Qiyin eriydigan kavsharlar qiyin eriydigan metallar va ularning qotishmalaridan
tayyorlanadi. Kavsharning kerakli xossa va erish haroratini hosil qilish uchun qalayi,
marganets, alyumin, termir va boshqa metallar qo’shiladi. Mis asosidagi kavsharlarning erish
harorati 850-1150
S. bunday kavsharlar bilan po’lat, cho’yan, mis, nikel va uning qotishmasini
kavsharlash mumkin.
Qattiq kavsharlar, asosan. Misli-tsinkli va kumushli guruhlarga bo’linadi. Standart
bo’yicha (GOST) misli-tsinkli kavsharlar 3 rusumda ishlab chiqariladi: PMTS-36 jezni,
PMTS-48 misli qotishmalarni, PMTS-54 bronza, mis, po’latni kavsharlash uchun
mo’ljallangan. Belgidagi P harfi «kavshar» so’zini, MTS-misli-tsinkli; raqam esa tarkibdagi
misning miqdorini (%) anglatadi.
Misli-tsinkli kasharlar 700-950
S da eriydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |