Namangan muhandislik-qurilish


Uyg‟otish chulg‟ami aylanadigan va elektromagnit yordamida uyg‟otiladigan



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/252
Sana24.01.2022
Hajmi7,74 Mb.
#408115
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   252
Bog'liq
elektir javoblari

Uyg‟otish chulg‟ami aylanadigan va elektromagnit yordamida uyg‟otiladigan 
o‟zgaruvchan tok generatorlari.
 
 
Bu  gruppadagi  generatorga  yuk  avtomobillariga  o‟rnatiladigan  G250-I1 
generatori (4.6-rasm). U startyor, rotor, ikkita qopqoq va to‟g‟rilash blokidan iborat. 
 
 
4.6-расм. Ўзгарувchан ток генератори 
 
Startyor  umumiy  paketga  parchinlar  bilan  biriktirilgan  0,5mm  qalinlikdagi 
elektrotexnikaviy  po‟lat  plastinalardan  yig‟ilgan.  Ichki  yuzasida  18  ta  qutb  bo‟lib, 
ularning har biriga beshta o‟ramdan iborat chulg‟am kiygizilgan. SHunday qilib, har 
bir fazada o‟zaro ketma-ket ulanadigan oltita g‟altak bor. Fazalarning oxiri chiqish 
qismlari bilan, boshi yulduz usulida ulangan. 
 
Uning  tuzilishi  rotor,  val,  yuritish  shkivi, uchlik,  vtulka,  uyg‟otish  chulg‟ami 
va  kontakt  mis  halqadan  iborat.  Uyg‟otish  chulg‟ami  vtulkaga  mahkamlanadi. 
CHulg‟am  chiqishlari  kontakt  halqalarga  qalaylangan.    Uchliklarda  qutbiyligi 
almashuvini  oltita  qutb  bo‟lib,  u  ikki  qismdan  iborat:  birinchi  qism  qutbi  ikkinchi 
qism qutbi orasidagi uyiqqa olib boradi. 
 
Kopqoqlarga zichlamasi bor sharikli podshipniklar o‟rnatilgan bo‟lib, ketingi 
qopqoqqa  ikkita  cho‟tka  tutqich  mahkamlangan:  bulardan  biri  massadan 
izolyatsiyalangan  musbat  cho‟tka  va  ikkinchisi  massadan  izolyatsiyalanmagan 
manfiy  cho‟tkadir.  Mis-grafitli  cho‟tkalar  kontakt  halqalarga  prujinalar  yordamida 
siqilgan. Musbat cho‟tka, cho‟tka tutkich qismasi SH bilan kanat vositasida ulangan. 
To‟g‟rilash  bloki  o‟zgaruvchan  tokni  o‟zgarmas  tokka  aylantirish  uchun  xizmat 
qiladi.  U  uch  sektsiyaga  yig‟ilgan  va  panelga  o‟rnatilgan  oltita  kremniyli  dioddan 
iborat.  Radiatorli  har  bir  sektsiya  issiqlik  eltish  qovurg‟ali  alyuminiy  tsilindrdan 
iborat.  TSilindr  ichiga  turli  o‟tkazuvchanlikka  ega  bo‟lgan  ikkitadan  diod 
joylashtirilgan. Radiatorlarda startyor chulg‟ami chiqishlari ulangan kontakt boltlar 
bor.  Ketingi  qopqoqqa  to‟g‟rilash  blokidan  tashqari  “

”  va  “-”  ishorali  qismlar, 
shuningdek  qisma  SH  o‟rnatilgan.  qisma  “

”  rele-rostlagichning  qismasi  V  bilan, 
qisma  “-”  generator  korpusi  bilan,  qisma  SH  rele-rostlagichning  bir  xil  ishorali 
qismasi bilan ulangan.  


 
40 
Generator  qismlarida  kuchlanish  13,2-15,2V  ga  yetganda  o‟zak  prujina 
kuchini  yengib,  yakorni  tortadi  va  rele  kontaktlari  ulanadi.  Bunda  tranzistor  bazasi 
to‟g‟rilagichning musbat qismasiga ulanadi, bu hol boshqarish tokining yo‟qolishi va 
tarnzistorning  berkilishiga  sabab  bo‟ladi.  Natijada  generatorning  uyg‟otish 
chulg‟amidan  o‟tuvchi  quyidagi  tok  zanjiri  hosil  bo‟ladi:  to‟g‟rilagich  va  rele-
rostlagich qismlari V (musbat chiqishlari) berkituvchi diod D
b
 tezlatuvchi rezistor R
t
 
-qo‟shimcha  rezistorlar  D
q
-himoya  relesining  ketma-ket  chulg‟ami  KCH  rele-
rostlagich  va  generator  qismlari  SH-generatorning  uyg‟otish  chulg‟ami  GUCH-
massa to‟g‟rilagichning manfiy qismasi.  
 
Zanjirga  qarshiliklar  ulash  natijasida  generatorning  uyg‟otish  chulg‟amidagi 
tok  kamayadi  va  generator  qismlardagi  kuchlanish  ham  kamayadi.  natijada  RN-
o‟zagining  magnitlanishi  susayadi,  kontaktlar  yakor  prujinasi  ta‟sirida  uzatiladi, 
tranzistor ochiladi va generator qismlaridagi kuchlanish yana ortadi. 
 
Himoya  relesi  rele-rostlagich  tranzistorini  qismlar  SH  ning  massa  bilan 
tasodifan  tutashishi  tufayli  hosil  bo‟ladigan  tokdan  saqlaydi.  Himoya  relesining 
o‟zagi uchta chulg‟amga ega: ketma-ket chulg‟am KCH, qaramaq-qarshi chulg‟am, 
qCH  va  tutib  turuvchi  chulg‟am  TCH.  Ketma-ket  chulg‟am  o‟zakni  magnitlashga 
xizmat  qiladi,  u  generatorning  uyg‟otish  chulg‟amiga  ketma-ket  ulangan.  qarama-
qarshi  chulg‟am  rele  o‟zagini  magnitsizlashga  xizmat  qiladi  va  shuning  uchun 
o‟ramlarining  yo‟nalishi  ketma-ket  chulg‟am  o‟ramlari  yo‟nalishiga  qarama-
qarshidir.  Uning  oxirgi  uchlaridan  biri  ketma-ket  chulg‟amga,  ikkinchisi  massaga 
ulangan, ya‟ni u chulg‟am GUCH ga parallel ulangan. Tutib turuvchi chulg‟am rele 
kontaktlarini  u  ishlayotganda  tutashgan  holatda  tutib  turishga  xizmat  qiladi. 
CHulg‟am  biri  massaga,  ikinchisi  rele  o‟zagiga  ulanadi,  ya‟ni  uning  o‟ramlarining 
yo‟nalishi  ketma-ket  chulg‟am  o‟ramlari  yo‟nalishi  bilan  bir  xil.  Bu  chulg‟am 
zanjiriga taqsimlash diodi D
t
 ulangan. 
 
Generator  normal  ishlayotganda  (ya‟ni  qismlar  SH  massaga  tutashmaganda) 
uyg‟otish  toki  ketma-ket  chulg‟amdan  ikki  qismga  bo‟linib  o‟tadi:  bir  qismi 
generatorning  uyg‟otish  chulg‟amidan,  ikkinchisi  esa  qarama-qarshi  chulg‟amdan 
oqib o‟tadi. SHu  toklar hosil qilgan bir-biriga qarama-qarshi bo‟lgan ikkita magnit 
oqimining o‟zaro ta‟siri natijasida rele o‟zagi magnitsizlanmaydi, uning kontaktlari 
ajraladi. Bunday hollarda tutib turuvchi chulg‟amda tok bo‟lmaydi, chunki zanjirda 
taqsimlash diodi D
t
 tok o‟tishga to‟sqinlik qiladigan holatda turibdi.  
 
Qismlar  SH  yoki  ularni  massaga  ulovchi  simlar  tasofidan  ulanib  qolsa, 
relening  ketma  -  ket  chulg‟amida  tok  keskin  oshadi.  Himoya  relesining  qarama  - 
qarshi chulg‟amida tok bu vaqtda nolgacha kamayadi, chunki chulg‟amining ikkala 
uchi  massaga  ulanganbo‟ladi.  So‟ngra  qarama  -  qarshi  chulg‟amda  magnit  oqimi 
yo‟qoladi,  ketma  -  ket  chulg‟amda  esa  magnit  oqimi  aksincha  ko‟payadi,  bu 
kontaktlarning  ulanishiga  sabab  bo‟ladi.  Berk  kontaktlar  orqali  tezlashtiruvchi 
chulg‟am  zanjiriga  ulanadi  va  uning  magnit  oqimi  ketma-ket  chulg‟am  magnit 
oqimini  kuchaytiradi.  SHuning  uchun  rele  kontaktlari  berk  bo‟ladi.  Bir  vaqtda 
tranzistor  bazasi  akkumulyator  batareyasi  yoki  generator  to‟g‟rilagichining  musbat 
chiqishi  bilan  yarmo,  berk  kontaktlar  va  taqsimlash  diodi  D
t
  orqali  ulanadi. 
Tranzistor  berkiladi,  ya‟ni  emitter-kollektor  o‟tishining  qarshiligi  ortadi  va  qisqa 
tutashish  tokining  zanjiri  uziladi.  Tranzistor  qismalar  SH  massadan  ajralmaguncha 
berk bo‟ladi. 


 
41 
 
Rele-rostlagichdagi  mavsumiy  rostlash  qayta  ulagichi  MRP  generator 
qismlaridagi kuchlanishni mavsumga qarab (qish va yoz) o‟zgartirish uchun xizmat 
qiladi.  Konstant  simdan  iborat  beshta  o‟ramdan  tuzilgan,  2,5  Om  qarshilikka  ega 
bo‟lgan  chulg‟am  qayta  ulagichning  asosi  hisoblanadi.  qayta  ulagich  chulg‟ami 
kuchlanish rostlagich KR ning asosiy chulg‟ami yuqorisida joylashgan. Agar muhit 
temperaturasi 5

S dan oshsa, rostlash vintini L harfi (yoz) tomon qayta ulagichning 
latun plastinasiga taqalguncha otvyorka bilan buraladi. KR chulg‟amidan o‟tayotgan 
tok  bunda  o‟zgarmaydi  va  qayta  ulagich  kuchlanishni  rostlashda  ishtiroq  etmaydi. 
Agar temperatura 5

S dan past bo‟lsa, rostlash vinti Z harfi (qish) tomon oxirigacha 
buraladi  va  unda  KRCH  chulg‟ami  zanjiriga  2,5  Om  ga  teng  bo‟lgan  qarshilik 
ulanadi. Endi kontaktlar KR ni uzish uchun 0,8-1,2V ko‟p kuchlanish kerak bo‟ladi, 
natijada  generator  qismlaridagi  umumiy  kuchlanish  shuncha  ko‟payadi.  Bunday 
rostlash qishda quyidagi sabablarga ko‟ra zarur: qishda akkumulyator batareyasining 
ichki  qarshiligi  ortadi  va  uni  zaryadlash  uchun  ko‟p  kuchlanish  kerak  bo‟ladi, 
bundan tashqari, batareya tezroq zaryadsizlanadi, chunki startyor ko‟p energiya talab 
qiladi va yoritish asboblari tez–tez yoqib turiladi. 
 
Qayta  ulagich  MPR  yordamida  generator  kuchlanishini  rele-rostlagich 
qopqog‟ini ochmasdan vaqtincha o‟zgartirish mumkin. Masaslan, agar qayta ulagich 
L holatdaligida akkumulyator batareyalarining muntazam zaryadsizlanishi kuzatilsa, 
unda  rostlash  vinti  Z  holatga  o‟tkaziladi,  natijada  generator  qismalarida  kuchlanish 
va  zaryad  toki  ortadi  va  aksincha,  agar  Z  holatda  batareya  muntazam  ortiqcha 
zaryadlansa  (elektrolitning  qaynashi  va  sathining  kamayishi),  bu  generator 
qismlarida  kuchlanish  oshganini  bildiradi,  unda  vintli  L  holatga  o‟tkazib, 
kuchlanishni kamaytirish mumkin. 
 
 

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish