Akkumulyator qisqichlaridagi kuchlanish . Ish jarayonida akkumulyatorning
kuchlanishi uning zaryadlanishi va zaryadsizlanishiga hamda zaryadsizlovchi yoki
zaryadlovchi tok qiymati katta yoki kichikligiga qarab o‟zgaradi. Kuchlanish ko‟p
jihatdan ichki qarshilik qiymatiga ham bog‟liq.
Akkumulyatorlar batareyasi zavod ruxsat etgan zaryadsizlovchi tok va
haroratda ma‟lum minimal qiymatgacha zaryadsizlanishi mumkin. Zaryadsizlovchi
tok yoki ichki qarshilik ortganda yoki harorat kamaygannda kuchlanish qiymati
kichik bo‟ladi. Akkumulyatorni zaryadlaganda zaryadlovchi tok yoki qarshilik
ortishi bilan uning qisqichlaridagi kuchlanish ko‟payib ketadi.