30
vaqtida undagi ishqorning qiymati o‟zgarmaydi, binobarin elektrolit zichligi ham
o‟zgarmaydi, shuning uchun zaryadi g‟olatini areometr bilan aniqlab bshlmaydi.
Temir-nikelli akkumulyatorlar ishlaganda plastina trubalaridagi aktiv
moddalarning tarkibi o‟zgaradi. Zaryadlash vaqtida musbat plastinalarning aktiv
massasi nikel (II) gidroksiddan nikel (II, III) – oksidiga, manfiy plastinalarning aktiv
massasi esa temir (II) – gidroksid toza temirga aylanadi.
Zaryadsizlanish vaqtida musbat plastinalarda nikel (II) – gidroksidi,
manfiylarida (II) – gidroksid hosil bo‟ladi.
Ishqorli akkumulyatorlarning e.yu.k. ning qiymati plastinalar aktiv
moddasining oksidlanish darajasiga bog‟liq; zaryadlangan holatda e.yu.k. 1,48V,
zaryadsizlanganda esa 1,35V bo‟ladi.
CHegaraviy
zaryadsizlanish
kuchlanishining
qiymati
temir-nikelli
akkumulyatorlar uchun 5 soatli zaryadsizlash tejimida va 25
0
temperaturada 1v ga
teng.
Temir-nikelli akkumulyatorlarning o‟rtacha ish kuchlanishi 1,33 – 1,35V ga
teng.
Temir-nikelli akkumulyatorlarning nominal sig‟imi 25
0
da va 5 soatli
zaryadsizlanish rejimida kuchlanish 1v gacha tushirib aniqlanadi.
Ishqorli akkumulyatorning xarakterli xususiyati elektrolitning elektrkimyoviy
jarayonlarda qatnashmasligidir (u faqat elektr zaryadlarni tashishga xizmat qiladi).
SHuning uchun ishlayotganda elektrolitning zichligi o‟zgarmaydi va bundan
akkumulyator holatini aniqlash mumkin emas. Ishqorli akkumulyator zaryad toki
ta‟sirida ishlayotganda musbat plastinalar nikelining gidrat oksidi nikel
gidrooksidiga, manfiy plastinalarning temir oksidi esa temir gidrooksidiga aylanadi.
Ayrim
avtomobillarga
o‟rnatiladigan
temir-nikelli
akkumulyatorlar
batareyasining 3x3 3SJN-70 markasi quyidagilarni: birinchi 3 raqami sektsiyalar
sonini (batareyada uchta sektsiya bor); ikkinchi 3 raqami har bir sektsiyada uchtadan
akkumulyator borligini; S harfi batareyaning startyor tipidagiligini: JN-temir nikelni;
70-A soatda o‟lchanadigan sig‟imni bildiradi.
Temir-nikelli akkumulyator batareyasini elektrolitini tayyorlash quydagicha:
elektrolit tayyorlash uchun ikkita kranli po‟lat bakdan foydalaniladi. Bitta kran
bakning tubida joylashgan bo‟lib, undan ishqorni eritganda ajraladigan cho‟kindilar
tokiladi. Ikkinchi kran bak tagidan yuqoriroqda joylashgan bo‟lib undan tindirilgan
elektrolitning yuzi qismi quyib olinadi. Kranlar ham pshlatdan tayyorlanadi.
Keramik yoki mis, rux yoki qalay bilan oqartirilgan idishlardan, shuningdek
avval kislotali elektrolit bilan ishlagandan foydalanilgan idishlar va areometrlardan
foydalanish mumkin emas.
Ishqorli elektrolit quydagicha tayyorlanadi. Bakka distillangan suv quyiladi va
unga maydalangan o‟yuvchi kaliy bo‟laklari solinadi. O‟yuvchi kaliy bo‟laklari asta-
sekin solinadi va po‟lat xivich bilan tinmay aralashtirib turiladi. Ishqor eriganda
issiqlik ajralib chiqadi. Eritmani sovitish va tindirish uchun u bakda 15-20 soat
qoldiriladi. Keyin eritmaning yuzidagi quyqa qismi tshkib tashlanada va suv quyib
elektrolitning zichligi kerakli darajaga yetkaziladi.
1,23
Do'stlaringiz bilan baham: