120
- mahsulotni yorliklash namunasi (mahsulot to’g’risida axborot);
- bojxona hududiga yetib kelganligi to’g’risida belgi qo’yilgan ilova hujjat (tovar-
transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) lar nusxasi.
Ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga akkreditatsiya qilingan laboratoriyalardagi
mahsulot sinovlari bo’yicha qo’shimcha hujjatlarni taqdim etishi mumkin. Agar mahsulotni
alohida parametrlari bo’yicha sinovlar turli sinov laboratoriyalarida o’tkazilgan bo’lsa, u holda
sinovlarning ijobiy natijalari bilan birga barcha zarur protokollarning mavjudligi mahsulotning
belgilangan talablarga muvofiqligining ijobiy bahosi hisoblanadi.
Respublikada chetdan keltiriladigan, majburiy tartibda sertifikatlanishi kerak bo’lgan
mahsulotga normativ hujjat mavjud bo’lmaganda, sifat va xavfsizlik bo’yicha sertifikatsiya
sinovlari mahsulotning ana shunday turlari talablariga muvofiqligi yuzasidan amalga oshiriladi.
Arizachi tomonidan chetdan olib kelinayotgan mahsulotga zarur normativ hujjat yoki
texnik tasnifnomalar taqdim etilmagan taqdirda, mazkur mahsulotni sertifikatlash mahsulotning
ana shunday turlariga hujjatlar bo’yicha yoki gigienik sertifikat asosida, uni identifikatsiya
qilgan holda amalga oshiriladi (oziq-ovqat mahsulotiga va oziq-ovqatga qo’shiladigan mahsulot
uchun).
Laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari, shuningdek hujjatlarning to’liq bo’lmagan
komplektini taqdim etish muvofiqlik sertifikati berishni rad etish uchun asos hisoblanadi, bu
to’g’rida sertifikatlashtirish organi ariza beruvchiga aniq qonunchilik normalarini ko’rsatgan
holda yozma ravishda xabar qiladi.
Xulosa berishni rad etganlik yuzasidan ariza beruvchi belgilangan tartibda shikoyat qilishi
mumkin.
Sertifikatlashtirish organi taqdim etilgan hujjatlar va sinovlarning ijobiy natijalari asosida
ikki ish kuni mobaynida muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi.
Muvofiqlik sertifikati chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga mahsulot yaroqliligining
kafolatli muddatiga, ko’plab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun esa 3 yilga beriladi.
Tekshirishni o’tkazish muddati, ishlab chiqarishning shakli va toifalariga ko’ra, sinovlar
uchun namunalar tanlab olingan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi kerak. Tekshirish
o’tkazilganligi uchun to’lov amalda sarflangan vaqt bo’yicha va belgilangan tartibda
tasdiqlangan xarajatlar kalьkulyatsiyasiga binoan undiriladi.
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlashtirish organi
tomonidan sinovlar natijalari olingan vaqtdan boshlab 5 ish kunidan oshmasligi kerak.
Inspektsiya nazorati natijalari bo’yicha muvofiqlik sertifikatining amal qilishi tasdiqlanishi
yoki to’xtatib turilishi yoxud belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
Laboratoriya sinovlarini o’tkazganlik, sertifikatni rasmiylashtirganlik va berganlik uchun
to’lov tartibi, litsenziya ajratmalari miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
kelishilgan holda "O’zstandart" agentligining yo’l-yo’riq hujjatlarida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: