Namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/38
Sana31.12.2021
Hajmi1,55 Mb.
#200975
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
yol xojaligining ishlab chiqarish korxonalari va bazalari

Nazorat savollar. 
Temirbeton 
buyumlari 
mahsulotlarini 
tayyorlash 
texnologiyasi; 
Bunda 
qo’llaniladigan mashina va uskunalar; Armatura sterjenlarini tayyorlash texnologiyasi; 
Po’lat armaturalarni go’grilash va kesish stanoklarini ishlash prinsipi.  
 


7-BOB. YO’L QURILISHI ISHLAB CHIQARISH BAZASINI TASHKIL 
ETISH. 
Yo’l qurilishining moddiy texnik ta’minotini tashkil etish. 
Qurilishning  moddiy-texnik  ta’minoti-tadbirlar  majmuasidan  iborvt  bo’lib,  unga 
qurilishni materiallar, yarim mahsulotlar, detallar, buyumlar, qurilish va yo’l mashinalari, 
transport  vositalari,  mexanizatsiyalovchi  asbob-uskunalar,  texnologiya  uskunalar  bilan 
o’z vaqtida ta’minlashni rsjalashtirish ishlari kiradi. 
Moddiy-tsxnik  ta’minot  masalalari  quyidagilar:  qurilishning  moddiy  rssurslarga 
extiyojini «niklash; ularni rejalashtiradigan organlarga dalillab bsrish; material yetkazib 
beruvchilar  bilan  ratsional  aloqalar  o’rnatish.  Barcha  moddiy  resurslarni.  Ularni  ishlab 
chiqaruvchilardan  qurilish  ob’ektiga  soatma-soat  grafinlar  asosida  yetkazish  na  o’sha 
srga urintirmasdan taxlab qo’yish maqsadgaeng muvofiq yo’l hisoblanadi. 
Moddiy-texnik baza tarkibiga yo’l qurilishidagi ishlab chiqarish korxonalarini ham 
kiritgan  ma’qul.  Bular:  qurilish  materiallarini  qazib  olinadigan  karerlar,  chaqiq  tosh 
tayyorlaydigan  korxonalar-tosh  maydalash  zavodlari  (TMZ),  mineral  kukun 
tayyorlaydigan  korxonalar,  organik  bog’lovchilarni  tayyorlovchi  (quritadigan,  ishchi 
haroratgacha  qizdiradigan)  korxonalar,  asfaltbeton  va  sementbeton  zavodlari  (ABZ  va 
TSBZ), yo’l poyalari va emulsiyalari tayyorlaydigan korxonalar, mustahkamlangan grunt 
korxonalar,  yig’ma  temirbeton  buyumlar  zavodlari  (ZMJN),  rels  oldi  yuk  tushirish 
bazalari. 
Bu  korxonalarni  joylashtirish,  quvvatini  va  ish  unumini  aniqlash  uchun 
texnik-iqtisodiy hisoblar bajariladi. Ular yordamida quyidagilar topiladi: yo’l qurilishida 
kelajakda  zarur  bo’ladigan  materiallar,  yarimmaxsulotlar  va  yig’ma  konstruktsiyalarga 
extiyoj;  eng  arzon va  eng  qisqa  muddatlarda xarajatlarni qoplaydigan, quvvati  turlicha 
bo’lgan uskunalarni qiyosiy baholash; ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etii| uchun 
kapital mablag’lar; dastlabki xom ashyoni eng kam xarajatlar bilak yetkazib beradigan 
transport aloqalari; sanitariya-gigienik sharoitlar; korxonalarni energetik resurslar bilan 
ta’minlash imkoniyatlari. 
Avtomobil yo’lini qurishni tashkil etish umumiy sxemasi va birinchi navbatda, ish 
uchastkalarini aniqlash, ularning yo’nalishi va tezligi ko’p jihatdan asosiy yo’l-qurilish 
materiallari bilan ta’minlovchi manbalarni joylashtirishga va ularning kuvvatiga bog’liq. 
Materiallar  uzoqdan  olib  kelinsa,  yukni  tushurish  uchun  temir  yo’l  stantsiyasini 
joylashtirish ham hisobga olinadi. 
Ishlab  chiqarish  korxonalarini  joylashtirish  mahsulotni  ishlab  chiqarish 
hususiyatlariga ham bog’liq. Qurilish materiallari konlaridan (shag’al, kum, qoya jinslar) 
har  doim  ham  foydalanib  bo’lmaydi,  chunki  ular  davlat  standarti  talablariga  javob 
bermasligi mumkin yoki uzoqda joylashgan bo’ladi. 
Avtomobil  yo’llari,  ko’priklar  va  boshqa  yo’l  inshoatlarini  qurishda  rayon 
ahamiyatiga ega bo’lgan korxona kurilib, u qurilish ob’ektlari guruhiga yoki hududiy yo’l 
xo’jaliklariga xizmat qiladi. Bunday korxonalar samarali ishlaydi, kam xarajatlar bilan 
sifatli  mahsulot  yetkazib  beradi.  Ba’zi  mahsulotlarni  uzoq  saqlab  bo’lmaydi 


(asfaltobeton,  sementbeto.  qorishmalar,  bog’lovchi  moddalar  bilan  ishlov  berilgan 
gruntlar).  Shuning  uchun  ularni  yotqazadigan  joyga  yetkazib  berish  vaqtini  belgilash 
muhim. Bu vaqt qurilish me’yorlari va qoidalari bilan qat’iylashtirilgan bo’lib, 0.5 - 1.0 
soat  oralig’ida  bo’ladi  (havo  harorati  va  tashiladigan  yo’l  sharoitlariga  bog’liq  holda). 
Qattiq  qoplamali  yo’llarda  transprot  vositasining  tezligi  40km/soat  gacha,  gruntli 
yo’llarda yoki yomon yo’llarda 15 - 25km/soat. 
Qorishmalarning  sifatini  saqlash  maqsadida  ularni  tayyorlaydigan  korxonalarni 
yengil  ko’chiriladigan  qilib  ko’chiriladi;  1-2  sutka  ichida  yo’l  qurilishi  bo’layotgan 
uchastkalarga ko’chirish mumkin. 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish