Namangan muhandislik-qurilish instituti qurilish fakulteti Qurilish materiallari, buyumlari va konstuktsiyalarini ishlab chiqarish



Download 2,02 Mb.
bet8/16
Sana31.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#420366
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
uslubiy 2022 amaliy

SHakillantirish
Presslash va granullash jarayonini o’tkazishdan maqsad bosim, temperatura, namlik va qo’zg’alish kuchlanishlarini kompleks ta’sirida tayyor va qisman yarim tayyor mahsulotlarni olishdir.
Ushbu jarayonlar ekstruderlarda o’tkaziladi. Ekstruziya jarayonining afzalligi shundaki, unda aralashtirish, disperslash, bir jinsli qilish, sovitish, shakllantirish va quritish kabi jarayonlarni bir vaqtda olib borish mumkin. Undan tashqari, ekstruziya jarayoni qayta ishlanayotgan materialning tarkibini va xossalarini zarur yo’nalishda o’zgartirish, jarayonni uzluksiz tashkil etish, materialga uzluksiz ravishda aromatik birikma, bo’yoq, plastifikator va ta’m beradigan moddalarni beto’xtov uzatish imkoniyatini beradi.
Ekstruziya jarayoni plastmassa, rezina, xamir kabi materialarni, hamda makaron, konditer mahsulotlari, omuxta yem, bolalar ovqati, granullangan yemlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Ekstruziya usulida olingan tayyor mahsulot yoki qisman tayyor mahsulot ekstrudat deb ataladi. Ekstrudatning shakli unga o’rnatilgan matritsa tepp-tklari shakli bilan belgilanadi.
Issiq, sovuq yoki qaynash ekstruziya usullari bor.
Plastik xom-ashyo va materiallarni matritsa orqali ezib o’tkazgandagi mexanik shakllantirish-sovuq ekstruziya usulida amalga oshiriladi.
Namligi 20...40% va tarkibida kraxmal bor materiallarni qisman kleysterizatsiya qilish uchun issiq ekstruziya usulidan foydalaniladi. Olingan mahsulot albatta qovuriladi yoki pishiriladi.
Qaynash ekstruziyasi jarayonida qayta ishlanayotgan materialda qaytmas biofizik o’zgarishlar (birinchi galla oqsil, kraxmal va shakar) sodir bo’ladi.
Odatda, hosil bo’lgan ekstrudat quritiladi yoki qovuriladi va zarur modda bilan qoplanadi.
8.4. Mahsulotlarni presslash uskunalari Kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda turli xil konstruktsiyali presslar ishlatiladi. Ularni 2 ta guruhga ajratsa bo’ladi: gidravlik va mexanik presslar.
Gidravlik press-gidravlika qonunlariga binoan ishlaydi. Pressning asosiy qismi silindrik bo’lib, uning ichida qo’zg’almas plita bilan bog’langan plunjer harakat qiladi. Plunjerning harakati yuqori bosimli suyuqlik ta’sirida amalga oshadi.
Presslanayotgan material ko’zg’almas va harakatchan plitalar orasida bo’ladi. Materialda, plunjer yoki porshen yordamida hosil qilingan bosim kuchi, uning yuzasigi to’g’ri proportsional:
.
Q

iya shnekli press lavlagi turpini siqib, sharbat olish uchun mo’ljallangan (8.1-rasm). Lavlagi turpi separator 1 ga yuklanadi va u yerda undan qisman suv chiqariladi, so’ng esa pressda suvning asosiy qismi siqib olinadi.

Bu suvning bir qismi silindrik elak 5 dan o’tib shtutser 9 orqali, ikkinchi qismi esa - elak 3 dan shnekning g’ovak o’qiga tushadi va teshik 10 va shtutser 9 orqali to’kiladi. Lavlagi turpi konussimon elak 8 va sikuvchi shnek 4 lar orasidagi halqasimon teshikdan tushadi. Ushbu halqasimon teshik o’lchami turpning qurilmada qayta ishlanish vaqti va siqish darajasini belgilaydi. Ushbu parametrlarni rostlash moslama 6 yordamida amalga oshiriladi.


8.1-rasm. Qiya shnekli press. 1 -separator; 2-shnek o’qi; 3-elak; 4-siquvchi shnek; 5-tsilindrik elak; 6-rostlovchi moslama; 7-turpni to’kish shtutseri; 8-konus -simon elak; 9-shtutser; 10-suvni chiqarish shtutseri; 11-qo’shimcha filtrlash yuzasi; 12-suvni tukish shtutseri.


Gorizontal va qiya presslar bir-biriga o’xshash bo’ladi. Lekin, gorizontal presslarda siqib bo’lingan turp bilan sharbat aralashishi sodir bo’ladi.
Vertikal shnekli pressning asosiy qismi bu maxsus traversaga o’rnatilgan ichi bo’sh vertikal shnekdir (8.2-rasm). SHnek bilan material birga aylanmasligi uchun shnek qobig’ida maxsus parraklar o’rnatiladi. Ushbu parraklar kurilma qobig’ining qarama-qarshi ikki tomonida o’rnatiladi. Bu esa, qayta ishlanayotgan materialni shnek bilan birga aylanishiga qarshilik qiladi. Maxsus parraklarda teshiklar bo’lib, ulardan truba quvurlari orqali kelayotgan bug’ o’gadi.
Pressning tepa qismida yuklovchi shtutser 2 joylashgan bo’lsa, pastki qismida esa - konussimon teshikli ajraluvchan sidindrik elak 4 o’rnatilgan.
Nam lavlagi turpi yuklovchi shtutser 2 orqali presslashga tushiriladi va shnekning yuqori qismidagi parraklar yordamida ko’ndalang kesimi kichik zonaga, pastga qarab yo’naltiriladi. Xuddi shu zonada siqish jarayoni sodir bo’ladi, ya’ni materialdagi suv siqib olinadi.
Suvning bir qismi silindrik elakning teshiklari, boshqa qismi esa ichi bo’sh shnek orqali oqib chiqadi va kanal 10, shtutser 9 lardan to’kiladi.
Silindrik elakning pastki qismida harakatchan konussimon elak joylashtirilgan bo’lib, u bolt 7 yordamida tepaga ko’tarilishi va pastga tushirilishi mumkin. Bu ikki elak orasidagi tirqishning o’lchami mahsulotni siqish darajasini belgilaydi.
Rotatsion presslar quruq turpni briketlash uchun qo’llaniladi. Ushbu presslarning tekis, yassi yoki silindrik matritsasi bo’ladi.
Presslash jarayonida bu turdagi presslarda juda kama inertsion kuchlar hosil bo’ladi. SHuning uchun bu qurilmalar katta, oshr poydevorga o’rnatiladi.
Yassi matritsali gorizontal rotatsion pressning konstruktsiyasi 8.3-rasmda ko’rsatilgan.
Pressning asosiy qismi bu presslovchi bo’lak bo’lib, matritsa 5 va presslovchi juva 4, granula kesish moslamasi 6 va ichi bo’sh o’qlardan tarkib topgan. Matritsa 5 ichi bo’sh o’qga o’rnatilgan va u bilan birga aylanadi.
K

onussimon taqsimlagich 2 quruq materialni juva 4 ostiga yo’naltirish uchun mo’ljallangan.

Matritsadan chiqayotgap presslangan material pichoq bilan kesiladi va parrak yordamida to’kish noviga yo’naltiriladi. Matritsa va pichoq orasidagi tirqish 0,5 mm dan ortmasligi kerak. Lekin, pichoq matritsaning ishchi enini yopib turishi va pichoq tig’i matritsaning ostki yuzasiga parallel bo’lishi zarur. Gorizontal tekislikka nisbatan pichoqning qiyalik burchagi 30° bo’ladi.
Briketni kesish uchun 4 ta pichoq o’rnatiladi. Agar, yirik o’lchamdagi briketlar olinishi zarur bo’lsa, pichoqlar soni kamaytiriladi.
D

iskli press qand-rafinatni ishlab chiqarishda qo’llaniladi va u kuyidagi asosiy qismlardan iborat: rafinat bo’tqasini qabul qilish kutichasi; puanson va matritsali disklar; rafinat bo’laklarini presslash uchun tayanch; stol yuzasini ishqalab ortish mexanizmi; presslangan rafinat bo’laklarni ko’tarish mexanizmi; stanina, uzatma va disklarni aylantirish mexanizmi.

Press stoli gorizontal tekislikda soat milliga qarshi yo’nalishda aylanma harakat qiladi (8.4-rasm).
Ushbu stol bitta aylanishida to’rt marotaba to’xtaydi va ketma-ket quyidagi jarayonlar bajariladi: I matritsani rafinat bo’tqasi bilan to’ldirish; II puanson yuqoriga harakat qilganda shakllantirish; III matritsadan qand bo’laklarini puanson yordamida surib chiqarish;
FV puansonni qand qoldiqlaridan tozalash va mastika bilan ishqalash.
Odatda press matritsalari kugichalar shaklida latun materialdan tayyorlanadi va disk teshiklariga joylashtiriladi.
Tabletka qilish mashinalaridan eng keng qo’llaniladigan turi sifatida rotatsion quril- mani ta’kidlash mumkin.
Rotatsion tabletka qilish mashinalari 2 sinfga bo`linadi. Birinchi sinfga oid mashinalarda puanson kopira ustida dumalab harakatlangdi, ikkinchisida esa - sirpanadi.
Rotatsion tabletka qilish mashinalarining ish unumdorligi ushbu formuladan topiladi:
bu yerda R-presslash kuchlanishi, N; presslash bosimi, MPa; A-matritsadagi materialning presslashtacha bo’lgan balandligi, m; r - material zichligi, kt/m3; TV-rotordagi matritsalar soni; t matritsadagi uyalar soni; k kup pozitsiyalik koeffitsienti (k= 1,2,3,4); l - rotor aylanish chastotasi, min-1.

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish