Namangan muhandislik-pedagogika instituti



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/89
Sana05.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#138832
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
Bog'liq
umumiy va noorganik kimyo (1)

N.Bor  nazariyasi.  Atom  tuzilishining  ajoyib  bosqichlaridan  biri  —  1913  yilda  Daniya  olimi  Nils  Bor  taklif 

qilgan  vodorod  atomining  tuzilishi  nazariyasi  bo’ldi.  N.Bor  o’z  nazariyasini  yaratishda  Rezerford  fikriga  va  kvantlar 

nazariyasiga asoslandi. 

 

N.Bor nazariyasining birinchi postulatiga ko’ra, elektron yadro atrofida faqat kvantlangan, ya’ni ma’lum ener-



giya darajasiga muvofiq keladigan orbitallar bo’ylab aylanadi. 

 

Bu orbitallardan qaysi birining elektron bilan band etilishi atomning energiyasiga bog’liq. Agar atomning ener-



giyasi minimal qiymatga ega bo’lsa elektron yadroga eng yaqin birinchi orbita bo’ylab harakat qiladi; atomning bu ho-

latini  qo’zg’almagan,  normal  yoki  asosiy  holat  deyiladi.  Bu  holda  elektron  yadro  bilan  eng  mustahkam  bog’langan 

bo’ladi. 

 

Qo’shimcha  energiya  qabul  qilgan  atom  qo’zg’algan  holatga  o’tadi.  Lekin  atomning  qo’zg’algan  holati  ni-



hoyatda qisqa muddatlidir (sekundning yuz milliondan bir ulushi vaqtda). 

 

Elektron uzoq orbitadan yaqin orbitaga o’tganda atom elektromagnit nur chiqarib o’z energiyasini kamaytiradi. 



 

N.Bor nazariyasining ikkinchi postulatiga ko’ra, elektron bir orbitadan ikkinchi orbitaga o’tgandagina atom o’z 

energiyasini  o’zgartiradi:  elektron  kvantlangan  orbitalar  bo’ylab  aylanganda,  atom  energiya  chiqarmaydi  va  energiya 

yutmaydi. 

Elektron yadrodan uzoqda  turgan orbitadan yadroga yaqin orbitaga o’tganda atom yorug’likning bir kvantiga 

teng energiya chiqaradi. Bu kvantning kattaligi dastlabki va oxirgi holatlarning energiyalari orasidagi ayirmaga tengdir:  

E = E

1

 – E



2

 = h


 

 



bu yerda:  E

1

 va E



2

 - dastlabki va oxirgi holatlar energiyalari; 

    h - Plank doimiysi, 6,624·10

–34


 joul/sek; 

    


 - nurning 1 sekunddagi tebranishlar soni (chastotasi): 

 = c/


 

bu yerda:  c - yorug’lik tezligi; 



 - yorug’likning to’lqin uzunligi. 

 

Nazorat uchun savol va mashqlar 



 

1.  Atom tuzilishi haqidagi nazariyaga asoslanib kimyoviy elementga ta’rif bering. 




«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan  ma’ruzalar matnlari. 

   15    

2.  Rezerford tajribasining mohiyati nimadan iborat? 

3.  N.Bor nazariyasining mohiyatini tushuntiring. 

 

Mavzuga oid tayanch iboralar 



1.  Atom 

2.  Atom hakidagi tasavvurlar 

3.  Rezerford tajribasi 

4.  Vilson tajribasi 

5.  Bor nazariyasi 

6.  Atomning energetik holati 

 

Foydalanilgan adabiyotlar 



 

1.  Glinka N.L. Umumiy ximiya. – T.: O’qituvchi, 1986.              

2.  Rahimov X.R. Anorganik ximiya. – T.: O’qituvchi, 1984. 

3.  Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo. Nazariy  asoslari. - T.:O’zbekiston, 2000. –5-9 

b. 

4.  Axmerov Q, Jalilov A, Sayfutdinov R. Umumiy va anorganik kimyo. - T.:O’zbekiston, 2003. 



5.  Rasulov K., Yo’ldoshev O., Qorabolaev B. Umumiy va noorganik kimyo. – T.: O’qituvchi, 1996. 

6.  Новиков Г.И. Основы общей химии. – М.: Высшая школа, 1988. 

7.  Ibroximova G., Axmerov K. Umumiy ximiyani mustaqil o’rganish. – T.: O’qituvchi, 1993. 

15.  Рэмсден  Э.Н.  Начало  современной  химии.  –  Л.:  Химия,  1989.  –  784  с.  –  Пер.  изд.:  Великобритания, 

1985. 

16.  Химия:  Справ.  изд./  В.Шретер,  К.-Х.Лаутеншлегер,  Х.Бибрак  и  др.:  Пер.  с  нем.  –  М.:  Химия,  1989.  – 



648 с. 

17.  Спицын В.И., Мартыненко Л.И. Неорганическая химия. Ч.1: Учебник. – М.: Изд-во МГУ, 1991. – 480 с. 

8.  Shamshidinov  I.,  Mo’minova  B.,  Abdullaev  M.  «Umumiy  va  noorganik  kimyo»  fanidan  ma’ruzalar  matni.  – 

Namangan, 1999 y. 




«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan  ma’ruzalar matnlari. 

   16    




Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish