Namangan muhandislik-qurilish instituti 5A310101 – Gidroelektrstansiyalar mutaxassisligi 1m-ges-20-gurux magistratura talabasi Fazliddinov Saloxiddin Baxriddin o’g’lining «Binolarning energiya istemolini monitoring qilish usullari va
Namangan muhandislik-qurilish instituti 5A310101 – Gidroelektrstansiyalar mutaxassisligi 1M-GES-20-gurux magistratura talabasi Fazliddinov Saloxiddin Baxriddin o’g’lining « Binolarning energiya istemolini monitoring qilish usullari va vositalari » mavzusida taqdim etgan dissertatsiya ishiga TAQRIZ Dissertatsiya ishi hozirgi kundagi dolzarb mavzuga bag’ishlangan bo’lib, « Binolarning energiya istemolini monitoring qilish usullari va vositalari » tahlil qilingan. Magistrlik dissertatsiyasida binolarni energiya samaradorligini baxolashda monitoring tizimi zarurligi ko`rib chiqilgan.
Dissertatsiya ishi talab darajasida to`la aniq rasmiylashtirilgan bo`lib, kirish qismi, 3 ta bob, 11 ta paragraf, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo’lib, mavzu batafsil yoritilgan. Dissertatsiya ishida belgilangan maqsad va vazifalar aniq holatda bayon etilgan.
Dissertatsiya ishi boblarida yoritilgan maqsad va g`oyalar tushunarli, sodda tilda bayon etilgan. Bundagi masalalar tushunarli va sifatli yozilgan.
Monitoring qilish usullari yordamida bir aniq bino yordamida energiya tejovchi jixozlar orqali rekanstruksiya qilinishidan oldingi va keyingi holatlarini solishtirilib qanchalik foyda keltirilishi ko`rib chiqilgan.
Bugungi kunda energiya resurslari yetishmasligi va inson ehtiyoji cheksizligidan kelib chiqgan holda ushbu dissertatsiya ishidan cheklangan energiya bilan insonlar extiyojlarini qisman bartaraf etish uchun qo’llanma sifatida hamda binolarda energiya resurslaridan foydalanish bo’yicha muammolarni bartaraf etish va imkoniyatlardan samarali foydalanish bo`yicha ko’rsatmalar majmuasi sifatida foydalanish mumkin. Dissertatsiya ishida yoritib berilgan amaliyotlarni nafaqat davlat tashkilotlarida balki har bir inson o’z uyida ham joriy qilishi nafaqat insonlarga balki davlat byujetiga ham sezilarli darajada foyda keltiradi.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarni deyarli barchasida energiya tejamkorlik yaxshi rivojlantirilgan lekin bu jarayon o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi. Bunga erishish uchun energiya tejamkorligiga doir ishlanmalarni amaliyotga tadbiq qilishni amalga oshirishni yo’lga qo’yish kerak bo’ladi. Biz shunga o’xshash ishlarni amalga oshirayotgan yoshlarga to’g’ri yo’nalish berishga va yordam berishga masulmiz deb bilaman.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi nizomda ko’rsatilgan barcha talablarga to`liq javob beradi va uning o`zi magistrlik ilmiy darajasini olishga munosib deb hisoblayman.
NamMTI kafedra mudiri, f.-m.f.d., professorN.Yu.Sharibaev (tashkilot nomi va lavozimi) (familyasi va ismi) _______________
(imzo)