1. Iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsion xizmatlar bozorini ahamiyati. Barcha bozorlar kabi innovatsion xizmatlar bozori talab va taklif, raqobat asosida, ta’kidlash joizki, mazkur bozor anan’aviy tovarlar va xizmatlar bozoridan o‘zining bir qator xususiyatlari bilan keskin farqlanadi. Innovatsion xizmatlar mahsuli aksariyat hollarda muayyan buyurtma asosida emas, mustaqil ravishda (ishlab chiqaruvchining o‘z tashabbusi bilan) yaratiladi va bozorga chiqariladi. Bundan tashqari, yangi innovatsion mahsulot yoki xizmat uni amalga tadbiq etish bilan bog‘liq qo‘shimcha amallar, xarajatlar va jarayonlarni amalga oshirishni talab etadi. Ularning amaliyotda qanchalik foydali bo‘lishini oldindan baholash mushkulligi sabab mazkur mahsulot yoki xizmatlar bilan bog‘liq risk darajasi yuqori.
Hududlarda innovatsiya xizmatlari bozori xususida so‘z borganda ayrim hollarda bozorga taklif etilayotgan innovatsion mahsulot uning potensial iste’molchilarining texnologik jihatdan etarlicha tayyor emasligi tufayli ham talabga ega bo‘lmasligi mumkinligi ehtimolini hisobdan chiqarish mumkin emas.
Innovatsion xizmatlar bozori hudud iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’siri quyidagi jihatlar va natijalarda namoyon bo‘ladi (7.1-rasm).
7.1-rasm. Innovatsion xizmatlar bozorini hudud iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’siri Innovatsion xizmatlar bozori o‘ziga xos makroiqtisodiy funksiyalarni ham bajaradi. Bu mahsulot ishlab chiqarishga moddiy va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish orqali iqtisodiy o‘sishning noinflyasion rag‘batlantirishda namoyon bo‘ladi.
Mamlakat hududlarini rivojlantirishning eng asosiy vazifalaridan biri yarim hududlarni turli omillar ta’sirida rivojlanishida boshqalarga nisbatan jiddiy ortda qolishi, ya’ni hududlar o‘rtasida rivojlanish bo‘yicha differensiyaning kuchayib borishini bartarf etish yoki oldini olishdan iborat. Mazkur vazifani amalga oshirishda innovatsion xizmatlar bozorining salohiyatini ham jalb etish mumkin. Bu ob’ektiv sabablarga ko‘ra (resurslar kamligi, geografik joylashuvning noqulayligi va h.k.) rivojlanishda ortda qolayotgan hududlarda turli mexanizmlar orqali innovatsion xizmatlar bozorini ustuvor rivojlantirish orqali mazkur hududning raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shu tariqa hududlarda innovatsion xizmatlar bozorini rivojantirish ularning raqobatbardoshligini hamda barqaror rivojlanib borishini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri bo‘libgina qolmay, mamlakat hududlarining mutanosibrivojlanishini ta’minlaydi.
Innovatsion xizmatlar bozorining yuzaga kelishi uchun zarur bo‘lgan eng asosiy elementlar qatoriga quyidagilarni kiritishmiz mumkin (7.2-rasm).