Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


  Er shari iqlimining isib borishi. Azon tuynugi



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

2.  Er shari iqlimining isib borishi. Azon tuynugi 
 
Dunyo  «issiqxonasi  samarasi».  yer  atmosferasi  tarkibidagi  barcha  gazlar  o’ziga 
yarasha  vazifalarini  bajaradi.  Xususan  is  gazi  (SO
2
) yerdagi Haroratni bir xilda ushlab 
turishi  tufayli  sayyoramizning  »ko’rpasi»  hisoblanadi.  Is  gazining  atmosfera  havosi 
tarkibidagi  ulushi  foiz  bo’yicha  0,03  ni  tashkil  etsa-da,  mavsumlar  davomida  tabiiy 
holda  o’zgarib  turadi.  Ma’lumotlarga  qaraganda,  hozir  inson  tomonidan  yiliga 
o’rtacha  22  mlrd..  tonnadan  ortiq  is  gazi  atmosferaga  chiqarilmoqda. 
Mo’taxassislarning  fikricha,  atmosfera  tarkibidagi  ushbu  gaz  miqdori  keyingi  asr 
mobaynida  10-15  %  ga  oshgan.  XXI  asr  o’rtalariga  borib,  40%  ga  ortishi  bashorat 
qilinmoqda.  yerdagi  haroratning  o’rtacha  ko’rsatkichi  (15

atrofida)  ko’tarilishi  aynan 
ushbu  gaz  miqdorining  ortishi  bilan  bog’liq.  Is  gazi  quyoshdan  kelayotgan  qisqa 
to’lqinli  nurlarni  ko’p  qaytarib,  ayni  vaqtda  yerdan  qaytgan  o’zun  to’lqinli  nurlarni 
tutib qolishi - «issiqlik  samarasi» jarayonini  ro’yobga chiqaruvchi  asosiy manbadir. 
Keyingi  100  yil  mobaynida  yer  shari  o’rtacha  harorati  1
o
  ga  ortganligi  qayd 
etilmoqda.  Agar  shu  tarzda  davom  etaversa,  yangi  asr  o’rtalarida  yerning  o’rtacha 
harorati  3-5

ga  qadar  oshishi  kutilmoqda.  Haroratning  muntazam  ortib  borishi 
qanday  ekologik  muammolarni  keltirib  chiqarishi,  uning  ijtimoiy-iqtisodiy  oqibatlari 
nimalar  bilan  tugallanishini  mo’taxassislar  tomonidan  ilmiy-nazariy  jihatdan 
asoslanmoqda. 
Geograflar  sayyora  miqyosida  haroratning  1-2

ko’tarilishi  yerning  tabiat 
zonalarini  qutblarga  tomon  150-500  km  ga  surilishini  ta’kidlamoqdalar.  Demak, 
o’rtacha  kengliklarda  (dasht  mintaqasida)  -g’allachilik  mintaqalarida  yog’inlar 
miqdori  kamayadi,  aksincha  tropik  mintaqada  yog’in  miqdori  ortadi.  Ko’plab  aholi 
zich  yashaydigan  hududlarda  haroratning  ko’tarilishi,  kishilar  salomatligiga  sezilarli 
ta’sir  ko’rsatishi  mumkin.  Harorat  va  namlikning  jiddiy  o’zgarishi  qishloq  xo’jaligiga 
sezilarli  ta’sir  ko’rsatishi,  xususan  SHimoliy  Amerikaning  markaziy  qismi  va  shunga 
o’xshash  hududlarda  bug’doy  va  makkajo’xori  hosildorligi  keskin  kamayishi 
kutilmoqda. 
er  sayyorasining  harorati  1

ga  ko’tarilishi  qutbiy  kengliklardagi  mo’zliklarning 
yerishini 
tezlatadi. 
Demak, 
Dunyo 
okeani 
sathida 
ko’tarilish  bo’ladi. 
Mo’taxassislarning  ta’kidlashicha  XXI  asr  mobaynida  Dunyo okeani sathi 1-5 metrga 
ko’tariladi.  Okean  sathining  bunchalik  ko’tarilishi  quruqlikning  salmoqli  qismini  suv 
bosishiga  olib  keladi.  CHunonchi,  Mal  div  orollari,  Okeaniya,  Filippin,  Bangladesh, 
Indoneziya,  g’arbiy  yevropaning  dengiz  sohillari  suv  ostida  qoladi,  Sankt-Peterburg, 
qohira,  SHanxay  kabi  ko’plab  shaharlar  toshqindan  katta  talofat  ko’radi.  Bu  sohil 
bo’yidagi  ko’plab  aholini,  qishloq  va  sanoat  xo’jalik  ishlab  chiqarishni  materik 
ichkarisiga  ko’chirish, portlarni  qayta ta’mirlashga  olib keladi. 
Iqlimdagi  o’zgarishlar  asta-sekin  butun  biosferaning  dinamik  mo’tanosibligining 
buzilishiga  sabab  bo’ladi.  Tarixda  iqlimda  bunday  o’zgarishlar  bo’lganligi  ma’lum, 


 
174 
biroq  ular  tabiiy  yo’l  bilan  bo’lgan.  Tadqiqotchilarning  xulosalariga  qaraganda, 
Dunyo  «issiqhonasi  samarasi»  iqlimning  sayyoraviy  tarzda  isishiga  ta’sir  etsa-da, 
mahalliy  iqlimni  (ayniqsa qutbiy kengliklar  atrofida) sovushiga olib kelar  emish.  
Ushbu 
muammolarni 
bartaraf 
etishning 
yagona 
yo’li 
atmosferaga 
chiqarilayotgan  chiqindilar  miqdorini  kamaytirishdir.  Hozir  dunyo  bo’yicha 
atmosfera  havosi  ifloslanishining  20%i  AQSH  hissasiga  to’g’ri  kelmoqda.  SHu 
boisdan,  1997  yili  BMTning  iqlim  o’zgarishlariga  bag’ishlangan  Konventsiyasida 
atmosferaning  ifloslanishini  AQSHda  3,  yevropa  Ittifoqi  mamlakatlarida  8, 
Yaponiyada 6 foizga kamaytirishga  qaror qilindi. 
«Ozon  tuynugi»  muammosi.  Atmosfera  havosining  yer  yuzasi  sathidan  15-25 
km  balandlik  qismida  ozon  qatlami  mavjud  bo’lib,  uni  «ozon  ekrani»  deb  ham 
ataladi.  Ozon  qatlami  quyoshdan  keladigan  ul  trabinafsha  nurlarni  yutib,  yerdagi  tirik 
organizmlarni 
uning 
zararli 
ta’siridan  asraydi.  Ozon  qatlamining  asosiy 
yemiruvchilari  freon,  xladon  gazlari,  ftoruglerod  va  poliftoruglevodorod  suyuqliklar 
hisoblanib,  ular  o’zida  ozonni  yemiruvchi  xlor  va  brom  atomlarini  saqlaydi.  Ular 
kimyoviy  jihatdan  o’ta  inert  moddalar  bo’lib,  yuqoriga  -  stratosferaga  tomon 
ko’tarilish  qobiliyatiga  ega.  Bir  dona  xlor  atomi  100  ming  ozon  molekulasini bemalol 
yo’q  qila  oladi.  Ozon  qatlamining  siyraklashishi  yer  betiga  yetib  keladigan  ul 
trabinafsha  nurlar  miqdorini  ortishiga  olib  keladi.  Ozon  qatlamiga  ziyon  keltiradigan 
freon  maishiy  kimyo,  sovutgich  jihozlarida,  atir-upa  sanoatida  keng  qo’llaniladi.  SHu 
tufayli  uni  dunyo  bo’yicha  ishlab  chiqarish  miqdori  ancha  yuqori  (yiliga  taxminan 
700 ming  tonna atrofida). 
Bundan  tashqari,  qishloq  xo’jaligida  keng  qo’llaniladigan  azot  o’g’itlar  ham 
ozon  yemiruvchi  manbalardan  asosiylari  bo’lib  qolmoqda.  Agar  dunyo bo’yicha shu 
mineral  o’g’itni  ishlab  chiqarish  1950  yilda  4,6  mln.  tonna, 1970 yilda 40 mln. tonna, 
1995  yilda  80,7  mln..  tonnaga  ortganligini  e’tiborga  olsak,  uning  haloqatli  oqibatini 
chamalash qiyin  emas. 
Ozon  qatlamining  buzilishi  ilk  bor  Antarktika  osmonida  kuzatilgan,  1987  yili 
«tuynuk»  kattaligi  AQSH  maydoniga  tenglashdi.  Bunday  «tuynuklar»  1995-1996 
yillarda  aholi  zich  yashaydigan  SHimoliy  Amerika,  Osiyo  va  yevropa  ustida  ham 
kuzatildi.  Uning  oqibatida  1982  yilda  Yangi  Zelandiya  aholisining  11  mingdan  ziyodi 
teri  rakiga  chalindi,  1987  yilda  kasallikning  kuchayishidan  160  kishi  hayotdan  ko’z 
yumdi. 
Ul  trabinafsha  nurlarning  me’yordan  ortishi  kishi  organizmini  tashqi  muhitga 
ta’sirchanligini  susaytiradi,  teri  rakini  qo’zg’atadi.  Ushbu  nurlar  boshoqli  ekinlar, 
kartoshka  va  soyaning  mahsuldorligini  kamaytiradi,  baliq  va  okean  jonivorlari 
yashash  sharoitlarini  yomonlashtirdi.  Ozon  qatlamini  muhofaza  qilish  borasida dunyo 
miqyosida  bir  qator  anjumanlar  va  kelishuvlar  o’tkazilmoqda.  1989  yildagi  Xel  sinki 
dekloratsiyasiga  muvofiq  2000  yilga  qadar  freon  gazlaridan  ishlab  chiqariladigan 
mahsulotlar  miqdorini  kamaytirishni  bosqichma-bosqich  amalga  oshirib  borish 
tadbirlari  ko’rsatib  o’tilgan  edi.  Germaniya  bu  borada  olamshumul  ishga  qo’l  urdi, 
mamlakatda  freon  ishlab  chiqarish  va  ulardan sovutgichlarda foydalanishga ham chek 
qo’yildi. 
  

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish