Izotop va izobarlar. Fiziklar ko'pgina elementlar bir xil atomlardan emas, balki turli massaga ega bo'lgan atomlar aralashmasidan to’zilganligini aniqlaydilar.
Atomlar turli-tuman, ular bir-biridan yadro zaryadlari (protonlar soni) bilan, massasi soni bilan farq qiladi. Shunday atomlar borki, ularning yadro zaryadlari bir xil, ammo massasi jihatidan farq qiladi. Yadro zaryadlari bir xil bo'lib, atom massalari bilan bir-biridan farq qiladigan atmlar turiga izotoplar deyiladi (Izo – bir, top – joy so'zlaridan kelib chiqqan, chunki ayni elementning barcha izotoplari davriy sistemada birgina katakni egallaydi).
– izotoplar
Izotopiya hodisasi deyarli hamma elementlarda uchraydi. Ko'pchilik elementlar o'zlarining bir necha izotoplari aralashmasidan iborat. Masalan, tabiiy qo'rg'oshin atom massalari 206, 207 va 208 hamda yadro zaryadlari 82 ga teng bo'lgan uch izotop aralashmasining; 207.21 bu aralashmadagi atom massalarining o'rtacha qiymatini tashkil qiladi.
Izotoplar soni turli elementlarda turlicha bo'ladi. Masalan, qalay elementini 10 ta tabiiy izotopi ma'lum, ksenonniki 9 ta, simobniki 7 ta, kislorodniki 3 ta, ftor esa faqat 1 ta tabiiy izotopdan iborat.
Izotoplar kashf etilgandan keyin kimyoviy element tushunchasiga quyidagicha ta'rif berildi: yadrolarining zaryadlari bir xil bo'lgan atomlar turi kimyoviy elementdir. Demak, kimyoviy element tushunchasini ta'riflashdan yadro zaryadi asos qilib olinadi. Hozirda 109 ta elementning 250 dan ortiq izotopi ma'lum (radiaktiv izotoplar bular jumlasiga kirmaydi).
Shuningdek, yadro zaryadlari har xil, massalari bir xil bo'lgan atomlar ham mavjud. Atom massalari bir-biriga teng, lekin yadro zaryadlari turlicha bo'lgan atomlar izobarlar deyiladi (isos – bir xil, ros – vazn so'laridan olingan).
Radiaktivlik. 1896 yilda Bekkerel uran birikmalari ko'zga ko'rinmaydigan nur chiqarishni aniqladi. Mariya Kyuri – Sklodovskaya va Pyer Kyurilar Bekkerel ishlarini davom ettirib, toriy va aktiniy ham shunday xossaga ega ekanligini aniqladilar. O'z-o'zidan nurlanish xodisasi radiaktivlik deb, bu xossaga ega bo'lgan moddalar esa radiaktiv moddalar deb ataladigan bo'ldi.
Radiaktiv nurlanishni o'rganish shuni ko'rsatdiki, ba'zi radiaktiv elementlar ( (alfa)- zarracha, boshqalari ( (beta)- va ( (gamma)- nurlar chiqaradi.
( - zarracha musbat zaryadlangan bo'lib, uning massasi 4 uglerod birligiga, harakat tezligi (dastlabki) 20000 km/’'sek ga teng bo'lgan geliy ionlari (He2) dan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |