Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/151
Sana15.07.2021
Hajmi2,2 Mb.
#119886
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   151
Bog'liq
sifat menejmenti

8.5. Standartlashtirish va ekologiya 
 
Insoniyat  texnik  qurollanishining  hozirgi  holati,  jahon  hamjamiyatida  ishlab  chiqarish 
munosabatlari  va  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  rivojlanishining  hozirgi  darajasida,  Yer  aholisi 
sonining  o’sishida,  urbanizatsiyaning  ortishida,  iste’mol  jamiyati  stereotipining  yoyilishi  – 
tabiiy resurslarni olish ko’lamlari, atrof muhitning ta’siri va ifloslanish darajasi bashariyatning 
o’zi uchun xavfli bo’lib qoldi. Tarixan yuzaga kelgan, evolyutsiyaning uzoq yillari mobaynida 
inson genetik jihatdan moslashgan hayot kechirish muhitining o’zgarishi yuz bermoqda. Global 
ekotizimlar  sifatida  biosferaning  barqarorligini  belgilab  beruvchi  Yerning  bir  qator  tabiiy 
resurslari  tugab  bormoqda,  biosferaning  o’zi  esa  ishlab  chiqarish-xo’jalik  va  ijtimoiy-madaniy 
faoliyat chiqindilarini assimilyatsiyalash qobiliyatini tobora yo’qotib bormoqda. 
Global ekologik inqiroz davrida tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza 
qilish masalasi keskin turadi. 
Profilaktiklik, ya’ni inson faoliyatidagi turli ta’sirlardan salbiy oqibatlarning oldini olishga 
yo’naltirilganlik;  komplekslik,  har  joydalik,  hududiy  tabaqalanganlik  va  ilmiy  ekologik 
asoslanganlik tabiiy muhitni muhofaza qilishning muhim tamoyillari hisoblanadi. 
Atmosferani  muhofaza  qilish  va  suvni  zararli  moddalar  bilan  ifloslanishdan  himoyalash, 
ekotizimlar  va  landshaftlarni  qo’riqlash,  shovqinga  qarshi  kurashish,  yer  osti  va  ratsional 
xavfsizlikni  himoyalash,  o’simliklar,  hayvonlar  mikroorganizmlar  bioxilma-xilligini  va 
genofondini  saqlash,  turli  antropogen  ta’sirlar,  shu  jumladan  ifloslanish  kabilar  tabiiy  muhitni 
muhofaza qilishning asosiy muammolari hisoblanadi. 
Tabiatni  muhofaza  qilishda  gap,  birinchi  galda,  insonning  salomatligini  va  farovonligini 
muhofaza  qilish  haqida  boradi.  Tabiatga  nisbatan  asrab-avaylab  munosabatda  bo’lish,  uni 
muhofaza qilishning zarurligini qadimiy donishmandlar ham tushunishgan va jahonning barcha 
xalqlari tabiatdan foydalanish milliy an’analari ushbu tamoyilga to’liq javob berardi. 
Standartlashtirishning  ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  muammolari  bilan 
bog’liq bir necha asosiy funktsiyalari mavjud: 
1.  Standartlashtirishning  muhofaza  qilish  (ijtimoiy)  funktsiyasi  –  mahsulot  (xizmatlar) 
iste’molchilari,  ishlab  chiqaruvchilar  va  davlatning  xavfsizligini  ta’minlash,  bashariyatning 
tabiatni  tsivilizatsiyaning  texnogen  ta’siridan  himoyalash  bo’yicha  sa’y-harakatlarini 
birlashtirish. 
2.  Standartlashtirishning  resursni  tejash  funktsiyasi  moddiy,  energetika,  mehnat  va  tabiiy 
resurslarning  cheklanganligi  bilan  shartlangan  bo’lib,  resurslarni  sarflash  uchun  asoslangan 
cheklovlar normativ hujjatlarining belgilanishidan iborat. 
Mamlakatimizda tabiatni  muhofaza qilish va  tabiiy resurslardan foydalanishni  yaxshilash 
sohasida standartlar majmui ishlab chiqilgan. U 80 dan ortiq GOST bilan namoyon etilgan. 
Standartlar  majmui  ishlab  chiqarishning  barcha  tarmoqlarini  qamrab  olgan  bo’lib,  bir 
tabiiy resurslardan boshqalarining ziyoniga foydalanishni istisno etadi va xalq xo’jaligi barcha 
tarmoqlari korxonalari faoliyatining ko’ngilsiz oqibatlari oldini oladi. 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish