O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI
Muhandislik kommunikatsiyalari fakulьteti
«Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji» kafedrasi
5340400 Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji yo’nalishlarining talabalari uchun
GAZ TA’MINOTI TIZIMLARI
fanidan kurs va diplom loyiha ishini bajarish bo’yicha
metodik qo’llanma
Namangan-2019
5340400-«Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va motaji» yo’lanishi talabalari uchun «Gaz ta’minoti tizimlari» fani bo’yicha kurs va diplom loyiha ishini bajarish uchun metodik qo’llanma. (NamMQI, Namangan 2019, 28 bet.)
Metodik qo’llanmada turli xil istemolchilar uchun gazning yillik va soatlik sarflarini aniqlash, past, o’rta va yuqori bosim gaz quvurlarini gidravlik hisoblash usuli, gaz uskunalarini tanlash va hisoblash, yer osti gaz quvurlarining uzunasiga kesilgan ko’rinishlarini qurish namunalari, hisoblash sxemalari, sarflanadigan ashyolarning rasmiylashtirish maxsus jadvallari, hamda kurs va diplom loyiha ishini boshlash uchun dastlabki ma’lumotlar va qurilish ashyolari ko’rsatilgan.
Tuzuvchi: k.o’q. A.A. Atamov
o’q. Sh.E.Haydarov
Taqrizchilar: dots. Rashidov Yu.K. (TAQI)
k.o’q. Mamadjanov T. (TAQI)
Metodik qo’llanma «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va motaji» kafedrasining «___» ____ 2019 yil majlisida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan. Qaror №___
Namangan muhandislik-qurilish institutining metodik kengashida ma’qullangan. «___» _____ 2019 yil. Qaror №____
REFERAT
Kurs va diplom loyiha ishining mavzusi: Gaz ta’minoti tizimini loyihalash.
Kurs va diplom loyiha ishi 30-70 varoq tushntiruv yozuvi va 3-5 varoq chizma qismdan iborat.
Grafik qismida shaharning bosh rejasi, past va o’rta bosim gaz tarmog’ining gidravlik hisob sxemasi, gaz trassasining rejasi va ko’ndalang qirqimlari keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ishini kirish qismida ishning mavzusini dolzarbligi asoslab berilgan:
Texnologik qismida va sanoat korxonalarini hamda aholini ta’minlash yili va saotli gaz sarfi, tarmoqning gidravlik hisobi keltirilgan:
Mehnat muhofazasi va XT qismida gaz quvurlari, jihozlarini mantiqiy qismida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi.
Iqtisodiy qismida lokal va ob’ekt smetalar hisobi orqali tizimining smeta hisobi hisobilab aniqlangan.
Atrof muhit muhofazasi qismida gaz bilan ta’minlash xududlarining barpo etishda tabiiy muhitga yetkaziladigan ekalogik muammolarni hal qilish.
Metodika qismida yonuvchi gazlar va ularning fizik-kimyoviy xossalari mavzusining yangi pedagogik texnologiya bo’yicha rejalashtirish va kospektlashtirish.
Tushuntiruv yozuvi kirish, texnologik, mehnat muhofazasi va XT, iqtisodiy, atrof muhit muhofazasi metodika qisimlar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda internet ma’lumotlari keltirilgan.
Loyixaning maqsadi.
Loyihaning maqsadi «Gaz ta’minoti» fani bo’yicha talabalarning bilimlarining oshirish va mustaxkamlashdir.
Loyixanigng maszuni va xajmi
Loyixaning gaz ta’minoti sistemasini qurish bilan bog’liq masalalarni xal etish uchun zarur xajimda shaxar mikrorayonnini gaz bilan ta’minlash ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan sistema qurilish-montaj va foydalanish texnik shartlariga, amaldagi loyixalash normalariga javob berishi, maqsadga muvrfiqli, tejamli, ishonchli bo’lmog’i kerak.
Kurs loyixasi quyidagilardan tashkil topadi:
Xisobiy tushuntirish xati.
CHizma qismi.
Tushuntirish xati.
Tushirtirish xatida tushuntirishlar va jadvallar, zarur sxemalar, qabul qilingan yechimlarining isbotlari keltiriladi.
Adabiyot manbalari va loyixalash normalariga yo’nalishlar berilishi, xamda ifodalarda o’lchamlar va xisoblash miqdorlarini belgilari qo’rsatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |