Pishiq-zich choklar yetarli darajada germetik bo’ladi, suv, gaz va boshqa suyuqliklarni
o’tkazmaydi. Bug’ qozonlari, yuqori bosimli rezervuarlar pishiq-zich choklarga ega. Bunday
choklar maxsus parchinlash mashinalari yordamida qizdirish usuli bilan bajariladi.
Har bir parchin birikmada parchin mixlar bir, ikki qator va undan ortiq holda
joylashtiriladi. SHunga muvofiq, parchin choklar bir, ikki hamda ko’p qatorli bo’lishi bilan
birga parallel va shaxmat tartibida joylashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |