5 - BOB SEMENTOBETON VA QORISHMALAR ISHLAB CHIQARISH
ZAVODLAR
Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari va uskunalar
Zavodlarda semento beton qorishmalar ishlab chiqarishda qator transport ombor va
texnologik operatsiyalar bajariladi: qum, sheben, shag’al, sement qo’shimchalarni ortish
va omborda saqlash; to’ldiruvchilar sement va qo’shimchalarni qorishtiruvchi
uskunalarning tarqatuvchi bunkerlari va siloslariga transportda tashish; to’ldirgichlar
sement, suv, qo’shimchalarni dozalash; tarkibiga kiruvchi materiallarni aralashtirish;
tayyor qorishmani avtosamosvallar, avtobeton tashigichlar, avtobeton qorishtirgichlarga
as^arib berish. Zamonaviy zavodlarning mexanizmlar bilan ^^dinlanganligi va uskunalar
nomenklatura sermexnat jarayonlarningaksariyat qismini mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirishga imkon beradi.
Beton qorishmalar, asosan, zavodning beton qorish tsexida tayyorlanadi, TSexning
texnologik uokunalari ish unumdorligiga ko’ra sheben, qum, sement omborlarining
sig’diruvchanligi va uskunalari zavod ichidagi transport, ortish-tushirish mashinalari va
boshqa uskunalar hisoblab topiladi.
Xossalarga ega, talab darajasidagi beton qorishmalar olishga quyidagi omillar sabab
bo’ladi: boshlang’ich materiallarning sifati va ishonchli ishlaydigan texnologik
uskunalar.
Qorishtrish tsexi uskunalarini tanlash. Qorishtirish tsexining asosiy texnologik
uskunalari dozator va betonqorishtirgich.
Dozator beton qorishmaning tarkibiy qismlarini tortib o’lchashda ishlatiladi. Davlat
standartlariga muvofiq, faqat massa bo’yicha dozalashga ruxsat beriladi; xatolik sement
va suvda +2% dan va to’ldirgichlarda +3% oshmasligi kerak.
Beton qorishtirgichlar dozalangan tarkiblardan beton qorishma tayyorlashga
mo’ljallangan: bog’lovchi (sement), suv va to’ldirgichlar (yirik- shag’al va mayda-qum).
Zamonaviy beton qorishtirgichlardan komponentlarni jadal qorishtirish talab qilinadi.
»
Beton qorishtirgich tanlanganda quruq qorishma bilan tayyor qorishma xajmidagi
farqni beton chiqish koeffitsienti hisobga olish zarur. Bu koeffitsient doim birdan kichik
bo’ladi (taxminan 0.67), aralashtirilganda mayda donalar yirik donalar orasidagi bo’sh
joylarni to’ldiradi.
Qorishtirish tsexi uskunalarini komponentlarini ta1y . Dozatorlar transportlar
uskunalari, qorishtirgichlar sanoatda koJgek^- qilib ishlab chiqariladi. Komplektlangan
bunday qurilmalar zavodning ishga tushishini tezlashtiradi.
Qorishtirgichlar tsiklli va uzluksiz ishlaydigan bo’ladi. Qorishtirisho’ usuliga qarab,
tsiklli qorishtirgichlar va erkin gravitatsiyali aralashtiriladigan (barabanli) va ko’rakli
(majburiy harakatlanadigan) hamda mahsus barabanli turlarga bo’linadi. Qorishtirgichlar
turining xilma-xilligi ishlab chiqarilayotgan zavodga qo’yilgan talablarni hisobga olib,
ularni to’g’ri tanlashga imkon beradi.
Texnologik uskunalardan tashqari, yordamchi uskunalardan ham foydalaniladi, ular
beton qorishma tayyorlash ishlarini bajarishni,chunonchi, qorishmali tarkiblarni
ombordan yoki transport vositalaridan tarqatuvchi bunkerlar, siloslarga qabul qilish,
ularni dozalash, qurilmalariga berish, tayyor qorishmani dozalash va uzatishni
ta’minlaydi.
Beton qorishma tayyorlash texnologik jarayoni xusuksiyatiga ko’ra, beton
qorishtirgich qurilmalar ham, zavodlar kabi, tsikpli va uzluksiz haraktlanadigan turlarga
bo’linadi. Birinchi turda qorishma tayyorlash jarayoni ketma-ket almashib turadigan
operatsiyalar tsiklidan iborat. Bunda qorishmaga qo’shiluvchi tarkiblarning massasi
muyyan dozalarda solinadl- -bu dozalar qorishtirgichning sig’diruvchanligiga mos
keladi. Dozal * materiallar qorishtirgichga kelib tushadi va qat’iy belgilangan vaqtda
qorishtiriladi.
Uzluksiz harakatlanadigan kurilmalarda dozalash, qorishtirish va tayyor mahsulotni
berish ishlari bir vaqtda qo’shib olib boriladi. Qorishma uzluksiz oqim bilan
aralashtirgichga tushadi, bu yerda kirish teshigidan chiqish teshigiga surilib borgunicha
aralashtiriladi va tayyor qorishma uzluksiz oqim bilan qorishtirgichdan chiqib ketadi.
Qattiq qorishmalar tayyorlash uchun uzluksiz va majburiy harakatlanuvchi ko’rakli
va barabanli (maxsus) qorishtirgichlar tavsiya qilinadi.
Minorali va porterli turdagi kurilmalar farqlanadi, buni zavod u yoki bu sxema
bo’yicha aniqlaydi. Minorali turdagi texnologik uskunalar (5.1 -rasm) vertikal
joylashtiriladi, bunda barcha boshlang’ich materiallar birdaniga ko’tariladi. Ularning
tarqatuvchi bunkerlardan betonqorishtirgacha texnologik tsiklda harakatlanishi
gravitatsiya yo’li bilan amalga oshiriladi.
5.1-rasm. Minora turidagi beton zavod: 1-suv baki; 2-tasmali konveyer;
3-to’ldirgich bunkerlari; 4- to’ldirgich dozatorlari; 5-beton korishtirgnch; 6-sement
dozatori; 7-sement bunkeri.
Ish jarayonida boshqa maydonchalarga ko’chish imkoniyatiga ko’ra, ko’chmas,
yarim ko’chmas, (yig’ib qismlarga ajratiladigan inventarli) va ko’chma oson
ko’chiriluvchi qurilmalar. Qurilmalarni bir maydonchadan boshqasiga ko’chirish 2-3dan
10 sutkagagacha vaqtni oladi, bu ko’chishning ish unumdorligi uzoqligiga bog’liq.
Ko’chmas qurilmalar uchun bu muddat bir necha oygacha ^lom etadi.
Qorishshma tayyorlaydigan zavodlar mineral bog’lovchili (oxakni va b), mayda
to’ldirgichli (kumni), suv va maxsus qo’shimchali qurilish qorishmalarni tayyorlaydi.
Tarkiblarni dozalashda beton qorishmasi uchun ishlatiladigan uskunalar qo’llaniladi.
Qorishmalar majburiy qarakatlanadigan qorishtirgichlarda yoki maxsus eritma
qorishtirgichlarda tayyorlanadi. Gravitatsiyali qorishtirgichlarda eritmali qorishmalar
tayyorlashnmaydi, chunki bir jinsli qorishma olish uchun uzoq qorishtirish kerak,
eritmali tarkiblarning erkin oqimlarda qorishtirib xar qanday eritmani olish mumkin
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |