14-MAVZU. ILMIY KASHFIYOTLAR, IXTIROLAR VA LITSENZIYALASH Reja: 1.“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni.
2. Ilmiy kashfiyotlar. Kashfiyot obektlari. Kashfiyotni aniqlash tartiblari.
3.Sanoat mulki ob’ektining huquq sub’ektlari.
4.Patent berish haqidagi talabnomani ekspertizadan o’tkazish.
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni
O`zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to`g`risida”gi Qonuni 06.05.1994-yilda qabul qilingan va mazkur qonunga 30.07.2008 da o`zgartirish kiritilgan. Ushbu Qonunning asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasidagi ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Sanoat mulki obektlari to`g`risidagi qonun hujjatlari va boshqa hujjatlardan iborat.
O`zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi sanoat mulki obektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta`minlaydi.
Patent idorasi sanoat mulki obektlariga patent berish haqidagi talabnomalarni ko`rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo`yicha davlat ekspertizasini o`tkazadi, ularni davlat ro`yxatiga oladi, sanoat mulki obektlariga patentlar beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, sanoat mulki obektlari to`g`risidagi qonun hujjatlarining qo`llanilishiga doir qoidalar qabul qiladi va tushuntirishlar beradi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to`g`risidagi nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi (14.1-jadval).
Ishlab chiqarish texnikasi yoki yangi jarayon ko`rinishidagi texnik o`zgarishlar texnik ixtirolar va kashfiyotlarni ta`riflash uchun ishlatiladi. Bunday kashfiyotlar ishlab chiqarish va xarajatlarni firma va sanoat tarmoqlari darajasida o`zgartirishi mumkin. Soluning neoklassik o`sish modelida texnologik rivojlanish kashfiyotlar tufayliligiga to`xtalib o`tilgan. Texnologik jarayonning bir nechta pog`onaga ega ekanligiga ham batafsil to`xtalib o`tilgan.
Kashfiyot deb bilim darajasiga tubdan o`zgartirish olib kiradigan ilgari noma`lum bo`lgan, ammo obektiv mavjud moddiy nuqtaning hodisa, xossa va qonuniyatlarini tushuntirib beruvchi ta`limotga aytiladi.