24-modda. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishi Iste’molchilar huquqlari himoya qilinishi uchun mahalliy hokimiyat organlari:
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari bajarilishini
tashkil etadilar;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlari va
iste’molchilarning jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar;
iste’molchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko’rib chiqadilar;
iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib
sudlarga murojaat etadilar;
o’z huquqlari doirasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.