11
ro’yobga chiqarish, olamshumul tarixiy voqealarga oz bo’lsada ta’sir o’tkazishga
qodir kuch yekanligini yorqin namoyish yetdi. Urushning og’ir yillarida o’zbek
xalqining yuksak ma’naviy ahloqiy fazilatlari, uning insonparvarlik,
baynalminalchilik, vatanparvarlik xususiyatlari namoyon bo’ldi. Umumiy
ahvolning keskin yomonlashib, oziq-ovqat borasida qiyinchiliklar tug’ilganligiga,
shaharlarda oziq-ovqat kartochka tizimi joriy qilinganligiga, sanoat mahsulotlarini
taqsimlashning meyorli tizimiga o’tilganligiga, aholi turmush darajasining keskin
pasayganligiga qaramasdan o’zbek xalqi urushning ayanchli yillarida dushman
vaqtincha bosib olgan hududlardagi aholiga do’stona bag’rini keng ochdi, o’z
yurtidan ayrilgan quvg’inlarni, urush qurbonlarini qalb harorati bilan isitdi, ularni
g’amxo’rlik va mehmondo’stlik bilan ko’nglini ko’tardi, qardosh xalqlarga
iqtisodiyotni tiklashda va madaniy qurilishni yo’lga qo’yishda yordam berdi.
Urush yillarida respublikaga bir milliondan ortiq kishi, shu jumladan, 200 ming
bola keldi. Kelganlar turar joy bilan ta’minlanib, ishga joylashtirildi. O’zbekiston
aholisi o’zi nochor ahvolda bo’lishiga qaramasdan o’z noni, kiyim-kechagi, turar
joyini ko’chib kelganlar bilan birga baham ko’rdi.
Mudofaa jamg’armasi tuzish umumxalq harakatiga o’zbekistonliklar o’zlari
muhtoj yekanligiga qaramasdan katta hissa qo’shdilar. 1941-1945 yillar davomida
mudofaa jamg’armasiga respublika mehnatkashlari pul va davlat zayomi
obligasiyalari shaklida 650 mln so’mdan ziyod mablag’ topshirdilar. 22 mln
so’mdan ortiq qimmatbaho buyumlar, 55 kg.ga yaqin qimatbaho metallar
topshirdilar. Ana shu mablag’larga 3 ta bronepoyezd, avia yeskadrilya, tank
kolonnalari va boshqa texnika qurilib, frontga jo’natildi.O’zbek xalqiga hos
insonparvarlik fashistlardan ozod yetilgan hududlarda xalq xo’jaligini tiklashda
bergan yordamida o’z ifodasini topdi. 1943 yilda O’zbekiston kolxoz va sovxozlari
ozod qilingan tumanlarga 1152 traktor, 25 ta kombayn, 1138 ta plug 379 ta seyalka
va boshqa texnika jo’natdilar. O’zbekistonliklar tumanlardagi maktablar va boshqa
sohalar uchun pul va moddiy vositalar, darsliklar va o’quv qo’llanmalari, kitoblar,
oziq-ovqatlar, kiyim bosh, poyafal va shu kabilarni yetkazib berdilar.
Urush xalqlar o’rtasidagi do’stlikni, baynalminal birlikni mustahkamladi.
Lekin Stalin boshchiligidagi rahbariyat urush yillarida milliy siyosatda kechirib
bo’lmas zo’ravonlikni amalga oshirdi. 1941-1945 yillarda Volga bo’yi nemislari,
qalmiqlar, chechenlar, ingushlar, qrim tatarlari, qorachoylar, balqarlar, mesxeti
turklariga mansub bo’lganlar to’lasincha, qisman litov, latish, yeston, polyak,
yunonlar majburiy ravishda o’z ona yurtlaridan badarg’a qilindilar. Ularning
umumiy soni 3 mln 226 ming kishidan ortiq yedi. Ko’chirish ular uchun chinakam
fojiaga aylandi. Ko’chirish vaqtida, maxsus posyolka va lagerlarda deyarli 200
ming chechen va ingush, 120 ming qalmiq (xalqning yarmi), 40 ming qorachoylik
(millatning uchdan bir qismi), 20 ming balqar (millatning yarmi) halok bo’lgan
yedi. Stalin va uning atrofidagilar o’zlarining harakatlarini fashistlar okkupasiyasi
davrida ayrim щaxs va guruhlarning xoinligi uchun berilgan jazo, sovet mamlakati
xavfsizligini qo’riqlash deb bahona qildilar. Aslida bu zo’ravonlikdan ko’zlangan
maqsad barcha milliy respublikalar aholisi ruhini tushirish, ularda qo’rquv hissini
kuchaytirish yo’li bilan tuzumni mustahkamlashdan iborat yedi. O’zbekistonga
Do'stlaringiz bilan baham: