Namangan muhandislik-qurilish instituti Iqtisodiyot kafedrasi
«Statistika» fanidan yakuniy nazоrat
Variant № 3
Statistika fani metоdi.
Grafiklarning turlari.
Statistikada mediana tushunchasi.
Funktsiоnal bоg`lanish.
Tuzuvchi: dоts. R. Bоtirоva
Kafedra mudiri: dots. O.Aripov
Javoblar
1. Statistika predmeti deganda statistika organadigan obyekt, yani, ommaviy hodisa va jarayonlarning sifat-miqdor aniqligi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini miqdoriy nisbatlarda yuzaga chiqishi, organilayotgan obyekt mazmunini belgilaydigan bilimlar majmuasi nazarda tutiladi. Bu masalaga statistika qollanish sohalari ham aloqadordir.
Statistika organish obyekti - bu ommaviy hodisa va jarayonlardir.
Statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni organadi. Ular biror narsalar toplamida va ozaro boglangan toplamlar orasida kechadi. Bu yerda hodisa sozi jamiyat hayotida, turmushda, tabiatda, bir soz bilan aytganda, moddiy dunyoda haqiqatda bolgan turllaishini bildiradi. Masalan, oilada bola tugilishi, paxta hosili, ishchilar soni, yogingarchilik (qor yoki yomgir yogishi), atrof-muhit bulganishi va hokazolar. Jarayon sozi voqealar oqimini, ularning malum makon va zamon sharoitida qanday tezlikda kyechishini, yuzaga chiqish yoki chiqmasligini, ozgarishini, hodisalar rivojlanishini anglatadi.
Ommaviy hodisaning umumiy tarifi: biror obyektlar toplamida yoki murakkab obyekt elementlari majmuasida yuzaga chiqqan voqea.
Demak, ommaviy hodisa - biror obyektlar toplamida sodir bolgan voqea, harakat natijasi. Masalan, Ozbekiston barcha dehqon va shirkat hojaliklari tomonidan bir yilda yetishtirilgan paxta hosili, hamma oilalarda tugilgan bolalar soni, yoqqan qor va yomgir hajmi, hamma korxona va avtomobillar tomonidan atmosferaga chiqarilgan gazlar va hokazolar.
Ommaviy jarayon umumiy tarifi: obyektlar toplamida yoki murakkab obyektda sodir bolgan voqealar oqimi, ularning rivojlanishi.
Ommaviy jarayon - bu obyektlar toplamida sodir bolgan voqealar oqimi va uning xarakteri, ularning rivojlanish darajalari, toplama hodisalar kyechishidagi (harakatidagi) ozgarishlar. Masalan, Ozbekistonda tugilgan bolalar sonining kopayishi, tugilish darajasining ozgarishi, umumiy ekin maydonida paxta salmogining kamayishi va don ekinlari ulushining ortishi, Toshkent shahrida korxona va avtomashinalar tomonidan atmosferaga chiqarilgan gazlar ortishi, yer osti boyliklari zaxirasining ozgarishlari va hokazolar.
Ommaviy hodisa va jarayonning birinchi muhim belgisi - unda bir qancha obyektlar ishtirok etib, ular oxshashlik alomatiga ega ekanligidan iborat.
Ommaviy hodisa va jarayon bir qator muhim belgilari bilan ajralib turadi.
Uning muhim belgilaridan biri - ommaviy hodisa va jarayonda bir qancha mustaqil obyektlar (toplam birliklari) ishtirok etadi. Bu xususiyat murakkab obyektlarni ommaviy hodisa deb qaralganda ham namoyon boladi, chunki bunday obyekt bir toda yakka elementlardan tuziladi. Toplam obyektlari, xuddi shuningdek murakkab obyekt elementlari organilayotgan hodisa jarayon uchun muhim bolgan munosabatlar jihatidan bir biriga oxshaydilar.
Ommaviy hodisa va jarayonning ikkinchi xossasi - ayrim toplam obyektlari, elementlari oziga xoslik alomatiga ega bolib, mustaqil, erkli tarzda amal qiladilar.
Ayrim obyektlar yoki elementlar uchun xos bolgan oxshashlik alomati ular ichki izchil tub boglanishlarga ega ekanligidan kelib chiqadi. Bu esa organilayotgan obyektlar, elementlar toplami ichki qiyofa jihatidan umumiy asosga, sifatga, mohiyatga egaligini va shu nuqtai nazardan bir jinsliligini anglatadi.
Demak, statistikada organiladigan ommaviy hodisa va jarayon mohiyati va sifati jihatidan bir jinsli toplamda namoyon boladi. Shu bilan birga u miqdoriy jihatdan turlicha ifodalanishi mumkin.
Bu esa ommaviy hodisa va jarayonning yana bir muhim xususiyati hisoblanadi. U organilayotggan toplamning ayrim obyektlari, elementlari bir biriga oxshashligi bilan bir qatorda oziga xoslik alomatiga egaligidan kelib chiqadi. Har bir toplam obyekti, elementi oxshashlik va oziga xoslik jihatlarining yagona birligida hayotda harakat qiladi, malum hodisa va jarayonning soxibi sifatida gavdalanadi. Ana shunday ayrim voqealar, jarayonlar umumlashishidan esa ommaviy hodisa va jarayon shakllanadi va u statistikani organish obyekti hisoblanadi.
Ommaviy hodisa va jarayonning uchinchi xossasi - toplamning biror obyekti haqidagi tafsillarni uning barcha boshqa obyektlariga oid tafsillari asosida aniqlab bolmaydi
Ommaviy hodisa va jarayonning boshqa yana bir xossasi - uni yuzaga chiqishida ishtirok etuvchi toplam obyektlari, elementlaridan biri haqidagi haqiqiy tafsilotlarni (korsatkichlarni) qolgan boshqa obyektlar tafsilotlaridan tola holda yoki umuman aniqlab bolmaydi. Malum shirkat xojaligi yoki sanoat korxonasining mahsuloti, meqnat va mablaglar sarfi, texnika vositalari kabi haqiqiy tavsilotlarini boshqa hojalik va korxonalarining tegishli tavsilotlari asosida topib bolmaydi. Boshqacha aytganda, turli obyektlarning ayrim tavsilotlari orasida tola yoki qisman bolsa ham mustaqillik qaramsizlik mavjud. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, agarda organilayotgan obyektlarning bittasidan tashqari qolgan hammasi haqida malumotlar bor desak, u holda ushbu nomalum obyektning haqiqiy korsatkichlarini ular asosida aniqlab bolmaydi, ammo chamalab baholash mumkin, xolos. Biroq olingan natija qanchalik haqiqatga mosligi jumboq boladi, chunki hatto mazkur obyekt umuman bolmaganda ham, bunday chamalama hisoblash natijasi oz kuchida qoladi.
Nihoyat, ommaviy hodisa va jarayonning tortinchi eng muhim belgisi - unda malum qonuniyat yuzaga chiqishi, ammo u yakka hodisada odatda kuzatilmasligi-dadir.
Va nihoyat, ommaviy hodisa va jarayonning yana bir muhim xossasi - unda malum qonuniyat yuzaga chiqib, ammo ayrim elementlarda, yani yakka holda qaralgan hodisada kop hollarda kuzatilmasligidadir. Bu qonuniyat ommaviy hodisa va jarayonning mohiyatidan kelib chiqadi, uning tabiatidan ajralmas jihat hisoblanadi. Bunday qonuniyat statistik qonuniyat deb ataladi. Ammo bunday qonuniyatlarni umuman statistikaga xos, uning xususiy qonuniyatlari deb talqin etib bolmaydi, chunki, bu holda ular mualloq holatdagi biror predmetga yani boshliqda turib qolgan narsaga oxshash tushuncha bolib qolar edi. Ommaviy hodisa va jarayonlarda namoyon boladigan qonuniyatlarni ochish va organish statistikaning asosiy vazifasi, statistik tekshirishda kozlangan va haqiqatda erishilgan pirovard maqsad hisoblanadi. Har doim ular ayrim hodisa va jarayonlar haqidagi malumotlarni toplash va qayta ishlash jarayonida olinadigan hamda butun toplam boyicha miqdoriy nisbatlarni tariflaydigan umumlashtiruvchi korsatkichlar shaklida namoyon boladi. Shu bilan bir qatorda statistik qonunyatlar ommaviy hodisa va jarayon tabiatining turli tomonlariga tegishli izchil boglanishlarni, tartib qoidalarni ifodalaydi. Bu jihatdan ularni malum darajada shart bilan ikki turga ajratish mumkin:
birinchidan, organilayotgan hodisalar toplamining tuzilishidagi boglanishlarni ifodalovchi qonuniyatlar, ular taqsimot qonuniyatlari deb ataladi.
ikkinchidan, ommaviy hodisa va jarayonning dinamizmini ifodalovchi qonuniyatlar, ularni rivojlanish (taraqqiyot) qonuniyatlari deb ham atash mumkin.
Shunday qilib, statistik qonuniyatlar ommaviy hodisa va jarayonlarda, ularning asosiy sabablari tasiri ostida yuzaga chiqadi. Ular ayrim hodisalarda namoyon bolmaydi va buning sababi shundaki, bu holda yordamchi ikkilamchi omillar, sabablar muhim rol oynab, asosiy sabablarning tasir kuchini qirqadi va ulardan ustunlik ham qilishlari mumkin. Agarda jarayonni bir butunlikda, barcha harakatchan kuchlar toplamida qaralsa, u holda tasodifiy tafovutlar tekislanish, silliqlanish tendensiyasiga ega boladi, chunki ulardan bir qismi ijobiy, boshqalari salbiy hisoblanadi. Tekshirilayotgan toplam hajmi qanchalik katta bolsa, shunchalik ikkilamchi sabablarning oqibatlari yani ularning tasiri ostida yuzaga kelgan tasodifiy tafovutlar koproq yediriladi, siyqalanadi. Natijada zaruriy sabab boglanishlar, yani biologiya, iqtisodiyot, fizika, kimyo va hokazo qonunlari yaqqolroq namoyon boladi.
Ammo ayrim holatlarda toplam soni kopaysa ham katta sonlar qonuni amal qilmasligi va statistik qonuniyatlar yuzaga chiqmasligi mumkin. Turmushimizda, iqtisodiy hayotda bunday holat quyidagi hollarda kuzatiladi:
-organilayotgan hodisalar qastdan, ataylab qilingan xatti-harakatlar natijasi bolsa;
-organilayotgan toplam tabiatan bir jinsli bolmaganda, yani u har xil sifatga ega bolgan hodisalardan tashkil topsa;
Statistik qonuniyatlar namoyon bolishi uchun hodisa begaraz xatti-harakat natijasi, toplam bir jinsli bolishi kerak.
-ommaviy jarayonning turli unsurlariga tasir etuvchi ikkilamchi sabablar kuchli ozaro bogliq bolganda.
Shuning uchun katta sonlar qonuni amal qilishi va statistik qonuniyatlar yuzaga chiqishi uchun malum shart-sharoitlar taminlanishi lozim. Birinchi shart - organilayotgan hodisalar begaraz, erkin xatti-harakatlar natijasi bolishi kerak. Shu holdagina hodisa tasodif xarakterga ega boladi va toplam unsurlari mustaqil, erkli bolishi uchun sharoit tugiladi, chunki ularga tasir etuvchi ikkilamchi sabablar ham ozaro kuchli boglanishga ega bolmaydi yoki kuchsiz boglangan boladi, natijada aksariyat unsurlar ham ushbu sifatga ega boladi. Ikkinchi shart - organilayotgan toplam bir turli (jinsli) bolishi kerak. Agarda uning tarkibiy qismlari biror yoki aynan shunday asosiy sabablar tasiri ostida bolsa, organilayotgan ommaviy jarayon ham bir jinsli, bir turlidir. Unga yangi boshqa tabiatli unsurlar qoshib bolmaydi, aks holda toplam har xil jinsli bolib, turli asosiy sabablar tasiri ostida bolgan qismlardan shakllanadi. Bunday toplamlarni organish dastlab uni bir jinsli qismlarga ajratishni taqozo etadi.
Ommaviy hodisaning aniq tarifi - bu har qanday hodisalar yigindisi bolmasdan, balki, ularning bir butun toplami bolib, unda statistik qonuniyatlar namoyon boladi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar ommaviy hodisa va jarayonni aniqroq va tolaroq tariflash imkoniyatini beradi. Ommaviy hodisa va jarayon har qanday voqealar (faktlar) yigindisi bolmasdan, balki shundaylarining toplamiki, unda ichki izchil boglanishlar va ularni ifodalovchi qonuniyatlar mavjud bolib, yakka tartibda ular qaralganda kuzatilmaydi.
Statistika fani barcha ommaviy hodisa va jarayonlarni, qaysi sohalarga ular tegishliligidan qatiy nazar, organadi. Bu holda uning universal, umumiylik jihati namoyon boladi. Ammo, bunda qandaydir zararli unversalizm alomatlarini korish noorindir. Har qanday fan malum darajada umumiylikka ega.
Ommaviy hodisa va jarayonni organayotib, statistika uni miqdoran yani sonlar yordamida tariflaydi. Bu esa uning organish predmetidan kelib chiqadi.
Shunday qilib, statistika fanining predmeti ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy-sifat aniqligini organish, ularda aniq makon va zamon sharoitida namoyon boladigan qonuniyatlarni miqdoriy nisbatlar orqali ifodalashdan iborat
2.
Grafik bu statistik malumotlarni tasirchan va jozibali qilib tasvirlaydigan geometrik shakldir
Statistik malumotlarni keng omma uchun tushunarli, tasirchan, diqqatga sazovor va londa qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qollanadi.
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi malumotlarni shartli olingan meyorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini oziga tez jalb etish bilan birga malumotlarni esda yaxshiroq saqlash, tolaroq va chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. Shuning uchun grafiklar iqtisodiy, madaniy va umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida erishilayotgan yutuqlarimizni ommalashtirishda muhim qurol vazifasini otaydi.
Shunday qilib, statistik malumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bolamiz.
Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va ozaro boglanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirishda, organilayotgan murakkab toplamlarning tuzilishini tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish kolamini tasvirlashda qolllanadi
Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlarni tasvirlashi jihatidan har xil turlarga, tasnifiy guruhlarga bolinadi. Quyida ularning turlari ttasvirlangan
Diagramma deganda statistik malumotlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar malumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yoli bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bolaklarga) bolinadi va ularda malumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qollanadi.
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda kopincha yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi.
Statistik malumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul qilinadi va unga qarab shkala tuziladi.
Masshtab bu korsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli meyordir.
Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan korsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli meyorga aytiladi. U organilayotgan hodisaning qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda qabul qilinganligini bildiradi. Masalan, Ozbekistonda paxta yetishtirish diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 santimetrga teng deb qabul qilsak, bu meyor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi.
Shkala - bu shunday chiziqki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning malum miqdorlarini anglatadi.
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning malum miqdorlariga teng boladi va, demak, shu miqdor deb oqilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir
0 10 20 30 40 50
. Shkala (teng meyorli).
shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq;
chiziqchalar bilan nishonlanib malum tartibda shkala tayanchiga joylashgan nuqtalar;
shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar.
Shkala tayanchining har bir nuqtasiga organilayotgan hodisaning malum miqdori mos keladi va, aksincha, hodisaning har bir miqdorini chiziqdagi malum nuqta ifodalaydi. Masalan: 2000 yil Ozbekistonda 3.8 mln. tonna paxta hosili olingan edi. Agar masshtabni, yuqorida aytilganidek, 1 sm. 1 mln tonna paxtaga teng deb olsak, u holda shkala tayanchi chizigining sanoq boshlanadigan 0 nuqtasidan 3.8 sm uzoqlikda yotgan nuqtasi jami yetishtirilgan paxtani bildiradi yoki aksincha, 3.8 mln tonna paxta 0 nuqtasidan 3.8 sm olislikda yotgan nuqta orasidagi masofa olchami bilan tasvirlanadi.
Shkala tayanchi togri chiziqdan yoki egri chiziqdan iborat bolishi mumkin. Shunga qarab shkalalar togri chiziqli va egri chiziqli shkalalarga bolinadi. Togri chiziqli shkalaga oddiy millimetrli chizgich (lineyka) misol bola oladi. Soatning siferblati esa egri chiziqli shkalaga misoldir. Kop olchov asboblari yoysimon egri chiziqli shkalaga ega. Bundan tashqari shkalalar teng meyorli va ozgaruvchan meyorli bolishi mumkin. Grafiklarni statistikada qollayotganda odatda teng meyorli shkalalardan foydalaniladi. Tasvirlanayotgan miqdorlar bir-biridan keng kolamda farq qilsa, grafiklarni tuzishda ozgaruvchan meyorli shkalalar ishlatiladi. Bu turdagi shkalalar qatoriga logarifmik yoki nimlogarifmik shkala kiradi. Unda shkala tayanchidagi kesmalar tasvirlanayotgan miqdorlarning logarifmlariga proporsionaldir.
Chiziqli grafiklarni tuzayotganda odatda koordinat sistemasi yoki maydonidan foydalaniladi. Buning uchun koordinat oqlariga shkalalar joylashtiriladi. Ayrim paytlarda shkalalar tayanchida nishonlangan nuqtalardan (ingichka) togri chiziq otkaziladi va natijada raqamli setka hosil boladi.
3.
Mediana - bu toplamni teng ikki qismga boluvchi belgi qiymatidir.
Mediana deganda toplamni teng ikkiga boluvchi belgining qiymati tushuniladi. Saflangan qatorlarda mediana ortada joylashgan varianta qiymatiga teng. Agarda saflangan qator toq hadli bolsa, masalan, 9 yoki 15 haddan iborat bolsa, u holda 5-had yoki 8-had mediana boladi.
Toq oraliqli qatorlarda mediana quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Juft sonli oraliqli qatorlarda esa: .
Bu yerda: me -mediana;
x0-mediana bolgan oraliq (guruh)ning quyi chegarasi;
-medianadan oldingi oraliq uchun jamlama birliklar soni;
-mediana bolgan oraliqdagi birliklar soni;
-mediana oraligining kattaligi;
k-oraliqlar (guruhlar) soni;
å -hamma guruhlardagi birliklarning jamlama soni.
mediana 100 % - 110% guruh ichida joylashgan. Bu yerda %, %, , , , %.
4.
Hodisalar orasidagi ozaro boglanishlarni organish statistika fanining muhim vazifasidir. Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki korsatkichlar ishtirok etadi, biri erkli ozgaruvchilar, ikkinchisi erksiz ozgaruvchilar hisoblanadi. Birinchi toifadagi belgilar boshqalariga tasir etadi, ularning ozgarishiga sababchi boladi. shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa natijaviy belgilar deyiladi. Masalan, paxta yoki bugdoyga suv, mineral ogitlar va ishlov berish natijasida ularning hosildorligi oshadi. Bu boglanishda hosildorlik natijaviy belgi, unga tasir etuvchi kuchlar (suv, ogit, ishlov berish va h.k.) omil belgilardir.
Ozaro boglanishlar xarakteriga qarab ikki turga bolinadi:
- funksional boglanishlar;
- korrelyatsion boglanishlar.
Funksional boglanish - bu shunday toliq boglanishki, unda bir belgi yoki belgilar ozgarish qiymatiga har doim natijaning malum meyorda ozgarishi mos keladi.
Omil belgining har bir qiymatiga natijaviy belgining har doim bitta yoki bir necha aniq qiymati mos kelsa, bunday munosabat funksional boglanish deyiladi. Funksional boglanishning muhim xususiyati shundan iboratki, bunda barcha omillarning toliq sonini nomma-nom aniqlash va ularning natijaviy belgi bilan boglanishini tola ifodalovchi tenglamani yozish mumkin. Masalan, uchburchakning sathi (S) uning asosi (a) bilan balandligiga (h) bogliq bolib, bu boglanish formula orqali hisoblanadi. Omillarning soniga qarab funksional boglanishlar bir yoki kop omilli boladi. Ular tabiatda keng kuzatiladi. Shu sababli aniq fanlarga qaraganda funksional boglanishlarga koproq tayanadi.
Guruh: 2-ichb-19
Topshirdi: Sotimov D
Do'stlaringiz bilan baham: |