1-Tajriba: Ruxning sulfat kislota bilan o`zaro ta`siri.
Probirkaga 3-4 ml sulfat kislota H2SO4 eritmasidan quyib, unga rux bo`lakchasidan tashlang. Vodorod ajralib chiqishini kuzating, reaksiya tenglamasini yozing. Elektron tenglamasi asosida oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.
2-Tajriba: Misni birikmasi tarkibidan temir yordamida siqib chiqarish.
Probirkaga 3-4 ml mis sulfat eritmasidan quying. Unga yuzasi zangdan tozalangan temir plastinkasi tushiring. Temir plastinkani yuqori qismi suyuqlikka botmasin. 2-3 minutdan so`ng plastinkani eritmadan oling. Suv bilan yuving va plastinkani ustida erkin holda mis ajralib chiqqanligini kuzating. Reaksiyaning umumiy va elektron tenglamasini tuzing. Oksidlovchini va qaytaruvchini ko`rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |