Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


ISO 9000 seriyali standartlarni joriy etilishining asosiy sabablari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/151
Sana15.07.2021
Hajmi2,2 Mb.
#119886
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   151
Bog'liq
sifat menejmenti

4.3.ISO 9000 seriyali standartlarni joriy etilishining asosiy sabablari 
 
ISO  9000  bo’yicha  SMTni  sertifikatlashning  ko’p  sabablaridan  biri  – 
“iste’molchilarning talabi” edi va bo’lib qoladi. Bu omil ko’p jihatdan sanoat bozoriga 
(“business–to-business”)  taalluqlidir,  chunki  ISO  9000  sertifikati  ta’minotchi  hamkorni 
izlash  va  keyinchalik  u  bilan  munosabat  o’rnatish  bilan  bog’liq  chiqimlarni  qisqartirish 
imkonini beradi. 
 Iste’molchilar  bozorida  bunday  omilning  ta’siri  uncha  sezilarli  emas,  chunki 
jismoniy  shaxs  bo’lmish  mijozlarni  SMT  uchun  sertifikatning  mavjudligi  emas,  balki 
mahsulotning  iste’mol  xususiyatlari  ko’proq  qiziqtiradi.  Talablar  ko’pincha,  o’z 
ta’minotchilariga SMT uchun ISO 9000 sertifikatiga ega bo’lishni shart qilib qo’yuvchi 
transmilliy kompaniyalardan chiqadi. Ta’kidlash lozimki, Yevropa va Amerikadagi ba’zi 
transmilliy  kompaniyalar  hozirgi  vaqtda  o’z  ta’minotchi  hamkorlariga,  SMTni  mustaqil 
organ  tomonidan  majburiy  sertifikatlamay,  faqat  ISO  9000  talablariga  muvofiqlashishni 
taklif qilmoqda
6
.  
Bu omilning muhimligini quyidagi fakt tasdiqlaydi. Hatto                        M.Boldrij 
nomidagi  mukofotni  qo’lga  kiritgan  jahondagi  eng  yirik  kompaniyalardan  biri  bo’lmish 
“Motorola”  butun  dunyodagi  ko’pchilik  zavodlaridagi  sifat  tizimlarini  mijozlar 
talablariga muvofiq sertifikatlayapti.  
Ba’zi  hollarda,  tenderning  kvalifikatsion  shartlaridan  biri  bo’lib,  nomzodlarda 
sertifikatlangan SMT mavjudligi hisoblanadi. Bunday tizim xalqaro tanlovlar o’tkazishda 
hamda  davlat  ehtiyojlari  uchun  mahsulotlarni  sotib  olishda  qo’llanadi.  Jahondagi 
ko’pgina  mamlakatlarning  hukumat  organlari  o’z  ta’minotchi  hamkorlariga  ISO  9000 
                                                           
5
 Герасимова Г.Е. 14 постулатов Э.Деминга // Стандарты и ка
чество. 1999 №1 с. 20. 
6
Poksinska B. The state of ISO 9000 certification: a study of Swedish organizations // The TQM Magazine Vol. 
14. 
№5. 2002. pp. 297-306. 


 
 
32 
bo’yicha  sertifikatlanish  talabini  qo’yadi.  Bunday  vaziyat  shu  bilan  bog’liqki,  davlat 
tuzilmalari,  birinchidan,  sifatli  mahsulot  va  xizmatlar  yetkazib  berilishidan  manfaatdor, 
ikkinchidan,  mahalliy  kompaniyalarni  o’z  raqobatbardoshligini  ISO  9000  yordamida 
oshirishga yo’naltirishi kerak.  
ISO  9000  standartlarining  asosiy  jihati  shundaki,  SMT  joriy  etilganda 
kompaniyaning biznes-jarayonlari barqarorligi, ishonchliligi ortadi. ISO 9000 standartlari 
talablariga  rioya  qilish  natijasida,  rahbarning  aniq  yo’riqnomalari,  tadbirlar  va 
mas’uliyatni  to’g’ri  taqsimlash  hisobiga,  kompaniyalar  o’z  bo’limlarining  o’zaro 
aloqadagi faoliyatini yaxshilay oladi.  
SMTni tatbiq qilish, barcha bosqich xodimlarini mahsulotning ichki unumdorligi va 
sifatini  yaxshilash  jarayoniga  jalb  qilishni  nazarda  tutadi,  bu  esa  xodimlarning 
kompaniyaga sodiqligida ijobiy aks etadi.  
Biznes-jarayonlarni hujjatlash, uslubiy yo’riqnomalar, lavozim vazifalari va boshqa 
hujjatlarni  ishlab  chiqish  hisobiga,  kompaniyaning  faoliyat  ko’rsatishi  va  rivojlanishi 
uchun zarur bo’lgan xodimlarning bilimi va malakasi oshadi.  
Ichki  samaradorlikni  oshirish,  xodimlarning  yuz  berayotgan  biznes-jarayonlar 
uchun  mas’uliyatini  mustahkamlash,  uzluksiz  takomillashishga  bevosita  mahsulot  va 
xizmatlar  sifatini  yaxshilashga  olib  keladi.  Bu  omil  ham  ISO  9000  me’yorlari  bo’yicha 
SMTni joriy etish va sertifikatlashga sabab sifatida ko’p eslatiladi.  
Bundan tashqari, ko’p tashkilotlar sertifikat mahsulot sifatini kafolatlay olmasligini 
anglaydi,  shu  boisdan  ISO  9000  standartlarini  sifatni  yaxshilash  jarayonini  boshlash 
uchun  yaxshi  bazis  deb  hisoblashadi.  Kanji  (Kanji)
7
  fikricha,  ISO  9000  standartlarining 
muhim  xususiyati  –  uning  tuzilishidir.  U,  qo’llashga  qulay  bo’lgan  tadbirlar,  elementlar 
va  talablarning  universal  majmuini  tashkil  etadi.  SHuningdek,  sifatni  ta’minlash 
tizimlarini ishlab chiqish, baholash, qo’llash,  belgilash  va sertifikatlashning asosini  ham 
ta’minlaydi. SHunday qilib, ISO 9000 talablari TQM madaniyatini o’zlashtirish va sifat 
bo’yicha milliy mukofotlar mezonlarini qo’llash uchun jiddiy negiz yaratadi.  
Agarda  ma’lum  bir  sohada  yoki  segmentda  ishlaydigan  kompaniyalar  ISO  9000ni 
qo’llamasa,  lekin  standartlar  talabiga  mos  keladigan  SMTni  joriy  etsa  va  sertifikatlasa, 
qo’shimcha  raqobat  ustunligigaerishishlari  mumkin  (ayrim  hollarda  SMT  uchun  ISO 
9000  sertifikati  zaif  kompaniyalar  uchun  savdo  to’sig’i  bo’lib  qolishi  ham  mumkin). 
Lekin  ko’pincha  teskari  holat  yuz  beradi,  ya’ni  korxonalar  faqat  raqiblaridan  orqada 
qolmaslik uchungina ISO 9000 sertifikatini olishga majbur bo’ladilar.  
SHubhasiz,  mahsulot  sifatini  yaxshilash,  unumdorlikni  oshirish,  chiqimlarni 
kamaytirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish kabi omillar kompaniyaning bozordagi 
ulushi ortishigaolib kelishi mumkin. 
Kompaniyalar  ISO  9000  talablari  bo’yicha  SMTni  joriy  etish  va  sertifikatlashi 
uchun  zarur  bo’lgan  sabablarning  ko’pligini  inobatga  olib,  ularni  tartibga  solish  va 
tasniflash  variantlarini  ko’rib  chiqaylik.  Sabab  bo’luvchi  omillarni  “ichki”  va  “tashqi” 
omillarga bo’lish mumkin.  
1.  Ichki  sabablar  kompaniyaning  samarasi  va  mahsuldorligini  yaxshilash  bilan 
bog’liq.  Bularga:  mahsulot  va  xizmatlar  sifatini  yaxshilash;  ichki  jarayonlarni 
jadallashtirish; xarajatlarni kamaytirish; xodimlar bilan munosabatni yaxshilash; axborot 
almashuvi  va  tahlili  tartiblarini  o’rnatish;  TQM  kontseptsiyasini  amalga  oshirishga 
tayyorgarlik va boshqalarni kiritish mumkin.  
                                                           
7
Kanji J.K. An innovative approach to make ISO 9000 standards more effective // Total Quality Management. Vol.9. №1. 1998. 
pp. 67-78.
 


 
 
33 
2.  Tashqi  sabablar  kompaniya  atrofdagi  biznes-muhitga  (mijozlar,  ta’minotchilar, 
davlat organlari) bo’lgan ta’sirga bog’liq. Bunda, SMT uchun rasman tasdiqlangan hujjat, 
ya’ni, sertifikat ana shu ta’sir vositasidir. 
 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish