Masalaning qo`yilishi
Menga kurs ishi sifatida quyidagi mavzuga oid vazifalar berildi.
“Triggerlar sxematexnikasini tahlil qilish va uni hisoblash” mavzusi berildi. Meni bu mavzuni yoritishimdan asosiy maqsadim mamlakatimizda axborotlashtirish, elektronika va sxematexnikani rivojlantirishda olib borilayotgan ishlarga o`z hissamni qo`shish.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirishim kerak.
Bundan tashqari kurs ishini bajarish jarayonida o’zimga kerakli bo’lgan muhim ma’lumotlarni yig`ish hamda
Kirish;
Asosiy qism;
riggerlar va registrlar haqida umumiy ma`lumotlar tahlili keltirildi;
Trigger va regist tushunchasi va ishlash prinsiplari keltiriladi;
2.1. EWB dastur tahlili.
2.2. EWB NI Multim yordamida JK-trigger asosida ketma-ket registrlarni loyihalasini texnologiyasi ishlab chiqiladi;
Topshiriqni yaratish jarayonining foydalinish yo`riqnomasini keltiriladi;
- Natijani keltiriladi;
- Xulosani keltiriladi;
-Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini keltiriladi;
- Ilovani keltiriladi.
Olingan natijalar fan sohasi uchun qo’shimcha ilmiy manba sifatida samarador bo’lishligi bilan ahamiyatlidir.
Ishning amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan amaliy dasturlarning foydalanuvchilarga taqdim etilishi, qolaversa undan o`quv jarayonida va ishlab chiqarishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
1.2 Triggerlar
Trigger - bir razryadli ikkilik axborot (“0”yoki”1”)ni saqlaydigan xotira elementi. Mantiqiyelementlardan farqli ravishda trigger ichki holatga - xotiraga ega. Triggerlar ikkita chiqishga: 1) Q- to'g'ri chiqish. 2) Q -inkorli chiqishga ega.
Triggerlarning «1» holatiga to'g'ri chiqishdagi (Q) signalning yuqori holati «1», inkorli chiqishidagi (Q ) signalning past holati «0» to'g'ri keladi.
Trigger qurilmasining kirishlari
informasion va yordamchi (boshqaruvchi) kirishlarga bo'linadi.
Informatsion kirishlaridagi signallar trigger holatini boshqaradi, yordamchi kirishlardagi signallar esa tirggerni talab qilingan holatga oldindan
o'rnatish uchun, hamda ularni sinxrosignal bilan ta'minlash uchun
hizmat qiladi. Trigger
kirishlarining soni uning strukturasiga va boshqariladigan vazifalariga
bog'liq. Triggerning informasion kirishlari S, R, J, K, D, T simvollari
orqali belgilanishi qabul qilingan, boshqaruvchi kirishlar esa C, V
simvollar bilan belgilanadi.
Triggerning sxematik belgisi Bu erda S, R- informasion kirishlarni, Q va Q - chiqishlarni belgilaydi.
Triggerlarni informatsiyani qabul qilish usuli, qurilish prinsipi, hamda funksional imkoniyatlari bo'yicha sinflash mumkin. Informatsiyani qabul qilishi bo'yicha: asinxron va sinxron triggerlar mavjud. Asinxron triggerlar informatsion kirishlarida signallarning paydo bo'lish momentida o'z reaksiyalarini ko'rsatadi. Sinxron triggerlar esa sinxron signal kirishi S dagi boshqaruvchi impuls signali mavjud bo'lgandagina informatsion kirishlardagi signallarga o'z reaksiyalarini bildiradilar. Sinxron triggerlar o'z navbatida S kirish orqali boshqariladigan statik va dinamik turlarga bo'linadi. Statik boshqarishli triggerlar informatsion kirishlardagi signallarni S kirishiga «1» yoki «0» signallari berilgandagina qabul qila oladi. Dinamik boshqarishli triggerlar esa informatsion kirishlardagi signallarni S kirishdagi signal «0» dan «1» ga o'zgarganda yoki «1» dan «0» ga o'zgarganda qabul qila oladi. Statik triggerlar bir bosqichli va ikki bosqichli turlarga bo'linadi. Bir bosqichli triggerlar informasiyani saqlashning bir bosqichi, ikki bosqichli triggerlar esa informasiyani saqlashning ikki bosqichi mavjudligi bilan xarakterlanadi. Dastlab informatsiya birinchi bosqichga yoziladi, keyin ikkinchi bosqichga ko'chirib o'tkaziladi va iformatsiya trigger chiqishida paydo bo'ladi.Funksional imkoniyatlarga ko'ra triggerlar quyidagi turlarga bo'linadi:
- «0» va «1» xolatlarga aloxida-aloxida o'rnatiladigan triggerlar (RS-trigger);
- kirish bo'yicha informasiyani qabul qiluvchi triggerlar (D-trigger yoki kechiktirish triggeri);
- sanoqli kirishga ega triggerlar (T-trigger);
- J va K informasion kirishli universal triggerlar (JK-trigger).
Diskret elementlar asosida qurilgan simmetrik triggerning elektr sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |