Namangan muhandislik-qurilish


 - rasm. Markazdan qochma rostlagichni umumiy ko‟rinishi



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/162
Sana30.05.2022
Hajmi7,74 Mb.
#619661
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   162
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish

 
3.7 - rasm. Markazdan qochma rostlagichni umumiy ko‟rinishi.
 
1 - uzgich quloqlari; 2 - quloqcha ftulkasi; 3 - suriluvchi plastina; 4 - 
yukchalar; 5 - yukchalar o‟qi; 6 - tayanch plastina; 7 - yurituvchi valik; 8 - siquvchi 
prujina.
 
а) б)
 
3.8 - rasm.Sozlagich detallarini joylashishi:
 
a) yukchalar joyida, b) yukchalar qochgan.
 
1 - uzgich quloqlari; 2 - quloqcha vtulkasi; 3 - suriluvchi plastina; 4 - yukchalar; 5 - 
yukchalar o‟qi; 6 - tayanch plastina; 7 - yurituvchi valik; 8 - squvchi prujina.
 
Yukchalar o‟qda erkin aylanadi va prujina bilan tortilib turiladi. Yuk barmog‟i 
vtulka bilan birga valikda erkin aylanadigan yuqorigi plastinka teshigiga kirib 
turadi. Uzgichning mushtchali shaybasi va taqsimlagich rotorning yuqorigi vtulkasi 
vtulka bilan birga aylanadi. SHunday qilib, shayba taqsimlagich rotori markazdan 
qochirma rostlagich orqali yuritish valigidan harakatlanadi.
 


74 
Dvigatelь tirsakli valining aylanish soni oshganda yukcha markazdan 
qochirma kuch tag‟sirida o‟z prujinalarining qisish kuchini yengib keriladi. Barmoq 
plastina teshigli devorini bosadi va u valikning aylanishi tomoniga bir oz suriladi. 
Mushtchali shayba va taqsimlagich rotori yuqorigi plastina bilan birga o‟sha 
tomonga aylanadi. Mushtchali shayba chiqig‟i tekstolit kolodkasi tovoniga oldinroq 
o‟tadi, bu uzgich kontaktlarining ilgariroq ajralishiga sabab bo‟ladi. SHu paytda 
g‟altakda paydo bo‟lgan yuqori kuchlanishli tok, shuningdek dvigatelь tsilindriga 
ilgari beriladi, chunki shu paytda taqsimlagich rotori qopqoq elektrodi qarshisida 
bo‟ladi. Tirsakli valining aylanish chastotasi kamayganda yukchaning markazdan 
qochma kuchi kamayadi, prujina ularni tortadi va yuqorigi plastina dastlabki holatga 
qaytadi. Masalan, taqsimlagich valigining aylanish chastotasi 300 ayl

min bo‟lganda 
markazdan qochirma avtomat o‟t oldirishni ilgarilatish burchagini 0 - 2

, 1300 
ayl

min bo‟lganda 7,5-10

, 1900 ayl

min bo‟lganda 11-13

atrofida o‟rnatadi.
 
Vakuum rostlagichi (3.9 - rasm) dvigatelga tushadigan yuklamaga qarab o‟t 
oldirishni ilgarilatish burchagini o‟zgartirishga xizmat qiladi. U korpus quvur prujina 
membrana va richagchadan tuzilgan. Quvur rostlagich korpusining ichki bo‟shlig‟ini 
karbyurator patrubogining ichki bo‟shlig‟iga tutashtiradi. Richagcha uzgich yuqorigi 
diskining shtiftiga kiygizilgan.
 
Dvigatel kichik yuklamada ishlayotganda karbyuratorning drosselь zaslonkasi 
deyarli berk bo‟ladi. Rostlagichning ichki bo‟shlig‟ida membrana oldida (prujina 
tomondan) siyraklanish hosil bo‟ladi. Normal atmosfera bosimi ta‟sirida membrana 
uzgich tomondan egilib, prujinani qisadi. Richagcha uzgichning yuqorigi diskini 
kulachokli shaybaning aylanishiga qarama - qarshi tomon buradi. Natijada uzgich 
kontaktlari yuqorigi disk burilishdan oldin ajraladi va o‟t oldirishni ilgarilatish 
burchagi kattalashadi. Siyraklanish kamayishi, ya‟ni yuklama oshishi bilan, yuqorigi 
disk bo‟shagan prujina tag‟sirida dastlabki holatga qaytadi.

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish