟zgarmas tokni akkumulyator batareyasidan oladi.
Elektr starterlarga quyidagi talablar qo‟yiladi: tuzilishi oddiy bo‟lishi va
texnikaviy ko‟rsatish osonligi, gabarit o‟lchamlari kichikligi va massasining
yengilligi; tayyorlash arzonligi; ishlatishda ishonchliligi va uzoqqa chidamliligi;
solishtirma quvvatining kattaligi (ya‟ni quvvati 1 kg massaga to‟g‟ri keladi), benzinli
dvigatellar uchun 40 - 50 ayl
min va dizel dvigatellari uchun 80 - 120 ayl
minga teng
bo‟lgan ishga tushirish aylanish sonini ta‟minlovchi burovchi momentning katta
bo‟lishi; salt yurish rejimida starter vali aylanish sonining kichik bo‟lishi va
ta‟minlovchi tokning kam bo‟lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: